M mamajanov odam anatomiyasi va fiziologiasi


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/83
Sana05.01.2022
Hajmi1.72 Mb.
#233781
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   83
Bog'liq
odam anatomiyasi va fiziologiyasi

Yuqori  jag’  -  bir  juft  bo’lib,  yuqori  jag’,  ko’z  kosasi,  burun  va  ogiz 
bo’shliqlarini  hosil  qilishda  ishtirok  etadi  va  chaynash  jarayonida  aktiv 
qatnashadi. 
Yuqori jag’nining tanasi va to’rtta o’sig’i bor. Bu peshona, yonoq, tanglay, 
alveolyar  o’siqlardir.  Peshona  o’sig’i  peshona  suyagining  burun  qismi  bilan 
tutashadi. Yonoq o’sig’ining asosida ko’z kosasi, oldingi va chakka osti yuzalari 
tutashadi. O’siqni o’zi esa yonoq suyagi bilan tutashadi. Tanglay o’sig’i medial 
yo’nalgan bo’lib, ikkinchi tanglay suyagi o’simtasi bilan birikib, qattiq tanglayni 
hosil  bo’lish  da  ishtirok  etadi.  Alveolyar  o’sig’i  o’z  yoyida  alveolyar 
kattakchalarni  hosil  qiladi.  Alveolyar  katakchalar  bir-biridan  to’siqlar  bilan 


 
46 
ajralgan.  Katakchalar  ichida  tishning  ildizlari  joylashgan.  Yuqori  jag’ning 
tanasida  4  yuza  –  oldingi,  chakka  osti,  ko’z  kosasi  va  burun  yuzalari  tafovut 
qilinadi.  Tanasining  ichida  havo  saqlanadigan  turli  shaklda  uchraydigan 
kavaklar bo’lib, burun bo’shligiga ochilib turadi. Faqat odamda yuqori jag’ning 
oldingi  yuzasi  kavarik  bo’ladi,  uni  yuzasida  koziq  chuqurchasi  joylashgan. 
CHakka  osti  yuzasi  oldingi  yuzadan  yonoq  o’sig’i  bilan  chegaralangan. 
O’siqning  oldingi  yuzasida  mayda  teshikchalar  joylashgan  bo’lib,  bu 
teshikchalardan  qon  tomirlari  va  nervlar  yuqori  jag’ning  tish  ildizlariga  o’tadi. 
Ko’z kosa yuzasi silliq, ko’z kosa bo’shligiga qaratilgan, orqa yuzaning chekkasi 
ko’z  kosasining  pastki  yorig’i  bilan  chegaralangan.  Orqa  chekkadan  arikcha 
boshlanadi,  arikchani  davomi  ko’z  kosa  osti  kanaliga  aylanadi  va  suyakni 
oldingi  yuzasiga  ochiladi.  Burun  yuzasi  tarkibida  chig’anoq  qirrasi  joylashgan 
bo’lib,  o’nga  pastki  burun  chig’anog’i  birikadi.  Burun  yuzasida,  ko’z  yosh 
arikchasi  o’tib,  burun-ko’z  yosh  kanalining  hosil  bo’lishida  ishtirok  etadi. 
Bundan  tashqari  burun  yuzasi  gaymor  bo’shligiga  ochiladigan  kirish  qismini 
hosil qiladi. 
Tanglay  suyagi  -  bir  juft  bo’lib,  orqadan  yuqori  jag’  bilan  tutashadi. 
Tanglay suyagi ikkita perpendikulyar va gorizontal plastinkalardan iborat.  
Perpendikulyar  plastinkaning  yuqori  qirrasidan  ko’z  kosa  va  ponasimon 
o’siqlari  bo’rtib  chiqadi.  Birinchi  o’sig’i  ko’z  kosa  bo’shligini  hosil  bo’lishida 
ishtirok  etadi,  ikkinchisi  esa  ponasimon  suyakning  qanotlariga  taqaladi. 
Ko’rsatilgan  ikkita  o’siq  ponasimon-tanglay  o’ymasini  chegaralab  turadi. 
Tanglay  suyagini  yana  bitta  o’sig’i  farqlanadi.  Bu  piramidal  o’sig’i  bo’lib, 
gorizontal  va  perpendikulyar  plastinkalarni  tutashgan  joyidan  boshlanadi. 
Piramidal o’sig’i ponasimon suyakning qanotsimon o’siqlarining o’ymasi ichiga 
kiradi  va  qanotsimon  chuqurchani  shakllanishida  ishtirok  etadi.  Perpendikulyar 
plastinkaning lateral yuzasida joylashgan tanglay egati yuqori jag’ suyagida shu 
nomli egat bilan qo’shilib kanal hosil qiladi.  
 Ikkala  tanglay  suyaklarning  gorizontal  plastinkalari  bir-biri  bilan  birikib, 
qattiq  tanglayni  orqa  qismini  hosil  qiladi.  Hamma  maymunsimon  ajdodlarga 
nisbatan faqat odamda kaltalashgan tanglay shakllangan.  
Burunning  pastki  chig’anog’i  -  bir  juft  suyak  bo’lib,  yupqa  bukilgan 
plastinkadan  iborat. Burunning  pastki  chig’anog’ida  ikkita  chekkasi  farqlanadi. 
Uning  yuqori  chekkasi  yuqori  jag’ning  burun  yuzasidagi  chig’anoq  qirrasiga 
birikadi.  Suyakning medial  bo’rtib turgan  yuzasi burun bo’shligiga turtib  kirib, 
burunning o’rta yo’lini pastki yo’lidan ajratib turadi. 
Burun  suyagi  -  bir  juft  bo’lib,  chap  va  o’ng  suyaklarni  birikishidan  burun 
qirrasi hosil bo’ladi. Har bitta burun suyagi yupqa, yassi to’rtburchak plastinka 
shaklida  bo’lib,  lateral  chekkasi  yuqori  jag’  suyagining  peshona  o’sig’i  bilan 
tutashadi.  Pastki  chekkasi  esa  burun  bo’shligining  noksimon  teshigini  hosil 
bo’lishida  ishtirok  etadi.  Primatlar  turkumi  vakillarida  va  odamda  burun 
suyaklari zaif rivojlangan. 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling