M mamajanov odam anatomiyasi va fiziologiasi
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
odam anatomiyasi va fiziologiyasi
Boldir suyaklari ikki xil: katta va kichik bo’ladi. Ular uzun naysimon
suyaklardir, ular har birining tanasi va ikki uchi bo’ladi. Katta boldir suyagining yuqorigi uchi ancha yo’g’onroq bo’lib ikkita - ichki va tashqi do’nglik hosil qiladi. Bu do’nglar bo’g’im yuzalari orqali son suyagining do’nglari bilan birikadi. Katta boldir suyagining tanasi uch qirrali. Suyakning anchagina bo’rtib chiqqan oldingi qirrasi suyakning butun uzunligi bo’ylab cho’ziladi va oldingi qirrasi deb ataladi. Oldingi o’tkir qirrasi yuqorigi epifiz sohasida katta boldir suyagining g’adir-budurligi bilan tutashadi. Oldingi qirra suyakning medial yuzasini lateral yuzasidan ajratadi. Medial qirra medial va orqa yuzalarni bir-biridan chegaralaydi. Suyakning pastki uchida ikki tomondan ichki tupiq deb atalgan o’simta bo’lib, u pastga qarab yo’nalgan. Suyak distal uchining pastki yuzasida tovon usti suyagi bilan birikadi. Boldirda joylashgan ikkita suyakdan faqat katta boldir suyagi son suyagi bilan birikadi va shuning uchun u eng pishiq va yo’g’on bo’ladi. Uzun va ingichka kichik boldir suyagi katta boldir suyagidan tashqarida yoki lateral tomonda joylashadi. Kichik boldir suyagining yuqorigi uchi yo’g’onlashgan bo’lib, boshcha deb ataladi. Boshchaning uchi tashqi tomonga va orqaga qaragan. Boshchasi bo’g’im yuzasi bilan ta’minlangan bo’lib, katta boldir suyagining yuqorigi epifizi bilan birikadi. Bosh bo’yincha yordamida ingichka tanasiga o’tadi. Tanasi uch qirrali bo’ladi. Suyakning pastki uchi yo’g’onlashgan va tupikni hosil qiladi. Tupik tovon usti suyagini tashqi tomondan qoplab turadi. Boldir suyaklarining bir-biriga qaragan tomonida suyaklararo joylashagan g’adir-budir qirralari bo’lib, ularga ikkala suyakning bir-biriga yopishtirib turuvchi suyaklararo pardasi kelib birikadi. Oyoq panjasining panja oldi suyaklari 7-ta bo’lib, ular: tovon usti, tovon, kubsimon, qayiqsimon va uchta ponasimon suyaklardan iborat Yuqorida joylashgan tovon usti suyagi tana va boshchaga ega. Tovon usti suyagining ostida panja oldi suyaklarining eng kattasi - tovon suyagi yotadi. 40 Uning orqa tomonida yo’g’onlashagan joyda tovon bo’rtig’i bor. Suyak tanasining ust tomonida tovon ust suyagi bilan birikish uchun bo’g’im yuzalari bor. Tovon usti suyagi boshchasining oldida kubsimon suyak bilan yonma-yon va undan ichkariroqda – medial, oraliq va lateral ponasimon suyaklarni ajratish mumkin. Panja suyaklari beshta kalta naysimon suyaklardan iborat. Ular panja oldi suyaklari - kubsimon va ponasimon suyaklaridan nariroqda joylashadi. Har qaysi panja suyagida asosi, tanasi va boshchasi bor. Panja suyaklarning asoslari panja oldi suyaklariga taqalgan bo’ladi. Oyoq barmoqlari 3-ta falangalardan iboratdir, faqat 1 barmoq proksimal va distal falangalardan tashkil topgan. Har bitta falangada asos, tana va boshcha tafovut etiladi. Proksimal falangalar o’z asoslari bilan panja suyaklarining boshchalariga qaratilgan bo’ladi. Har bitta distal falanga o’zining uchlarida g’adir-budur yuza bilan tugaydi. Ba’zi sport turlarida oyoqlar uzunligi Bu suyaklarda jismoniy ish ta’sirida bo’ladigan o’zgarishlarni bilish lozim (gimnastika, fo’tbol). Oyoq suyaklarining birikishi. Oyoq kamari suyaklari bir-biri bilan dumg’aza - yonbosh bo’g’imi va qov simfizi yordamida birikadi. Dumg’aza-yonbosh bo’g’imi tos va dumg’aza suyaklarining quloqsimon yuzalaridan hosil bulagn. Bu bo’g’im oddiy, yassi shaklda, harakatlari chegaralangan (atigi 3-5 є atrofida) bo’ladi. Bo’g’im bir qancha paylar bilan mustaxkamlangan. Paylar bo’g’im yuzasida va ichida joylashgan. Bularga dumg’aza-yonbosh payi, suyaklararo paylari, yonbosh-bel payi, dumg’aza-bo’rtiq va dumg’aza o’siq paylari kiradi. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling