M mamajanov odam anatomiyasi va fiziologiasi
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
odam anatomiyasi va fiziologiyasi
Qov simfizi chap va o’ng qov suyaklarini qarama - qarshi yuzalari orasida
hosil bo’ladi. Qov suyaklari yuzalarining orasida tog’ayli plastinka joylashadi. Qov simfizi yarim bo’g’imlar turiga kirib, harakatsiz hisoblanadi. Tos-son bo’g’imi - son suyagining sharsimon boshchasi tos suyagining quymich kosasiga birikishidan hosil bo’ladi. Bu bo’g’im shakli jixatdan yongoksimon, oddiy va uch o’qli hisoblanadi. Bu bo’g’imda ko’ndalang, sagittal va tik ketgan uklar atrofida harakatlar bajariladi. Ko’ndalang o’q atrofida sonni bukish va yozish, sagittal o’q atrofida - uni gavdaga yaqin keltirish va undan uzoqlatish, tik o’q atrofida - oyoqni tashqariga burash va oyoqni ichkariga burash (pronatsiya, supinatsiya) harakatlari bajariladi. Bu bo’g’im harakatlari chegaralangan bo’ladi, chunki birikayotgan suyaklarni bo’g’im sathlari bir- biriga nisbatan moslangan, ikkinchidan bo’g’im atrofida mustaxkam paylar va baquvvat muskullar joylashgan. Tos-son bo’g’imining eng mustaxkam paylaridan yonbosh-son payidir. U 300 kg. og’irlikni ko’tarish qobiliyatiga ega. Quymich va qov suyaklari tanalaridan boshlangan quymichson va qov- son paylari son suyagining kichik va katta do’nglariga birikadi. Bu paylar birgalikda sonni yozish harakatini chegaralishda ishtirok etadilar. Yonbosh-son payi esa sagittal o’q atrofida vujudga keladigan harakatlarni chegaralaydi. Bundan tashqari, tos-son bo’g’imining ichki kapsulasidan aylanma payi boshlanadi, 41 bo’g’im ichida esa son suyagining boshchasini payi joylashgan. Bu pay quymich kosachasi tagidan boshlanib, son suyagining boshchasiga birikadi. Son suyagining boshchasining payi faqat tos-son bo’g’imi mustaxkamlashida ishtirok etmay, boshqa funktsiyalarni bajaradi. Pay ichida qon tomirlari va nervlar joylashgan, bundan tashqari, turli harakat bajarish vaqtida zarbni kamaytirish vazifasini bajaradi. Tizza bo’g’imi - son suyagining pastki uchi va katta boldir suyagi do’nglarining ustki yuzalaridan hosil bo’lgan. Bo’g’im hosil bo’lish da tizza qopqog’i ham ishtirok etadi. Bo’g’im murakkab, shakli jixatdan g’altak- sharsimondir. Bo’g’imda birikayotgan suyaklarning sathlari bir-biriga nisbatan juda kam moslangan, shu sababli harakatlar chegaralangan. Bo’g’im ichida joylashgan medial va lateral menisklar harakatchanlikni oshirishda ishtirok etadilar. Sinovial bo’g’im ichida ko’p burmalar va o’simtalar, bo’g’im atrofida esa shilimshik xaltalar hosil qiladi. Tizza bo’g’imida ko’ndalang o’q atrofida bukish, yozish harakatlari bajariladi. Harakatchanlikni graduslarda ifodalash mumkin. Bunda bukish harakatining chegarasi 130-170є ga teng. Tik o’q atrofida pronatsiya va supinatsiya harakatlari bajariladi. Harakatlar chegarasi 10є atrofida ro’y beradi. Tizza bo’g’imida bir nechta paylari bor. Ularga katta boldir va kichik boldir kollateral aylanma kiradi. Bo’g’im ichida krestsimon paylar joylashgan. Bu paylar bo’g’imni mustaxkamlashda ishtirok etadilar. Bo’g’im xaltasining orqasida tizza osti paylari joylashadi. Boldir-panja bo’g’imi katta boldir suyagini distal uchi oshik suyagiga birikishi natijasida hosil bo’ladi. Uni ikki tomonidan tashqi va ichki tupik to’sib turadi. Bu bo’g’im murakkab g’altaqsimon shaklga ega. Ko’ndalang uk g’altakdan o’tib, uning atrofida bukish va yozish harakatlari bajariladi. Tik turgan holda oyoq panjasini yozish chegarasi 15-25 є ga teng, bukishi - 45-50є , pronatsiya, supinatsiya harakatlari 13 є atrofida., uzoqlashtirish va yaqinlashtirish harakatlari esa 12 є ga teng. Boldir-panja bo’g’imi lateral va medial tomonlaridan pishiq paylar bilan mustaxkamlangan. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling