M mamajanov odam anatomiyasi va fiziologiasi


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/83
Sana05.01.2022
Hajmi1.72 Mb.
#233781
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   83
Bog'liq
odam anatomiyasi va fiziologiyasi

Quymich  suyagi  quymich  kosaga  nisbatan  pastroq  joylashgan.  Bu  suyak 
tana  va  shoxchadan  iborat.  Quymich  suyagining  tanasi  quymich  kosani  hosil 
bo’lishida  ishtirok  etadi.  SHoxchasi  qov  suyagining  shoxchasi  bilan  birikib 
ketadi.  Suyakning  eng  pastki  qismida  burilish  joyida  quymich  bo’rtig’i  bor. 
Quymich  bo’rtig’ining  orqa  tomonida  kichik  quymich  o’ymasi  joylashgan. 
Quymich  suyagi  tanasining  orqa  tomonidagi  o’tkir  uchli  o’siq  katta  va  kichik 
quymich o’ymalarni bir-biridan ajratadi. 
Qov  suyagi  tana,  yuqorigi  va  pastki  shoxlardan  iborat.  Qov  suyagining 
kalta  va  keng  tanasi  quymich  kosacha  hosil  bo’lish  da  ishtirok  etadi.  Pastki  va 
yuqorigi shoxchalar bir-biriga nisbatan ma’lum burchakda joylashgan. Quymich 
suyagining  shoxchasi  qov  suyagining  pastki  shoxchasi  bilan  tutashib,  yopilib 
turuvchi teshikni hosil qiladi. Yuqori shoxchasini orqa qirrasi uchlangan bo’lib, 
qov  qirrasini  hosil  qiladi.  Qov  qirrasi  yonbosh  suyagining  yoysimon  chizig’i 
bilan  tutashib  ketadi.  Natijada,  katta  tos  bo’shligini  kichik  tos  bo’shligidan 
ajratadigan chegaralovchi chiziq hosil bo’ladi. CHap va o’ng qov suyaklarining 
medial yuzalari orasida qov simfizi hosil bo’ladi. 
Yangi  tug’ilgan  chaqaloqlarda  quymich  kosachasi  yassilashgan  bo’ladi, 
ayniqsa qizlarda. Tos suyagi alohida suyaklardan tashkil topib, suyaklar orasida 
tog’ayli  qatlamlar  joylashgan.  6  yoshdan  boshlab  tog’ayli  plastinkalar  yo’qola 
boshlaydi.  Uchchala  suyaklarning  to’liq  suyaklanishi  qizlarda  12-14  yoshda, 
ugil bolalarda 13-16 yoshda o’tadi. 
Oyoqning erkin turgan bo’limidagi suyaklar. 
Son suyagi - odam tanasining eng uzun va katta naysimon suyagidir. Uning 
yuqori  uchida  medial  yoki  ichki  tomoniga  qaragan  sharsimon  boshchasi, 
boshchasining  pastrogida  burchak  bilan  joylashgan  bo’yinchasi  bor.  Bu 
burchakning  o’rtacha  kattalikdagi  erkaklarda  130º  ga  teng,  ayollarda  to’g’ri 
burchakni  tashkil  etadi.  Son  suyagining  boshchasi  tos  suyagining  quymich 
kosasi  bilan  birikib,  o’zining  yuzasida  chuqurchaga  ega.  Bu  chuqurchaga 
yumaloq boylam birikadi. 
Suyakning  uzun  bo’yin  qismi  diafiz  qismiga  o’tadigan  joyida  katta  va 
kichik do’nglari mavjuddir. Katta do’ngcha tashqariga qaragan va uning asosida 
do’ng  chuqurchasi  joylashgan.  Kichik  do’ngcha  ichkariga  va  orqaga  qaragan. 
Bu do’ngchalarga dumba muskullari birikadi. Suyakning oldingi yuzasida ikkala 
do’ng o’rtasida do’nglararo g’adir-budir chiziqlar, orqa yuzasida esa do’nglararo 
qirra joylashagan. 
Son suyagining orqa yuzasida g’adir-budir chiziq bo’ladi. Suyakning tanasi 
deyarli  tsilindsimon  shakldadir.  Son  suyagining  pastki  uchida  ikkita  do’ng  - 
medial  yoki  ichki  do’ng, lateral  yoki tashqi  do’nglar  joylashgan. Ular  o’rtasida 


 
39 
do’nglararo chuqurlik bor. Ichki do’ng tashqi do’ngdan kattaroq. Do’nglar katta 
boldir suyagi bilan birikishi uchun bo’g’im yuzalariga ega. Old tomondan ikkala 
do’ng  umumiy  bo’g’im  yuzasini  hosil  qiladi,  uning  o’rtasida  do’nglararo 
chuqurcha  bor.  Old  tomondan  chuqurcha  tizza  usti  yuzasini  hosil  qilib,  bu 
yuzaga tizza qopqog’i taqaladi. 
Son suyagi do’nglarining ustida, ikki yon tomoniga chiqqan ichki va tashqi 
do’ng usti tepaliklari bor. 
Odam  evolyutsiyasining  takominlanishi  natijasida  tik  yurish  qobiliyati 
paydo  bo’ldi.  Natijada  tos  va  son  suyaklarining  tuzilishi  o’zgardi.  Odamsimon 
maymunlarga  nisbatan  odamning  son  suyagi  uzunlashdi  va  ingichkalashdi, 
tanasi  old  tomonga  qarab  bukilgan  belgisi  paydo  bo’ldi,  orqa  yuzasida  esa 
g’adir-budur  chizig’i  kuchli  darajada  rivojlandi.  Tizza  qopqog’i  yoki  tizza  usti 
suyagi  sonning  eng  yirik  suyagi  bo’lib,  u  soninng  turt  boshli  muskul  payining 
ichida  yotadi  va  tizza  bo’g’imni  hosil  qilishda  qatnashadi.  Tizza  qopqog’ining 
o’tkir  uchi  pastga qaratilgan, keng  asosi –  yuqorida,  bo’g’im  yuzasi  esa tog’ay 
bilan qoplangan. 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling