M o r f e m a L a r т I z I m I


Morfemalar orasidagi sinonimik munosabat


Download 161.5 Kb.
bet10/11
Sana30.10.2023
Hajmi161.5 Kb.
#1734714
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
XADICHA

Morfemalar orasidagi sinonimik munosabat
Sinonim bo‘lish asosan leksema yasovchi morfemalarga xos. Masalan, -dosh affiksi ma'lum leksemalarga birgalik ma'nosi bilan qo‘shilganda ham- affiksoidiga sinonim bo‘ladi: fikrdosh- – hamfikr-, suhbatdosh- – hamsuhbat- kabi.
Shakl hosil qiluvchi morfemalarning sinonimik munosabatda bo‘lishi juda oz uchraydi. Masalan, rang-tus anglatuvchi sifat leksemalarda belgining me'yordagi holatdan oz, kuchsiz ekanini ifodalovchi -(i)sh (ko‘kish- kabi) va -(i)mtir (ko‘kimtir- kabi) affikslari o‘zaro sinonim, chunki bu affikslarda: 1) ifoda jihati har xil, 2) ayni bir ma'noni ifodalaydi, 3) ayni bir turkum leksemalariga qo‘shiladi, 4) ma'lum bir shart-sharoitda biri o‘rnida ikkinchisini ishlatish mumkin va b. Bu sinonim affikslar orasidagi farq qaysi sifat leksemalarga qo‘shilib kela olishida ko‘rinadi: ko‘kish- – ko‘kimtir- tarzida ishlatish mumkin, lekin oqish- deb ishlatiladi-yu, oqimtir- deb ishlatilmaydi va b.
Sinonim bo‘lish talablariga -tir(-dir), -giz (-kiz, -qiz, -g‘iz) orttirma yasovchilari ham javob beradi: ayttir- - aytkiz-, bildir- - bilgiz- kabi. Lekin bu affikslarda ayni bir fe'l leksemaga qo‘shilish oz uchraydi, ko‘pincha har xil leksemaga (saylab) qo‘shiladi: yondir- deyiladi-yu, yongiz- deyilmaydi va b.
Shakl hosil qiladigan morfemalar orasidagi sinonimik munosabatlar turkumlar, morfem paradigmalar bayonida aytib o‘tiladi.


SHAKL HOSIL QILUVCHI MORFEMALARDA
PARADIGMAТIK MUNOSABAТLAR
Shveysariyalik olim F. de Sossyur til birliklari o‘zaro assosiativ munosabatda bo‘lishini ta'kidlagan (< lot. associatio - birlashuv). Haqiqatda, til birliklari turli belgi-xususiyatlari asosida o‘zaro birlashadi, biri ikkinchisini eslatadi, munosabat hosil qiladi. Daniyalik tilshunos L.Yelmslev assosiativ munosabat terminini paradigmatik munosabat terminiga almashtirdi (< yunoncha paradeigma - namuna). Asli assosiativ munosabat termini paradigmatik munosabat terminidan ko‘ra keng tushunchani anglatadi, paradigmatik munosabat assosiativ munosabatlarning bir ko‘rinishiga teng. Тil qurilishining tuzum ekanligi paradigmatik munosabatlarda yaqqol namoyon bo‘ladi.
Paradigma deb til birliklarining o‘zaro umumiy semasiga ko‘ra birlashadigan va farqli semasiga ko‘ra zid munosabat hosil etib turadigan tizimiga aytiladi. Morfem paradigma deb shunday hodisaning morfemalardagi ko‘rinishiga aytiladi.
Morfem paradigma kamida ikki morfemadan iborat bo‘ladi, bu morfemalar o‘zaro umumiy (integral) semasi asosida birlashib, farqli (differensial) semasi bilan zidlangan holatda yaxlit bir tuzumni tashkil etadi; leksemashakl tarkibida ayni bir o‘rinni (pozitsiyani) egallab, ma'lum talabga ko‘ra birini ikkinchisiga almashtirib ishlatiladi. Masalan, ot leksemalarga xos grammatik son morfemalari paradigmasi ikki a'zoli: ko‘plik ma'nosini ifodalovchi -lar morfemasidan va unga zidlanib belgilanadigan birlik ma'nosini ifodalovchi morfemadan iborat. Bu yerda birlik ma'nosini ifodalovchi morfema fonema ifodasiga ega emas, shunga ko‘ra nol ko‘rsatkichli morfema deyiladi,ramzi bilan ko‘rsatiladi:- -lar.
Shakl hosil qiluvchi morfemalarda turli-tuman paradigmalar mavjud; bular turkumlar bo‘yicha xoslangan bo‘ladi. Shunga ko‘ra morfem paradigmalarni tasvirlashdan oldin lug‘at birliklarining turkumlanishi bilan tanishish lozim.

LuG‘at birliklarining turkumlanishi


So‘z turkumi termini bir vaqtlar lug‘at boyligidagi bir qatlamni – leksik birliklarni hisobga olib tuzilgan; keyinchalik lug‘at boyligida ikkinchi bir qatlam – frazeologik birliklar ham mavjudligi tan olindi, turkumlanish leksik birliklarga-gina emas, frazeologik birliklarga ham mansubligi aniqlandi.
Demak, lug‘at boyligini bir butun holda olib so‘z turkumlari terminini ishlatib bo‘lmaydi, endilikda bu termin tarkibidagi so‘z qismi voqelikni to‘g‘ri atamaydigan bo‘lib qoldi. Shuning uchun bu tushunchani lug‘at birliklarining turkumlanishi termini bilan anglatish to‘g‘riroq. Lug‘at birliklari dastlab lug‘aviy birliklarga va grammatik birliklarga ajratiladi, lug‘aviy birliklar o‘z navbatida leksik birliklar va frazeologik birliklar deb guruhlanadi; leksik birliklar o‘z doirasida, frazeologik birliklar o‘z doirasida turkumlarga ajratiladi.
Adabiyotlarda leksik birliklar va grammatik birliklar birgalikda so‘z termini bilan nomlanib, ot, sifat, son, olmosh, fe'l, ravish so‘zlar mustaqil so‘z turkumlari deb, ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama yordamchilar deb guruhlanadi, modal so‘z, undov, taqlid so‘z alohida-alohida turkumlar deb ajratiladi.
So‘z termini adabiyotlarda turlicha mundarija bilan ishlatiladi, shu jumladan leksemaning o‘z turkumi nuqtayi nazaridan biror sintaktik vazifada kelish darajasida grammatik shakllangan ko‘rinishi ham so‘z deyiladi. Keyingi yillarda bunday mundarija so‘zshakl (slovoforma) terminiga birkitildi, natijada grammatik shakllangan leksik birlik so‘z deb ham, so‘zshakl deb ham ataladigan bo‘ldi. Bunday mundarija so‘zshakl terminiga (asli leksemashakl terminiga) birkitilishi to‘g‘riroq.
Leksik ma'no anglatadigan birlikni leksema deb nomlash qabul qi-lingan. Shu nuqtayi nazarni davom ettirsak, grammatik ma'no ifodalaydigan birlikni morfema deb nomlash tabiiy; lekin aslida grammatik ma'no ifodalaydigan lug‘at birliklarini affiks morfemalardan (shuningdek affiksoid morfemalardan) farqlab nomlash lozim. Ana shunday termin sifatida grammatik turkumlar terminidan foydalanish mumkin.
Demak, lug‘at boyligida dastlab lug‘aviy birlik turkumlari guruhi va grammatik birlik turkumlari guruhi ajratiladi. Lug‘aviy birlik turkumlari tarkibidagi leksemalar turkumlari guruhiga ot, sifat, son, fe'l, ravish turkumlari kiritiladi. Bular nominativ va signifikativ vazifa bajaradi, birikmaning, gapning bo‘lagi bo‘lib keladi. Bu turkumlar asli birikma yoki gapning bo‘lagi vazifasida kelishiga ko‘ra mustaqil turkumlar deb nomlangan.
Ushbu turkumlarni mustaqil deb nomlashda leksik ma'no ham hisobga olingan. Lekin olmosh leksik ma'no anglatmaydi, shunga qaramay mustaqil turkumlar qatoriga kiritiladi. Ko‘rinadiki, hal qiluvchi belgi – birikmaning, gapning bo‘lagi vazifasida kelish.
Mustaqil turkum deb belgilashda ushbu leksemalarda shakl o‘zgarishi mavjudligi ham hisobga olinadi, lekin bu belgi mustaqil deb nomlanadigan turkumlarning barchasida mavjud emas: o‘zbek tilida sifatga, songa, ravishga o‘z turkumi tabiatini saqlab ishlatilganida shakl o‘zgarishi xos emas.
Ko‘rinadiki, mustaqil turkum deb ajratishda asosiy belgi – birikmaning, gapning bo‘lagi vazifasida kelish. Mustaqil turkumlik belgisini umumiy tarzda "sintaktik vazifa bajarish" deb izohlash to‘g‘ri bo‘lmaydi, chunki kirish ham (asli kirish bo‘lak deyish ma'qul) – sintaktik vazifa.
Lug‘at birliklarining qaysi turkumga mansubligi ularning semantik mundarijasidagi turkumlik semasi asosida belgilanadi. Leksemaning turkumlik semasi predmet bo‘lsa, bunday leksema ot turkumiga, predmetning sifatiy belgisi bo‘lsa, sifat turkumiga, predmetning miqdoriy belgisi bo‘lsa, son turkumiga, predmetning harakat-holat belgisi bo‘lsa, fe'l turkumiga, harakat-holatning belgisi bo‘lsa, ravish turkumiga mansub deyiladi. Leksema qaysi turkumga mansub bo‘lsa, shu turkumga xos shakl hosil qiluvchi morfemalarni olib leksemashaklga aylanadi va shu shakliga binoan biror sintaktik vazifada keladi.
Demak, leksemaning qaysi turkumga mansubligi, grammatik tabiati uning semantik mundarijasi, aniqrog‘i – turkumlik semasi asosida belgilanadi.
Тurkumlik semalarining yuqoridagi ta'riflanishidan ko‘rinib turibdiki, besh leksik turkum orasida yetakchisi – ot turkumi: sifat, son, fe'l shu turkum leksemasining belgilarini anglatadi. Fe'l – ikkilamchi yetakchi turkum: ravish shu turkum leksemasining belgisini anglatadi. Demak, leksik turkumlar orasida ot turkumi birinchi darajali, fe'l turkumi esa ikkinchi darajali yetakchi turkum mavqeiga ega.
Olmosh leksik ma'no anglatmaydi, odatda leksik ma'no anglatadigan leksema o‘rnida ishlatiladi, shunga ko‘ra olmosh turkumi deb nomlangan. Bu turkum birliklari odatda leksik turkum birliklari o‘rniga ishlatiladi, shunga ko‘ra leksik turkumlarni olmoshlovchi turkum deyish mumkin.
Olmosh turkumi birliklari semantik va grammatik jihatdan turli-tuman: qaysi turkum birligiga olmosh bo‘lsa, o‘sha turkum tabiatiga ega bo‘ladi. Olmosh deb turkumlash semantik va grammatik belgi asosida emas, balki biror turkum birligi o‘rnida ishlatilishi asosida amalga oshiriladi. Olmosh turkumi o‘zida bir necha turkum xususiyatlarini birlashtiradi.
Ko‘rinadiki, olmosh turkumini leksik ma'no anglatadigan turkumlar orasida emas, balki ulardan ajratib, ular uchun umumiy turkum sifatida joylashtirish to‘g‘ri.
Тasvir birliklari leksemalardan ham, grammatik birliklardan ham farq qiladi: biror tovush yoki ko‘rinishning ramziy nomi deb qaraladi; morfemadan ham farq qiladi: shakl hosil etish vazifasini bajarmaydi. Shunga ko‘ra tasvir birliklari turkumlar qatorida alohida ko‘rsatiladi.
O‘zbek tilshunosligida hali yetarli o‘rganilmagan mumkin, kerak, kifoya, iborat kabi leksemalar alohida turkum – kesimlik leksemalari turkumi sifatida ajratilishi va nomlovchi turkumlar qatoridan o‘rin olishi kerak.
bo‘l-, qil-, et-, ayla- fe'llari odatda fe'l leksema yasaydi, shunga ko‘ra leksema yasovchi affiksoid deyiladi.
Ko‘makchi fe'llar (-boshla-, -ber-, -ol-, -qo‘y- kabi) fe'l leksemashaklini yasaydi, shunga ko‘ra shakl yasovchi affiksoid deyiladi.



Download 161.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling