M o r f e m a L a r т I z I m I


Morfemalarda ma'no sinkretizmi


Download 161.5 Kb.
bet8/11
Sana30.10.2023
Hajmi161.5 Kb.
#1734714
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
XADICHA

Morfemalarda ma'no sinkretizmi
Agglutinativ til bo‘lganligi uchun o‘zbek tilida har bir grammatik ma'no ayrim-ayrim morfema bilan ifodalanadi (< lot. agglutinare - elimlash). Masalan, ot leksemalarda grammatik son ma'nosini, kelishik ma'nosini ifodalash uchun alohida-alohida morfema qo‘shiladi: kitob+lar+ni kabi. Bunda har bir morfema bir grammatik ma'noni ifodalaydi.
Ayrim morfema-affikslar bir-biridan ajratib bo‘lmaydigan ikki grammatik ma'noni ifodalashga xizmat qiladi. Masalan, buyruq-istak mayliga xoslangan -gin tuslovchisi ayni vaqtda shaxs (II shaxs) va son (birlik) ma'nolarini ifodalaydi, hozirgi o‘zbek tilida ushbu affiks tarkibini shaxs va son ma'nolarini ifodalovchi qismlarga ajratib bo‘lmaydi. Ana shunday affiksga nisbatan ma'no sinkretizmi haqida gapiriladi (< yunoncha synkretismus - birlashtirish). Bunday hodisa hozirgi o‘zbek tilida, masalan, nisbatlovchi (egalik), tuslovchi (shaxs-son) affikslarida mavjud.
Asli I, III shaxsning -(a)yin, -sin affikslarini qiyoslasak, oxiridagi n qismi mushtarak ekanini ko‘ramiz. Тarixan bu affikslarda grammatik son (birlik) ma'nosi -n affiksi bilan ifodalangani ko‘rinadi; demak, bu yerda sin-kretiklik azaliy emas, balki ikki ma'noli qismning bir affiksga birlashib ketishi oqibatida yuzaga kelgan. I shaxsning -(a)y - -(a)ylik affikslarini qiyoslasak, -(a)y affiksi faqat shaxs ma'nosini ifodalashi, birlik ma'nosi esa -(a)ylik affiksiga (-lik qismiga) zidlash natijasida belgilanishi ochiq ko‘rinadi.
Sinkretik holatdan agglutinativ holatga o‘tish II shaxs nisbatlovchilarida ayniqsa kuchli. I shaxsning -miz- morfemasi tarkibidagi -(i)z qismini ko‘plik ma'nosini ifodalaydigan morfema sifatida ajratish qiyin; lekin II shaxsning -ngiz- morfemasi tarkibidagi bunday qismni bemalol ajratish mumkin, chunki bu shaxsning -nglar-, -laring- ko‘rsatkichlari -ngiz- ko‘rsatkichi tarkibidagi -(i)z qismini almashtirish bilan hosil qilingan; natijada I shaxsning -miz- morfemasi tarkibidagi -(i)z qismi ham ajraluvchi morfema ekani ochiq ko‘rinib qolgan. Har holda, I shaxsning -miz- morfemasiga nisbatan hozirgi o‘zbek tili nuqtayi nazaridan ma'no sinkretizmi haqida gapirish mumkin-u, lekin II shaxsning -ngiz-, -nglar-, -laring- ko‘rsatkichlariga nisbatan ma'no sinkretizmi haqida gapirib bo‘lmaydi.
Xullas, o‘zbek tili morfemalariga nisbatan ma'no sinkretizmi haqida hozirgi o‘zbek tili nuqtayi nazaridan yondashib, shunda ham juda cheklangan hollarga nisbatan-gina gapirish mumkin.



Download 161.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling