M. X. Baybayeva Nizomiy nomidagi tdpu "Pedagogika" kafedrasi
Download 0.96 Mb.
|
2-курс ТИМ МАЖМУА 2022-2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2- MAVZU: Jahon tarbiya kontsepsiyalari. Mavzu rejasi
- Munosib inson”ni yetishtirish Abu Nasr Forobiy.
Nazorat uchun savollar:
1.Tarbiya tushunchasiga ta’rif bering? 2.Tarbiyaviy ishlarga qo‘yiladigan zamonaviy talablar qaysilar? 3.Tarbiyaviy ishlar fanining maqsad va vazifalari? 4.Tarbiyaviy ishlar tizimi va uning asosiy bosqichlari haqida nimalarni bilasiz? 5.Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining maqsadi, boshqa fanlar bilan aloqadorligini bilasizmi? 2- MAVZU: Jahon tarbiya kontsepsiyalari. Mavzu rejasi: 1.Tarbiya kontsepsiyalarining tarbiyaviy jarayondagi ahamiyati. 2.Kontsepsiya tushunchasining mazmuni. 3.Jahon tarbiyaviy kontsepsiyalari. Tayanch tushunchalar: Tarbiya konsepsiyalari, qiyosiy tahlil, milliy tarbiya, milliy xususiyatlar, tarbiyasi nazariyasi, dunyo sivilizatsiyasi, ommaviy o‘sish, jentelmen tarbiyasi, ishbilarmon, tarbiyaning izchilligi, pedagogik tajriba, axloq, odob, namuna, ezgu fikr, ezgu so‘z, ezgu amal, diniy tarbiya, aqliy tarbiya, sabr, qanoat, farzand burchi, ota-ona ma’suliyati, mahorat, ma’rifat, madaniyat, samimiyat. Mavjud tarixiy vaziyat pedagogika nazariyasida qiyosiy yo‘nalishni kuchaytirishni, turli zamon va makonlarda yaratilgan tarbiya konsepsiyalarini vertikal va gorizontal pedagogik integratsiya nuqtai nazaridan tahlil qilishni, xatolarni chetlab o‘tib, tarix sinovidan o‘tgan, insonparvarona mohiyatga ega bo‘lgan tarbiyaviy konsepsiyalar yutuqlaridan, texnologiyasidan samarali foydalanishni taqozo qilmoqda. Ana shu mulohazadan kelib chiqib, amalga oshirilgan tahlil-sintez oldiga quyidagi vazifalarni qo‘ydik; -pedagogik nazariyalarning g‘oyaviy asoslari va mazmunining mamlakatlar taraqqiyotiga ko‘rsatgan ta’sirini qayd qilish, umumlashtirish; -Yevropaning taraqqiy etgan mamlakatlarida, Osiyo va Afrikaning milliy mustaqillikni qo‘lga kiritgan ayrim mamlakatlarida tarbiyaviy konsepsiyalar rivojining tarixiy, ijtimoiy-iqtisodiy, milliy-madaniy shart-sharoitlarini tahlil qilish; - tarbiya nazariyalari, konsepsiyalarini milliy tarbiya bilan nazariy aloqalarini o‘rganish: - zamonaviy o‘zbek maktabidagi milliy tarbiya tizimining tub xususiyatlarini qiyosiy asoslash. Boshqa davlatlar pedagogik tajribasini qiyosiy o‘rganishning koni foyda ekanligini Ahmad Donish, Furqat, Ismoil Gaspirali, Rizouddin ibn Faxruddin, Avaz O‘tar, Sote’ al Husri, K.D.Ushinskiy, L.N.Tolstoy va boshqalar pedagogik muammo sifatida kun tartibiga qo‘ygan edilar. Ayniqsa K.D.Ushinskiyning jahon kezib, bu borada qilgan ilmiy xulosalari alohida e’tiborga sazovordir. Qator Ovrupo mamlakatlari tarbiyaviy tizimlarini o‘rganib chiqqach, u “barcha xalqlar uchun umumiy bo‘lgan tarbiya tizimi nafaqat amalga, balki nazariy darajada ham bo‘lishi mumkin emas. Olmon pedagogikasi - nemis tarbiyasi nazariyasi demakdir va bundan ortiq narsa emas”,- deya xulosa qiladi1. U chet el pedagogik tajribasining ayrim ijobiy jihatlaridangina rus tarbiya tizimida foydalanish kerakligini qayd qilgan edi. L.Tolstoy har qanday chet el tarbiya tizimini Rossiyaga keltirishga keskin qarshi chikqan edi. Chunki o‘z "xalqi rioya qiladigan asosiy qoidalarni anglagan maktabgina yaxshi maktab bo‘la oladi"2. Atoqli mutafakkir Rossiyada rus tarixi va milliy xususiyatlaridan kelib chiquvchi xalq ta’limi tizimi yaratilmog‘i kerakligini qat’iy turib talab qilgan edi. Boshqa mamlakatlar tarbiyaviy tizimlarini o‘rganishning xususiyatlari haqidagi ibratli fikrlarni professor P.Kapnistning 1900 yilda aytgan fikri bilan yakunlaymiz: "...tarbiyaviy ishlarda maktabnnng milliy xususiyatlarini dunyo sivilizatsiyasining tarkibiy qismi sifatida o‘rganish kerak. Bu birinchidan, har bir ilmiy maktabning(uning qaerda joylashganligidan qat’iy nazar) asosini belgilaydi va ikkinchidan, begona o‘lkalarning maktab ishlarini o‘rganish boshqa mamlakatlarda bir vaqtlar o‘tkazilgan va natijalari aniq ko‘rilgan ko‘plab tajriba va ekperimentlarni takrorlashdan bizni qutqazadi"3. Markaziy Osiyoda ro‘y berayotgan ma’naviy, madaniy, dunyoqarashdagi o‘zgarishlar ayrim jihatlari bilan Sharq mamlakatlarining mustaqillikka chiqqan davrdagi holatini, G‘arbiy Ovruponing Uyg‘onish, o‘zligini anglay boshlash davrini eslatadi. Kundalik turmushdagi, tafakkurdagi an’anaviylikning zamonaviylashuvi, demografik o‘sish, shaharlarning yiriklashuvi, texnologiyada, bank ishlarida munosabatlarning o‘zgarishi, yangi - tijoratchilar avlodining maydonga chiqishi, ishbilarmonlikning keng tarqalishi va boshqalar Uyg‘onish davrining tavsifiy chizgilariga aylangan edi. Xorijiy tillarga, huquqshunoslikka, Vatan tarixiga qiziqishning ommaviy o‘sishi maktab va tarbiya maqsadini keskin o‘zgartirishning sharti bo‘ldi. Angliyada ana shu o‘zgarish jarayoni o‘z zamonasining yangi aslzodasi -jentelmenni tarbiyalash talabini kun tartibiga qo‘ydi. Yangi jentelmen amaliy tajribaga ega, ishbilarmon, o‘z mulkini avaylab asrovchi va eng muhimi – o‘zining yangi sifatlarini o‘tmish an’analari bilan uygunlashtira olmog‘i kerak edi. Yangi jentelmenlarni tarbiyalash g‘oyasining asoschisi J.Lokk yosh jentelmenlar hisob-kitob ilmini bilish bilan birga, an’anaviy qilichbozlik san’atini ham yaxshi egallashlari kerak deb hisoblar edi. Jon Lokk Angliyaning jahon miqyosidagi obro‘sini ko‘tarishni yoshlar - jentelmenlarni tarbiyalashga tayanmay oshirish mumkin emasligini asoslab, amalga oshirdi. Angliyadagi tarbiyaviy maqsad - jentelmenni tarbiyalash g‘oyasi Fransiyada ham qabul qilinib, o‘ziga xos tarzda amalga oshirildi. Bu quyidagicha ta’riflangan edi; "Fransiyada tarbiyadan maksad - o‘zida yuksak axloqiy sifatlar, fazilatlar, ziyolilik, sog‘lom mushohadalik ruhida tarbiyalanganlikni o‘z Vatanida qabul kilingan xush xulqlik bilan uyg‘unlashtirib, takomiliga yetkazgan fransuzdir"1, Olmoniyada madaniy uyg‘onish davrida amalga oshirilgan islohotlar maktab, tarbiya maqsadini belgilashga mahsuldor ta’sir ko‘rsatib, Olmoniyaning milliy davlat sifatida rivojlanishiga katta turtki bo‘lib xizmat qildi. G‘arbiy Ovrupoda uyg‘onish davri ijtimoiy fanlar, xususan pedagogika fanining predmeti - tarbiya va uning mohiyati, maqsadi haqida dadil ilmiy fikrlar aytilganligi bilan ham e’tiborga molik. Bu fikrlar rang-barang bo‘lib, tarbiya fonemonining turli qirralarini yoritishga xizmat qiladi. Ovrupoda Uyg‘onish davri faylasuf va pedagoglarining tarbiya va uning maqsadi haqidagi g‘oyalarida "milliylik", "milliy" tushunchalari tez-tez uchramasada, asl mohiyati jihatidan ular milliy asosga qurilgan edi. Chunki birinchidan, o‘sha davr G‘arbiy Ovrupo davlatlari - milliy davlat sifatida shakllanib bo‘lgan edilar; ikkinchidan, G‘arbiy Ovrupo millatlari o‘z davlatlarida milliyliklariga xavf soluvchi, zarar yetkazuvchi har qanday tashqi ta’sirdan holi edilar; uchinchidan, milliy g‘ururni, tuyg‘uni so‘ndiruvchi milliy mustamlakalik azobini boshdan kechirmagan edilar. Ana shuning uchun ham milliylikni tiklash sobiq mustamlaka mamlakatlarning dastlabki ma’naviy ehtiyojiga aylanishi tabiiydir. Bu ehtiyoj yer yuzidagi sobiq mustamlakachi mamlakatlarga emas, balki mustamlaka - "yerli" xalqlarga xos bo‘lganligi ana shu qonuniyatning dalilidir. Quyida turli zamon va makonlarda yaratilgan tarbiyaviy konsepsiyalar va qarashlar, dasturlarning qisqacha tavsiflarini keltiramiz. Zero bunday qiyosiy pedagogik yondashuv milliy tarbiyaning izchilligini, tamoyillarini, mazmunini, usullarini, vositalarini belgilashning tarixiy pedagogik manbalarini ko‘rsatishga xizmat qiladi: Avesto: axloqiy uchlik tamoyili. Avestoning butun axloq-odobi Gumata (Gumata) Yaxshi fikr), Gukta (Gukta) Yaxshi so‘z), Gvarshta (Gvarshta) Yaxshi ish) da ifodalanadi. Avestoda faqat bitta xalqning emas, balki Eron, Markaziy Osiyo va Ozarbajon xalqlarining mushtarak, umumiy qimmatga ega bo‘lgan tarbiyaviy qadriyatlari aks etgan. Shariat: Markaziy Osiyoga islom dini bilan kirib kelgan Qur’oni Karim asosida ishlab chiqilgan, jinoiy, fuqarolik va axloq odob qoidalari majmui. Shariat diniy-huquqiy tizim sifatida XI-XII asrlarda tugal shakllangan. Shariatda barcha hatti-harakatlar dastlab ikki turga – harom va halolga ajratilgan. Keyinchalik 5 turga: farz bajarilishi qat’iy, majburiy hisoblangan axloq me’yorlari; manbud (sunnat) – majburiy emas, lekin ma’qul. Lozim hisoblangan axloqiy me’yorlar; muboh – ixtiyoriy me’yorlar; makruh – ixtiyoriy me’yorlar; harom qat’iy ravishda taqiqlangan hatti-harakatlar. “Munosib inson”ni yetishtirish Abu Nasr Forobiy. “Bizning mavjud holatimiz tarbiya tufayli vujudga kelgan”, “Tarbiya hamma narsaga qodir”. Tarbiya maqsadi sifatida “har bir kishi baxtli-saodatli bo‘lishi kerak”, - degan g‘oyani “millat baxt-saodatli bo‘lishi kerak” degan g‘oya bilan birlashtira oladigan vatanparvarni yetishtirishda deb tushunildi va “milliy tarbiya rejasi”ni ishlab chiqdi. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling