M. X. Baybayeva Nizomiy nomidagi tdpu "Pedagogika" kafedrasi


Tarbiyaning tabiatga mos bo‘lishi haqida ta’limot Ya.A.Komenskiy


Download 0.96 Mb.
bet24/107
Sana06.04.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1333271
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   107
Bog'liq
2-курс ТИМ МАЖМУА 2022-2023

Tarbiyaning tabiatga mos bo‘lishi haqida ta’limot Ya.A.Komenskiy. Tarbiya uch bosqich – vazifadan iborat: 1) o‘zini va tevarak-atrofdagi olamni bilish (aqliy); 2) o‘z-o‘zini boshqarish (axloqiy); 3) Xudoni tanishga intilish (diniy tarbiya). Inson tabiatning bir qismi sifatida uning eng asosiy, umumiy qonunlariga bo‘ysunadi, deb hisoblaydi va buni injildan olingan matn parchalari bilan asoslaydi.

Afrikancha tarbiya. Maqsadi: yosh avlodni Afrika jamiyatida va Afrika sharoitida yashashga tayyorlash. Xalq donishmandligi ma’naviy, madaniy tajribasini avloddan-avlodga yetkazib, afrikaliklarning (mustamlakalik darida) xo‘rlangan qadr-qimmatini, milliy g‘ururni saqlab qolib, tiklashga xizmat qildi va mustaqillik uchun kurashga tayyorladi. Afrikalik har bir bola – o‘z qishlog‘ining umumiy ma’naviy farzandi deb idrok qilinadi. Bola 6-7 yoshga kirguncha uning tarbiyasi bilan ona, 7 yoshdan oshgach, o‘g‘il bolani otasi yoki tog‘asi, 10-11 yoshdan o‘g‘il-qizlar kasbga, 15-16 yoshdan oila qurishga tayyorlay boshlanadi.

  1. Ovrupo tarbiyasi”. Osiyo va Afrikaning milliy istiqlolga erishgan mamlakatlarida ta’lim va tarbiya mazmuni asosan uch yo‘nalishda isloh qilina borildi: 1) tarbiya va ta’lim rejalari, dasturlari milliylashtirildi; 2) ta’lim ona tilida olib borila boshlandi; 3) tabiiy-matematik fanlar turkumining roli oshirildi. Mustaqillikning dastlabki yillarida sobiq kolonial maktablarni birdaniga isloh qilish mumkin bo‘lmaganligi tufayli mavjud ta’lim tizimlarini saqlab qolgan holda tarbiyaviy jarayonni milliy asosga qurish boshlandi. Jumladan ta’limning ona tilida berilishiga erishildi. Biroq, bunday islohotni amalga oshirishda yuzakiliklarga ham yo‘l qo‘yildi. Vetnamlik tadqiqotchi Le Txan Kxoy bu haqda shunday degan edi: Darsliklarda Per yoki Jon nomlarini Mamadu deb, javdarni tariq deb, yoki Afrika adabiyoti va tarixini o‘rganish bo‘yicha soatlarni ko‘paytirish ta’limni afrikalashtirmaydi. Ta’limni afrikalashtirish – bu butun ta’lim tizimini shu mamlakat qarshisida turgan muammolardan kelib chiqib, tubdan isloh qilish demakdir”1.

Habashiston, Gvineya, Tanzaniya, Senegal mamlakatlaridagi milliy uyg‘onish, ta’lim va tarbiyani milliy asosga qurishda qarama-qarshiliklarga ham duch kelishdi. Bu qarama-qarshiliklardan biri – tafakkuri fransuzlashgan mahalliy milliy nigilistlar. Vatan istiqboliga befarq, ovrupotsentrizm tarafdorlarining milliy uyg‘onishga qarshi turishlari tufayli sodir bo‘ldi. Bu haqda Niger Prezidenti Bubu Ama 1968 yili “qora rangli fransuzlar”dan ranjib, “milliy madaniyatimizning qora tanli fransuzlar tomonidan xo‘rlanishi va rad etilishi bizning o‘zligimizdan uyalishimizga olib keldi”, - degan edi.
Janubiy Koreyada esa, Davlat madhiyasiga bitilgan «Ѓam- es kali damlarda ham shodon kunlarda ham Ona- Vatanni sevaylik!» shiori amalga oshirildi.
XIX asrning 60-yillarida Yapon-Rossiya nisbati 0 ning 1 ga nisbatidek edi. Raqamlar nisbatini jiddiy o‘zgartirib yuborgan “Yapon mo‘jizasining” asosiy siri xodimlarda – inson omilida edi, xodimlar-o‘z navbatida yapon milliy ta’lim va tarbiyasining mahsuli edilar. Demak, “yapon mo‘jizasi” sirining kalitini eng avvalo yapon tarbiyaviy tizimi sirlaridan izlamoq joiz.
Bizni qiziqtirayotgan masala – barcha taraqqiy etgan ovrupo mamlakatlarida urbanizatsiya, ilmiy-texnika inqilobi, ulkan shaharlar psixologiyasi, odamlardagi milliy go‘zallikni tobora yo‘qota borayotgan bir davrda ham milliylik, ham dunyo miqyosidagi yutuqlarning uyg‘unligini ta’minlay olayotgan yapon milliy tarbiyasi sirlaridir. Yapon milliy tarbiyasining o‘ziga xos xususiyatlaridan ayrimlari:

  • milliy birlik, yaponlarning jamoa, urug‘ kollektivchilligi umummilliy darajada namoyon bo‘ladi: kechagina bir-biriga raqobat qiluvchilar millat manfaatiga dahldor vaziyatda birdaniga bir-birini qo‘llay boshlaydilar;

  • jamoa ming ko‘zli devor bo‘lib, har bir yaponning hatti-harakatini kuzatadi, uning hatti-harakatidagi axloqiy qadriyatlarning sofligini nazorat qiladi... Yapon jamiyati axloqiyligining siri ana shunda, deb hisoblashadi;

  • rostgo‘ylik, bag‘rikenglik sifatlarini tarbiyalashga favqulotda ahamiyat beriladi;

  • ierogliflar ataylab maydalab yoziladi. Ularni qiynalib yodlash bolada ko‘z qobiliyati(ko‘rganini esda saqlash)ni rivojlantiradi. Ierogliflarni ko‘p martalab, diqqat bilan ko‘chirish o‘quvchilarda tirishqoqlik, mehnatsevarlikni tarbiyalaydi;

  • maktablarda “yapon axloqi” darsi maxsus o‘tiladi. Bolalar asta-sekin xuddi kattalardek salomlashishga, hatti-harakatlar qilishga mashq qildirila boriladi. Agarda biror o‘quvchi milliy axloq qoidalarini buzsa, bolalar uni “g‘alati yapon” deyishadi. Keyinchalik ham u o‘z xatolarini tuzatmasa, “begona” nomini oladi va bolalar undan uzoqlashadi;

  • o‘smirlik – yapon bolalari uchun eng qiyin – cheksiz dars tayyorlash va kelajak haqida qayg‘urish yo‘llaridir;

  • o‘quvchilarning aksariyati ikki maktabda o‘qishadi. Birinchi – asosiy, ikkinchi, Dzyuki – tushdan keyingi darsda o‘tilgan mavzuni takrorlash va qo‘shimcha materiallar bilan mustahkamlashga xizmat qiladi.

  • oilada qiz bola tarbiyasi bilan ko‘proq ona, o‘g‘il bola tarbiyasi bilan ko‘proq ota shug‘ullanadi va h.k.1.

  • milliylik, milliy vatanparvarlikning zamonaviylik bilan go‘zal uyg‘unligiga erishayotgan yana bir mamlakat – Turkiyadir. Bu yerda “yoshlikdan buyuk ajdodlarni eslatish, bildirish, targ‘ib qilish orqali yoshu qari – har bir fuqaroni milliy ruhda tarbiyalash odat tusiga kirgan”, - deb yozadi A.Ibrohimov2. Turkiya istiqlolga erishgach, millatning eng ko‘zga ko‘ringan ziyolilari “Turkiya taraqqiyoti yo‘li” nomli davlat taraqqiyot dasturini belgilab oldilar. Mustaqil Turkiyaning maorifdagi, tarbiyadagi yo‘li – kelajak avlodda yuksak milliy g‘urur va vatanparvarlik – milliy – zamonaviy tarbiyaga tayanish bo‘ldi. Milliy tarbiya hozirgi Turkiyani Osiyoning eng taraqqiy etgan mamlakatlari darajasiga ko‘tarilishini pedagogik ta’minladi. Ajdodlar ruhiga hurmat, o‘z qadriga yetish, milliy g‘ururni anglash yosh turkiyaliklarda o‘z vatani – Turkiyaga sidqi dildan xizmat qilish ehtiyojini shakllantirmoqda.

Sivilizatsiyalashgan “XX asrda ro‘y berayotgan shaxsiy va ommaviy tajovuzkorlikni bartaraf qilish ehtiyoji 80-yillarda yangi – psixoanalitik pedagogikaning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Yangi pedagogik yo‘nalish yosh qonunbuzarlar va jinoyatchilarga qarshi bolalar axloq tuzatish muassasalari sonini oshirish orqali kurashib bo‘lmaydi; bolalarni tinchliksevarlik ruhida tayyorlash uchun ijtimoiy, iqtisodiy va pedagogik kuchlarni safarbar qilish kerak; eng muhimi – barcha kuchlarni ilk yoshlardanoq bolalar orasidagi tajovuzkorlikning oldini olishga qaratish kerak, deb hisoblaydi3.
Psixoanalitik pedagogika jahon bolalariga (demak, o‘zbek bolalari ham bundan mustasno emas) oynai jahon orqali tajovuzkorlik ruhini singdirayotgan “Zombi”, - 1984 yil”, “Tosh dahshatining go‘zal tomoshalari”, “Liliana – yovoyi o‘rmon qizi”, “O‘lim orolidagi ikki farishta”, “Onaning bir kuni”, “Bo‘ri nafasi”, “Mening dushmanim”, “Samoviy janglar va boshqa ko‘plab urush, zulm, odamxo‘rlik, ayollarning erkaklarga qarshi janglari, shahvoniylik va tajovuz tantanasini targ‘ib qiluvchi kino, tele, videofilmlar ta’sirini o‘rganib, xulosalar qilmoqda. Ana shuning uchun ham psixoanalitik pedagogika konsepsiyasini eng yangi, eksperimental yo‘nalishlardan biri sifatida qabul qilib, uning tavsiyalarini milliy tarbiya vositalari bilan boyitib qo‘llanilishi samaralidir. Psixoanalitik pedagogika va milliy tarbiya nazariy asoslaridagi umumiylik shundan iboratki, ikkala konsepsiyada ham bolalardagi tajovuzkorlik ijtimoiy pedagogik muammo sifatida tushuniladi.
Televidenie, videofilm, tijorat do‘konlarida zulmni, behayolikni ifodalovchi harakatlar, suratlarni ko‘rish o‘zbek-o‘g‘il-qizlarida oila, mahalla, maktab hamkorligida shakllantirilayotgan hayo, odob, mehr-shafqatlilik kabi fazilatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganligi tabiiy. APEID – jahonning Osiyo mintaqasida joylashgan (sobiq SSJI respublikalaridan tashqari) 28 mamlakatda tarbiyaviy islohotlar, yangiliklarni o‘rganib, umumlashtirgan avstriyalik Olim R.Maklin buni 90-yillarning umumosiyoviy muammosi ekanligini ta’kidladi. Chunki, “Chet el kitoblari va chet el televidenie va video dasturlari ularni tomosha qilayotgan xalqlarning qadriyatlari, madaniyati va an’analariga salbiy ta’sir qilib, ularning milliy taraqqiyoti sur’atiga xalaqit berishi mumkin;1. Bu esa maktab, oila, mahallada milliy tarbiya samaradorligini oshirish -–tele, video, kinofilmlar, behayo sur’atlarning salbiy ta’siriga qarshi turishning eng qiyin, lekin eng samarali, ishonchli yo‘li ekanligini ko‘rsatadi.
80-yillarning ikkinchi yarmidan boshlab, pedagogikaga “umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash” tushunchasi kirib keldi. Shuni qayd qilish kerakki, umuminsoniy qadriyatlarni tushunishda, talqin qilishda ziddiyatlar bor edi. Masalan, 1992 yili “Pedagogika” oynomasi “Ta’lim va tarbiyada umuminsoniy qadriyatlar” mavzusida suhbatni e’lon qildi. Suhbatda Rossiyalik professor B.S.Gershunskiy va AQSh ning Sharqiy Yevropani o‘rganish instituti rahbarlaridan biri Richard Sheyermanlar qatnashdi. R.Sheyerman eng oliy umuminsoniy qadriyat deb shaxsning uning o‘zi uchun axloqiy deb hisoblangan hatti-harakat erkinligini qayd qildi. Ya’ni o‘quv-tarbiya jarayonining har bir bosqichida, o‘quvchining yoshidan qat’iy nazar uning erkinligi cheklanmasligi kerak. Lekin R.Sheyrman shaxsning kimdan, nimadan erkin bo‘lishi kerakligini tushuntirib bera olmadi. Aksincha, axloqiy me’yorlarni belgilashda muvofiqlikning yo‘qligi amerika yoshlari orasida borib turgan axloqsizlikka sabab bo‘lmoqda, deya o‘zini o‘zi rad etadi. Jumladan, AQSh da o‘g‘il bolalar, o‘smirlar orasida vahshiylarcha bir-birini, o‘z-o‘zini o‘ldirish keyingi 30 yil ichida 6 marta ko‘paygan. O‘sha davr ichida o‘smir qizlar orasida nikohsiz homilalar soni, balog‘at yoshiga yetmagan bolalarning politsiya qo‘liga tushishlari ham 7 marta oshgan. Amerika yoshlari orasida o‘tkazilgan so‘rovlarda “ko‘proq pul ishlash” maqsadining qadri “mazmunli hayot kechirish” maqsadining qadrsizlashuvi hisobiga o‘sayotganini keltiradi. Biz bu ahvolni erkinlikning nimaligini va undan foydalanishni bilmovchi bolalarga burchsiz erkinlik berilishining asoratlari deb tushunamiz. Yoki bu - shaxs erkinligini g‘arbchasiga tushunish va biz – sharqlik pedagoglarni ogohlantiruvchi ko‘rsatgichlardir. Zero milliy madaniy axloq me’yorlarini bilish va amal qilish shaxslararo, fuqarolararo, millatlararo totuvlikning davom etishini, mustahkamlanishini ta’minlaydi.
Bayon qilgan fikrlari uchun AQShlik hamkasbimizni ayblamoqchi emasmiz. Chunki, O‘zbekistonda, o‘zbek xalqi orasida sharm-hayo, iymonlilik, “o‘zbekchilik”ning yo‘q bo‘lishini biz tasavvur qila olmaganimizdek, R.Sheyerman ham G‘arb jamiyatida to‘y, janoza, hashar, hayo tushunchalarining me’yorga aylanishini tasavvur qila olmaydi. Chunki biz axloqni, shaxsning mohiyatini turlicha talqin qilamiz va buni birxillashtirish G‘arbdan ham, Sharqdan ham tabiiy o‘ziga xoslikning tortib olinishiga, salbiy marginallashuvga olib kelgan bo‘lar edi.
Turli zamon va makonda yaratilgan tarbiya konsepsiyalari, qarashlar, namunali jihatlar tahlilidan va qiyosiy pedagogikaning 90-yillardagi materiallaridan foydalanib, quyidagi xulosalarimizni keltiramiz:

  • jahon jamiyatchiligi maktablardagi tarbiyaviy ishlar inqirozidan tashvish chekmoqdalar1;

  • zamonaviy pedagogik nazariya va amaliyotdagi ojizlikning sababi birinchidan, o‘tmishning mumtoz pedagogik merosidan foydalanilmayotganligi; ikkinchidan, ijtimoiy vaziyatlarning tez o‘zgarayotganligi tufayli yangi pedagogik nazariya yaratishning qiyinligidadir;

  • aksariyat tarbiyaviy konsepsiyalarda madaniyat, axloq, tarbiya, xalq, psixologiya va shaxsning milliyligi ilmiy-pedagogik e’tibordan chetda qoldirildi;

  • tarbiyaning milliylikka-tadrijiylik tamoyiliga tayanmaganligi tufayli tarbiya samardorligi tobora susaya bordi. Dunyo miqyosida shaxslar, shaxs va millat, shaxs va tabiat orasidagi begonalashuv esa hamon mavjud;

  • Milliy tarbiya konsepsiyasi o‘zidan oldin mavjud bo‘lgan konsepsiyalarni to‘ldirib, ularning eng yaxshi qirralaridan foydalanib, Mustaqil O‘zbekistonda milliy istiqloliy ahamiyatga ega. Buning uchun O‘zbekistonda ham ijtimoiy manba (xalq, millat manfaatlari), ham siyosiy manba (milliy davlat – O‘zbekistonning o‘z taraqqiyot yo‘li), mafkuraviy manba (milliy istiqlol mafkurasi) va huquqiy manba (O‘zbekiston Konstitutsiyasi) ma’naviy manba (Ma’naviy yangilanishning strategik dasturi) mavjuddir.




Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling