M. X. Baybayeva Nizomiy nomidagi tdpu "Pedagogika" kafedrasi


Download 0.96 Mb.
bet21/107
Sana06.04.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1333271
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   107
Bog'liq
2-курс ТИМ МАЖМУА 2022-2023

Anketa metodi. Ta’lim muassasasida yoshlar tarbiyasi muammolari yuzasidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqot jarayonida anketa metodi yordamida kuzatish hamda suhbat jarayonida to‘plangan dalillar boyitiladi. Muammo yuzasidan tuzilgan savollar asosida respondentlar bilan muloqotni tashkil etish anketa metodiga asoslanadi. Odatda anketa savollariga javoblar yozma holda olinadi. O‘rganilayotgan jarayon mohiyatidan kelib chiqqan holda anketa ochiq yoki yopiq savollardan tashkil topadi. Ochiq savollarga asoslangan anketa respondentlarning muammo yuzasidan erkin, batafsil javob berishlari uchun imkon beradigan savollardan tarkib topadi. Yopiq savollarga ega bo‘lgan anketa bilan ishlashda esa respondentlar “ha”, “yo‘q”, “qisman”, “ijobiy”, “qoniqarli”, “salbiy” va h.k. tarzdagi javob variantlaridan birini tanlaydilar.
Ta’lim muassasasida yoshlar tarbiyasi masalalariga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqot ishlari jarayonida anketa metodini qo‘llashda quyidagi shartlarga amal qilish talab etiladi:

  1. savollar tadqiq etilayotgan yoshlar muammosi mohiyatini yoritishga xizmat qilishi lozim;

  2. savollar yirik hajmli, noaniq bo‘lmasligi kerak;

  3. savollar oilaviy muhitning xususiyatlarini inobatga olish asosida tuzilishi zarur;

  4. savollar respondentlar tomonidan beriladigan javoblarning to‘la bo‘lishini ta’minlovchi vaqtni kafolatlay olishi zarur;

  5. savollarni tuzishda yoshlar tarbiyasining o‘ziga xosligi inobatga olinishi zarur;

  6. javoblar muayyan mezonlar asosida puxta tahlil etilishi shart.

Test metodi. Ilmiy tadqiqot metodlaridan yana biri bu test metodidir. Ushbu metod orqali yoshlar masalalari yuzasidan ilmiy tadqiqot jarayonida respondentlar tomonidan mavjud nazariy bilim, amaliy ko‘nikma, malakalar darajasini aniqlashga xizmat qiladi. Test metodi:

  1. ochiq turdagi testlar;

  2. yopiq turdagi testlar;

  3. to‘g‘ri javob variantlari qayd etilgan savollardan iborat bo‘ladi.

Metodning afzalligi javoblarning aniq mezonlar bo‘yicha tahlil etish imkoniyati mavjudligi, vaqtning tejalishi bilan tavsiflanadi.

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling