M. X. Baybayeva Nizomiy nomidagi tdpu "Pedagogika" kafedrasi


Download 0.96 Mb.
bet103/107
Sana06.04.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1333271
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   107
Bog'liq
2-курс ТИМ МАЖМУА 2022-2023

2 -vaziyat. Dilnozaning uyatchanligini bilib, o‘qituvchi ogohlantirmoqda:
Hozir sendan darsni so‘rayman. Tayyorgarlik ko‘rgin. Sen o‘zing mustaqil uddalay oladigan matn mana.
U qizga matn yozilgan kartochkani berdi. Dilnoza uni o‘qishi kerak. Dilnozaning dovdirash holatini yengib, fikrini bir nuqtaga to‘plashga vaqti bor. O‘qituvchi ko‘pchilikka ushbu mavzu bo‘yicha rag‘batlantiruvchi baho qo‘yib bo‘lgan, Dilnozada esa hozircha baho yo‘q. Dilnoza tabiatan juda hayajonlanuvchilardan.


Keys bo‘yicha savol va vazifalar:
1. Bilimlarni bunday nazorat qilishni tashkil etishning pedagogik qimmati nimada?
2. Pedagog qanday ko‘rsatmalar bermoqda?
3. Ushbu vaziyatda ta’limni tashkil etishning qanday yondashuvi amalga oshirilgan?


3-vaziyat. 5-sinf o‘quvchisi Alisher she’r va hikoyalarni yaxshi eslab qola olmaydi. Sinf taxtasi oldida, odatda, boshlang‘ich 2-3 jumlani aytadi va jim bo‘lib qoladi yoki umuman boshqa narsalarni gapiradi. Har bir “2” baho, adabiyot o‘qituvchisining ham, o‘quvchi-ning ham yuragida alamli kechar edi. O‘qituvchi bolalardan Alisherni o‘ziga juda bino qo‘yadiganlardan biri ekanligini bilib oldi.
Men uning o‘ziga bino qo‘yish xusu-siyati bilan yaqindan tanishmoqchi bo‘ldim, — degan edi, keyinchalik adabiyot o‘qituvchisi Jamila Mamatova, o‘zining hamkasblariga.
Kunlardan bir kun, o‘qituvchi Alisherni sinf taxtasi oldiga chaqirib, uy vazifasini so‘radi, keyin, unga bugun avvalgidan ancha yaxshiroq tayyorgarlik ko‘ribsan, agar nutqing ohangida xatolar bo‘lmaganda senga “to‘rt” baho qo‘ysa ham bo‘lar edi, deb “uch” baho qo‘ydi.
Ertasiga men Alisherni yana sinf taxtasi oldiga chaqirdim. Hammadan qizig‘i shuki, u hikoyaning mazmunini a’loga aytib berdi. Uning kundaligida va sinf jurnalida adabiyotdan birinchi “5” baho paydo bo‘ldi. Bu g‘alaba edi. Tez orada Alisher adabiyotdan muvaffaqiyatli o‘qiy boshladi.


Keys bo‘yicha savol va vazifalar:
1. O‘qituvchi o‘zining qaror va harakatlarida o‘quvchining qanday psixo-logik va shaxsiy xususiyatlariga asoslangan?
2. Pedagog bundan keyin qanday harakat qilishi zarur?



Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling