M. X. Baybayeva Nizomiy nomidagi tdpu "Pedagogika" kafedrasi


Download 0.96 Mb.
bet105/107
Sana06.04.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1333271
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   107
Bog'liq
2-курс ТИМ МАЖМУА 2022-2023

2-vaziyat (Zamonaviy yoshlarning qadr-qimmati).
«Avvallari men juda kuchsiz va mehribon edim. Men fikrimni dadil ifodalashni, shuningdek, o‘zimni himoya qilishni bilmas edim. Endilikda men umuman boshqaman. Ko‘pchilik mendan hayiqadi… Iste’dodli bo‘lish mumkin, hatto uch marta iste’dodli bo‘lish mumkin, lekin senda ozgina bo‘lsa ham shafqatsizlik bo‘lmasa, agar sen kuchli shaxs bo‘lmasang, u holda sen «bir pulga» arzimaysan….Bizning zamonamiz hayotda o‘z o‘rnini himoya eta oladigan kuchli insonlar zamonidir».
«Men, nima uchun mening tengqurlarim nimagadir erishishni xohlamaydilar? Nima qilish kerak? Nima uchun harakat qilish kerak? kabi savollarga javob bera olaman deb, o‘ylayman. Biz uchun ushbu “nimadir” mavjud emas… »


Keys bo‘yicha savol va vazifalar:
1. Bu mulohazalar nimalardan dalolat beradi?
2. Mulohazalarni taqqoslang va ularga mos xulosalar chiqaring.
3. Yoshlarning qadr-qimmatlari, yo‘nalishlari haqida nimalarni aytish mumkin?
4. Birinchi va ikkinchi holatlarda shunday fikrlaydigan insonlarga qanday maslahatlar berish mumkin?
 3-§. O‘zini-o‘zi tanqid va mushohada qilish vaziyati


Vaziyat. 7-sinf o‘quvchisi Gulnora bo‘yi 171 sm ekanligidan doimo qayg‘uradi. Uning bo‘yi sinfdoshlarinikidan eng uzun. Sinf taxtasiga egilib, oyoqlarini jipslab, bukilib chiqadi. U har gal sinf taxtasi oldiga uning chiqishi – azoblanishdan iborat. Shuning uchun, ba’zan kamsitilganimdan ko‘ra, bahoyim “ikki” bo‘la qolsin deb, javob berishdan bosh tortadi. Uning miyasida doimiy ravishda sinfdoshlarining: “Ey, minora” yoki “Ey, naynov” deb luqma tashlashlari, shuningdek, o‘qituvchilarning sinf taxtasi oldiga chiqayotganda: “Seni nima shunday burayapti” degan tanbehlari, onasining: “Egilma, yelkangni to‘g‘ri tut, qaragin qanday chiroyli gavdang bor”, deyishlari eshitilib turgandek bo‘ladi. Gulnora kechqurunlari toshoyna oldida turib:
Qo‘llarim buncha beso‘naqay bo‘lmasa, ular tizzadan pastda! Normal odamda shunday qo‘llar bo‘ladimi?... Bo‘ynim ham uzun, uni yoqani ko‘tarib bir nima qilish mumkindir, oyoqni nima qilsa bo‘ladi”, – deb qayg‘urar edi.
 
Keys bo‘yicha savol va vazifalar:
 1. Gulnoraning mulohazasi va harakatlari o‘smirlik yoshining qanday psixologik xususiyatlariga asoslangan?
2. Muammolarni hal etish uchun Gulnoraga qanday yordam berish kerak?
3. O‘zini-o‘zi anglash jarayoni inson tarbiyasiga qanday ta’sir etadi?

4-§. Munosabatda chidam va xushmuomalalikni namoyon qilish vaziyati


D ars boshlanishi oldidan Doniyor uyga vazifa yozilgan daftari yo‘qolib qolganligini bilib qoldi. U ... (bundan qanday ta’sirlandi va o‘qituvchiga nima dedi?).
Keyingi tanaffusda Doniyor oldiga paral­lel sinfdagi Muazzam ismli qiz kelib:
Iltimos, kechir meni! Bizning avvalgi darsimiz shu xonada bo‘lgan edi. Men darsdan keyin uyga qo‘ng‘iroq qilishim zarur edi, shuning uchun uyga qo‘ng‘iroq kilib darsga arang qo‘ng‘iroq oldidan yetib keldim. Shoshilinchda sening daftaringni o‘zim bilan olib ketibman, dedi.
Bunday voqea bo‘lib turadi, lekin keyingi gal diqqatli bo‘lishga harakat qilgin, dedi, Doniyor qizga.


Keys bo‘yicha savol va vazifalar:
1. Bu vaziyat sizga nimani anglatayapti?
2. Doniyor va Muazzamlarning tarbiyasi haqida qanday ma’lumotga ega bo‘ldingiz?
3. Ularni tarbiyalangan deb ayta olasizmi? Nega?

5-§. Boshqalarga e’tibor qilmaslik vaziyatlari





Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling