M. X. Baybayeva Nizomiy nomidagi tdpu "Pedagogika" kafedrasi
Download 0.96 Mb.
|
2-курс ТИМ МАЖМУА 2022-2023
1-vaziyat. Kunlardan bir kun geografiya o‘qituvchisi Imomali aka Shamsutdinov xarita bo‘yicha chiqib javob beraman degan o‘quvchilar ichidan Rustam Saidovni tanladi. U darsga yaxshi tayyorgarlik ko‘rishga ulgurmas, buning ustiga imillagan, qo‘pol va sustkash edi.
O‘qituvchi unga oson vazifa: xaritadan Avstraliyani topish vazifasini berdi. O ‘qituvchi javob berishga sinf taxtasi yoniga chaqirayotganini eshitib, Rustam esankirab qoldi, zo‘rg‘a stuldan turdi. U qo‘rquv bilan o‘qituvchi stoli oldiga yaqinlashib, unga aybdordek qarab qo‘ydi va xaritaga o‘girildi. O‘qituvchi Rustamning holatini ko‘rib, uning oldiga keldi va yelkasiga qo‘lini tashlab, xushmuomalalik bilan: “Hayajonlanma, hammasi yaxshi bo‘ladi, mana ko‘rsatgich, qo‘rqmasdan boshla. Sen bilasan”, – dedi. Bu bilan Imomali aka o‘smirda o‘ziga ishonch uyg‘otmoqchi bo‘ldi. Rustam…sekin-asta xarita oldiga yurdi. Lekin Sharqiy yarim shar o‘rniga… u G‘arbiy yarim shar oldiga bordi. Sinfda g‘ovur-g‘uvur boshlandi. – Bir daqiqa diqqat, bolalar, Rustamga xalaqit qilmaylik, – dedi o‘qituvchi. – Rustamni o‘zi hozir aniqlaydi. Faqat, iltimos tinchlaning... Lekin, Rustam hanuz dastlabki joyida turar, unda qandaydir noxush hodisa ro‘y berayotganligi aniq edi. So‘ngra bola xaritada ikkita emas, balki bitta yarim shar ko‘rdim deb qasam ichadi.... Shunga qaramay, Imomali Shamsutdinov o‘zini bosiq tutardi. Uning o‘rnida boshqa kishi bo‘lganda, bu vaqt mobaynida bolaga bir necha marotaba tanbeh berar va vazifani boshqa o‘quvchiga berib, Rustamni joyiga o‘tkazib qo‘yar edi. Lekin o‘qituvchining chehrasi hamon xotirjam edi. Sinfni imo bilan tinchlantirib, u Rustamni o‘zining oldiga chaqirdi va shunday dedi: – Rustam, bunday holatlar bo‘lib turadi. Odam muhim bir narsani aytib berishga yaxshi tayyorlangan bo‘ladi. Lekin unga nimadir, ko‘proq hayajonlanish xalaqit qiladi. Bunday holat, hatto, taniqli artistlarda ham bo‘lgan: rolni yoddan bilib, sahnaga chiqqandan keyin negadir esdan chiqarib qo‘yganlar, ularni bunday holatdan suflyorlar qutqarganlar... Yur, xarita oldiga va yaxshilab o‘ylab ko‘ramiz.... Imomali aka bolani qo‘lidan tutib, uni xaritadagi yarim sharga yaqinlashtirib, shunday dedi: — Javob berginchi, hammasi bo‘lib nechta yarim shar bor? Buni sen bilsang kerak... — Ikkita — G‘arbiy va Sharqiy , — javob berdi Saidov. — Mana ko‘rdingmi, yaxshi! Men javob berishingga shubhalanmagan edim. Endi eslab ko‘rginchi, qaysi yarim sharda dunyoning ko‘p qismi joylashgan? — Sharqiy yarim sharda, — dedi Rustam. — To‘g‘ri. O‘ylab ko‘rginchi, Avstraliyani qaerdan izlashimiz kerak? Yarim sharlarning qaysinisiga yaqinlashish kerak? Rustamning keyinchalik aytganidek, faqat shu so‘zlardan keyingina uning ko‘z o‘ngida turli ranglarga bo‘yalgan ikkita doira paydo bo‘lgan va ularning birida – Sharqiy yarim sharda, G‘arbiy yarim shardan muvaffaqiyatsiz izlagan, yashil Avstraliya ko‘ringan. Shu yerda Rustam, dadil va ishonch bilan gapira ketdi... Shamsutdinov o‘zi turgan joyidan qimirlamay, Rustamga xalaqit qilmagan holda diqqat bilan uni oxirigacha eshitdi. Rustamning muvaffaqiyatidan xursandchiligini yashirmas edi. O‘quvchi gapirib bo‘lgandan so‘ng, Imomali aka baralla shunday dedi: — Barakalla! Aqllisan! Sen hammasini darslikdagidan ham ko‘proq, juda yaxshi bilasan. Javobing uchun rahmat! Rustam, qizarib ketgan holda quvonib, yerga qarar edi. Tanaffus vaqtida maktab yo‘lakchasida haqiqiy qahramonlarcha yurdi. Keys bo‘yicha savol va vazifalar: 1. Ushbu vaziyatdagi o‘quvchining holatini tavsiflang. 2. Pedagogning o‘quvchi bilan munosabatiga baho bering. 3. Pedagogning o‘zini tutishi va munosabat uslubi uning yoshiga va ish stajiga bog‘liqmi? Asoslangan javob bering. 4. Pedagogning bunday uslubdagi faoliyati sinf o‘quvchilariga qanday ta’sir etishi mumkin? Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling