Maktab o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: Ganjayeva Z


II bosqich: O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni


Download 0.53 Mb.
bet53/84
Sana08.01.2022
Hajmi0.53 Mb.
#236250
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   84
Bog'liq
11 huquq ishlanma

II bosqich: O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni:

Uyga berilgan vazifa savol – javob orqali aniqlanadi:

1.Kishilar qanday maqsadlarda siyosiy partiyalarga va harakatlarga uyushadilar?

2.Ko‘ppartiyaviylikning mavjudligi mamlakatda demokratiya rivojlanishiga qay tariqa ijobiy ta’sir o‘tkazadi?

3.Davlat Konstitutsiyasi va qonunlariga muvofiq О‘zbekiston Respublikasida qanday partiyalar tuzilishi taqiqlangan?

III bosqich: Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni:

Jamiyatda oilaning roli shunchalik ahamiyatliki, u adolatli tarzda har qanday jamiyatning negizi sifatida ko‘rib chiqiladi. Chunki oila ijtimoiy hayotning alohida sohasini o‘zida mujassam etgan bo‘lib, unda kelajakda jamiyatda yashashi va davlatning fuqarosiga aylanishi kerak bo‘lgan shaxs­ning dunyoga kelishi, oyoqqa turishi va shakllanishi jarayonlari kechadi.

Jamiyatning ahvoli ham, o‘z navbatida, inson oilada qanday tarbiya olganligiga, bu dargohdan qanday ma’naviy e’tiqodni qalbiga singdira bilganligiga, shaxs oilada kamol topishi uchun zarur shart-sharoitlar qanchalik maqbul ekanligiga bog‘liq bo‘ladi. Shu boisdan oilani muhofaza qilishga istalgan jamiyatda, har qanday davlatda alohida e’tibor beriladi.

Qonun belgilaydi:



Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega.


Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling