Ўқитувчининг ечими
Таълим муассасасида ташкил этиладиган ички назорат йўналишлари:
1. Педагогик ташкилотчиликка доир масалаларнинг ҳал қилиниши.
2. Таълим дастурлари, ДТСнинг бажарилиш сифати.
3. Ўқувчилар БКМнинг сифати.
4. Ўқувчиларнинг тарбияланганлик даражаси.
5. Ўқитишнинг таълимий, тарбиявий, ривожлантирувчи функцияларининг бажарилиш ҳолати.
6. Дарсдан ташқари тарбия ишларни ташкил этиш ҳолати ва сифати.
7. Педагогик кадрлар билан ишлаш.
8. Таълим муассасаси фаолиятининг ўзига хос самарадорлиги.
9. Қабул қилинган қарорлар, меъёрий-ҳуқуқий ҳужжатларда кўрсатилган талабларнинг бажарилиши.
TALABALARNING MUSTAQIL ISHLASHLARI UCHUN MO’LJALLANGAN KEYSLAR
Asosiy ijrochi shaxs pedagog bo’lgan vaziyat bo’yicha o’zingizning nuqtai nazaringizni bayon qiling. Haqiqiy pedagogik jarayon turli kutilmagan jarayonlarga boy. Unda ko’pincha tarbiyachi oldida bolalarning yosh psixologiyasini hisobga olgan holda qaror qabul qilish zarurati turadi. Uni o’rniga o’zingizni qo’yib, qanday harakat qilishingizni bayon qiling. Imkoni bo’lsa harakatlaringizni asoslab bering.
1-vaziyat. Birinchi sinf o’quvchisiga o’qituvchi tomonidan quyidagi nostandart savol (2012 yili) berildi:
- Buving nechanchi yil birinchi sinfga borgan? Bu masalaga javob topish ancha qiyin, lekin ishonamanki, sen buning uddasidan chiqa olasan.
— Mening buvim hozir 50 yoshda.
— Ular birinchi sinfga borganlarida necha yoshda edilar?
— Menga necha bo’lsa, shuncha — 7 yosh bo’lganlar.
— Yaxshi, agar hozir buving 50 yoshda bo’lib, 7 yoshda maktabga borgan bo’lsalar, ular maktabga borganlariga necha yil bo’ldi?
— Ular maktabga 7 yoshda borganlar, demak, deb fikr yuritadi bola, — ular birinchi sinfga — 50 dan 7 ni ayirsak — 43 yil avval borganlar. 2012 dan 43 ni ayirsak, 1969 hosil bo’ladi. Yashasin! Men buvimni nechanchi yili maktabga borganlarini, ya’ni 1969 yilda ekanini bilaman.
— Barakalla! Sen to’g’ri fikr yuritding va shunday murakkab masalani muvaffaqiyatli hal etding.
Do'stlaringiz bilan baham: |