Maktabni boshqarish va unga rahbarlik qilishning qonun qoidalari. Maktab hujjatlarini o‘rganish va tahlil qilish


Download 98.01 Kb.
bet9/14
Sana07.02.2023
Hajmi98.01 Kb.
#1172808
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
12- mashg’ulot

2-vaziyat. Sinf xonasining oynasini sindirishdi. Sinf rahbari o’quvchilarni alohida-alohida chaqirib, «aybdorni» topdi va o’quvchilar o’rtasida tanbeh berib, jazoladi. SHundan so’ng, barcha o’quvchilar aybdorni o’qituvchiga aytgan o’quvchiga qarshi bo’lib qoldilar. Aybdor o’quvchining xulq-atvori esa, ilgaridan ham yomonlasha boshladi.

Keys bo’yicha savol va vazifalar.


Vaziyatni tahlil qiling: keys turi va uning kelib chiqish sabablarinit aniqlan va bu vaziyatda Sizning haarakatingizni bayon eting.
Sinf rahbarining bu harakatiga baho bering.
Tarbiya uslublari mavzusida debat1).
3-vaziyat. Ota-onalar majlisida Sizning tarbiyalanuvchingizning otasi so’z aytishni suraydi va: «Mening SHoxrux o’g’lim hech qachon tongi tadbirlarda qatnashmaydi, she’rlar o’qimaydi, raqs tushmaydi. Aytingchi nima uchun Siz uni e’tibordan chetda qoldirasiz?» deydi.

Keysga savol- vazifa:


Sizning harakatlaringiz qanday bo’ladi?


4-vaziyat. Matematika bo’yicha mashg’ulotda Abdulaziz (7 yosh) hech qachon tushuntirilgandan keyin vazifani bajarishni boshlamay, vazifani boshqalar qanday bajarishlarini kutishga harakat qiladi.

Keysga savol- vazifa:


Sizning harakatlaringiz qanday bo’ladi?


5-vaziyat. Pedagogik kengashda shtatlarni qisqartirish masalasi ko’rilmoqda. Nafaqadagi hamkasbingiz Sizni ko’rsatib: «Nima uchun meni? U yomon ishlaydi, menga uni ustidan ota-onalar va tarbiyalanuvchilar doim arz qiladilar» deydi.

Keysga savol- vazifa:


Sizning harakatlaringiz qanday bo’ladi?


6-vaziyat. Said Axmadning adabiy asarlardan birining muhokmasi-da Azmitdin Sizning nuqtai nazaringiz bilan qo’shilmadi va bolalarning ko’pchiligi injiqlik bilan o’zaro tortishadilar va oxirida bu bema’ni hikoya ekan deydi.

Keysga savol- vazifa:


Sizning harakatlaringiz qanday bo’ladi?


7-vaziyat. 6-“B” sinfda o’qiyotgan Qudrat ismli bola, rus tilidan o’z-lashtirishi yomon bo’lganligi sababli, 6 - “A” sinfga o’tkazildi. U tushgan sinfda rus tili darsini bolalarga qobiliyatli o’qituvchi olib borgan. Qudrat aqlli va zehni o’tkir o’quvchi edi, lekin avvalgi sinfda rus tili o’qituvchisi bilan munosabati to’g’ri kelmadi. Qudrat rus tili darslarini qoldira boshladi va ushbu predmet yuzasidan berilgan vazifalarga sovuq-qonlik bilan qaradi.
B ir necha darsdan keyin yangi o’qituvchi Qudratga darslardan keyin qo’shimcha shug’ullanishni taklif etdi. Kunlardan bir kun Qudrat ochiqchasiga o’qituvchisiga shunday dedi:
Mahmuda Jo’raevna, bekorga urinmang. Vaqtingizni zoe ketkazmang. Menga hech nima yordam berolmaydi. Men o’zlashtiruvchi bo’lolmayman, menga bu anchadan beri ma’lum. Men qobiliyatli emasman.
Buni qaerdan bilding?
Hamma shunday deydi.
SHunga sen ishonasanmi?
Ishonaman...
Senga buning teskarisini isbotlash zarur ekan. Sen: “kim xohlasa, u albatta erishadi” degan jumlani eshitganmisan? Xohlasang sen ham albatta erishasan. Buning uchun ko’p ishlash kerak. Kel, shug’ullan.
Ular bir chorak mobaynida g’ayrat bilan shug’ullandilar. Mana, Qudrat rus tili fanidan birinchi “to’rt” bahoni oldi. Bu baho Qudratning xizmatiga yarasha bo’ldi. Bola darsda yaxshi javob berdi va yozma ishni ko’ngildagidek bajardi.

Download 98.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling