Maktabni boshqarish va unga rahbarlik qilishning qonun qoidalari. Maktab hujjatlarini o‘rganish va tahlil qilish


Keyingi kuni o’qituvchi oldiga Qudratning onasi keldi


Download 98.01 Kb.
bet10/14
Sana07.02.2023
Hajmi98.01 Kb.
#1172808
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
12- mashg’ulot

Keyingi kuni o’qituvchi oldiga Qudratning onasi keldi.
Aytingchi, o’g’limning rus tili fanidan “to’rt” baho olgani rostmi?
Rost. U yaxshi shug’ullana boshladi.
Mahmuda Jo’raevna, kecha bizni uyimizda nima bo’lganligini tasavvur ham qilolmaysiz.
Qudrat maktabdan yugurib kelib, ostonadan qichqira ketdi:
To’rt”! “To’rt” baho!
Men gap nimada ekanligiga darhol tushunganim yo’q. Qanaqa to’rt? - deb so’radim.
O’qituvchim menga rus tilidan “to’rt” baho qo’ydi, - dedi o’g’lim.
Muvaffaqiyat bolani ruhlantirdi. SHu vaqtdan e’tiboran Qudrat tirishqoqlik bilan nafaqat rus tilidan, balki barcha fanlardan ham yaxshi o’qiy boshladi. Albatta, xatolar ham bo’ldi. Lekin rus tilidan u o’zlashtiruvchi bo’ldi.
Keys bo’yicha savol va vazifalar.
1. Qudratning muvaffaqiyati asosida nima yotibdi?
2. O’qituvchining pedagogik ta’sirlariga baho bering.
3. Keltirilgan dalil V. A. Suxomlinskiyning “O’qitish – bilimni o’qituvchidan o’quvchiga mexanik uzatish emas, balki dastlab insoniy munosabatdir”,- degan ta’kidini tasdiqlaydimi?
4. Qudratda o’qishga nisbatan ijobiy o’zgarishning asosiy mexanizmini ayting.
Maktab direktori boshqa ishga o’tganligi tufayli jamoaga yosh ammo qaysidir maktabda o’quv bo’limining mudiri bo’lib ishlagan ayolni tayinlashdi. Jamoa yangi rahbarni iliq kutib oldi, ayniqsa uning yoshligi va “men bu maktabda tartib o’rnatishga keldim, o’zim ham kuchimni ayamayman va Sizlardan ham shuni talab qilaman”, deb ishontirishi ko’pchilikka yoqib qoldi.
Rostdan ham maktabda tartib initizom ancha yaxshilanib qoldi. Oldingi direktorning “erkatoy”larini yangi direktor “joyiga o’tkazib qo’ydi”. Maktabning o’quv jarayonida, tashqi va ichki ko’rinishida sezilarli o’zgarish yuz berdi. Lekin, yangi direktor yoshligi uchun-mi yoki o’zining qattiq qo’llligini ko’rsatish uchun-mi, o’qituvchilar bilan gaplashganda, yig’ilishlarda qo’pol, ortiqcha gapirganidan ayrim o’qituvchilar undan qattiq ranjiy boshladilar. SHundaylar orasida maktabning o’quv bo’limi mudiri ham bo’lib, u ancha tajribali, jamoada o’rni va obro’siga ega edi. Yangi direktorning o’zidan ancha yosh bo’lishiga qaramasdan ayrim vaqtda qo’pol munosabatda bo’lishi mudirning nafsoniyatiga tegdi. U bir-ikki marotaba rahbarga odamlarga nisbatan munosabatini o’zgartirishini maslahat berdi.
Asta-sekinlik bilan maktab jamoasi ikkiga bo’linib, bir qismi rahbar atrofida, ikkinchi qismi mudir atrofida kichik guruhchani tashkil etdilar. Tashqaridan qaraganda bu hol sezilmas, odamlar bir-biri bilan oldingiday salomlashar, birgalikda tadbirlarni o’tkazishar ammo, o’rtada ishonch yo’qolib, “o’zimizniki” va “dushman tomon” ga jadal bo’linishgan edi.
O’zaro tortishuvlar, bir-birini ustidan shikoyat yozishlar, yig’ilishlardagi janglar ko’pchilikni asabini buza boshladi. Ba’zilar bunga dosh berolmay ishdan bo’shashga ariza ham yozishdi. Nizolar jiddiy tus oldi.

Download 98.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling