Mаlаkаsini oshirish tаrmoq mаrkаzi


Pedagogik texnologiyaning asosiy tamoyillari va ularning mohiyatini bilish mazkur jaraѐn haqida aniq tasavvurga ega boʼlish imkoniyatini yaratadi


Download 156.09 Kb.
bet57/105
Sana30.04.2023
Hajmi156.09 Kb.
#1411150
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   105
Bog'liq
Документ Microsoft Word

Pedagogik texnologiyaning asosiy tamoyillari va ularning mohiyatini bilish mazkur jaraѐn haqida aniq tasavvurga ega boʼlish imkoniyatini yaratadi.
Pedagogik texnologiya umumiy didaktik tamoyillarga ega boʼlishi bilan birga, quyidagi aynan oʼzigagina xos boʼlgan tamoyillarga ham ega:
1. Bir butunlik, yaxlitlik tamoyili ikki jihatni oʼzida aks ettiradi: 1) taʼlim, tarbiya hamda shaxs kamoloti (taraqqiѐti) birligi; 2) pedagogik texnologiyaning muayyan, qatʼiy tizimga egaligi, ―tizimlilik‖
tushunchasi bu oʼrinda ham maʼlum oʼquv fanini oʼqitish jaraѐniga, ham umumiy taʼlim jaraѐniga xoslikni anglatadi.
2. Аsoslilik (fundamentlik) tamoyili fanlarning oʼrganish obʼekti, ichki mohiyati va xususiyatlariga koʼra turli yoʼnalish (blok)larga boʼlib oʼrganish afzalliklarini ifoda etadi. Oʼquv fanlari tabiiy, ijtimoiy va gumanitar fanlar tarzida turkumlashtirilgan. Har bir oʼquv fani uning uchun ―yadro‖, ―oʼzak‖ sanaluvchi axborotlarga ega boʼlib, ushbu axborotlar shaxs tomonidan fanlar asoslarining oʼrganilishi, aniq mutaxassislik boʼyicha mustaqil bilim olish, oʼzlashtirilgan bilimlarni kengaytirib borish yoʼlida tayanch tushunchalar boʼlib xizmat qiladi.
Bunday ѐndashuv maʼlum yoʼnalish boʼyicha mutaxassislarni tayѐrlash jaraѐnida fanlararo aloqadorlik xususiyatidan foydalanish imkonini ham beradi. Oʼquv fanlarining muayyan yoʼnalishlar tarzda biriktirilishi shaxs xotirasiga nisbatan zoʼriqishni kamaytiradi, shuningdek, fikrlash quvvatini oshiradi, tafakkurning yuzaga kelshini taʼminlaydi.
XX asrning 80-yillarida taʼlim jaraѐnini tashkil etish taʼlim oluvchilarga mavjud fanlar soщalari bыyicha oz-ozdan maʼlumot (bilim) berishdan iborat deb talqin etilgan boʼlsa, 90-yillarda ushbu jaraѐnning tashkil etilishi oʼzlashtirilgan bilimlar negizida muayyan, aniq fan boʼyicha yangi maʼlumot (bilim)larga ega bыlish uchun qulay sharoitni yaratish jaraѐni sifatida eʼtirof etildi.
3. Madaniyatni anglash (madaniy haѐtning rivojlanishiga muvofiqlik) tamoyili nemis pedagogi А.Disterveg tomonidan XIX asrda isteʼmolga kiritilgan boʼlib, bugungi kunga qadar ham oʼz ahamiyatini yoʼqotmagan. Madaniyatni anglash tamoyili talabalarga ijtimoiy jamiyatning madaniy taraqqiѐti darajasidan kelib chiqib taʼlim berilishini nazarda tutadi. Oʼtgan asrda taʼlim samaradorligini taʼminlovchi yetakchi omil sifatida pedagogning bilim darajasi va mahorati eʼtirof etilgan boʼlsa, bugungi kunda oʼqituvchining bilimi, salohiyati hamda mahoratining yuqori darajada boʼlishi bilangina muvaffaqiyatlarni qoʼlga kiritib boʼlmasligi barchaga aѐn. Mazkur oʼrinda zamonaviy fan va texnika imkoniyatlari, xususan, kompьyuter, mulьtimediya vositalari, shuningdek, jamiyatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiѐtining eʼtiborga olinishi muhim ahamiyat kasb etadi. Endilikda mutaxassislar
soha (ѐki yoʼnalish)larning oʼziga xos jihatlari, bu boradagi nazariy va amaliy bilimlarni chuqur bilishlari, muayyan faoliyatlarni bajara olishlari, belgilangan muddatda aniq vazifalarni hal etishga ulgurishlari hamda maʼlum yutuqlarga erisha olishlari‖ gʼoyasi yetakchi oʼrin tutuvchi bozor munosabatlari sharoitiga puxta tayѐrlanishi lozim.
4. Taʼlim mazmunini insonparvarlashtirish va insoniylashtirish tamoyili. Tilga olingan har ikki tushuncha ham lugʼaviy jihatdan (yunon. ―humanus‖ – insoniylik, ―humanitas‖ – insoniyat), bir oʼzakka ega boʼlsa-da, ularning har biri oʼziga xos maʼnolarni ifodalaydi.
Insonparvarlashtirish taʼlim muassasalarida oʼrganiladigan fanlar sirasiga ijtimoiy fanlar (tarix, madaniyatshunoslik, sotsiologiya, psixologiya, filologiya va boshqalar)ning kiritilishini, insoniylashtirish tushunchasi esa shaxs va uning faoliyatiga nisbatan ijobiy ѐndashuvni anglatadi. Boshqacha aytganda, insonparvarlashtirish – inson va jamiyat oʼrtasida yuzaga keluvchi munosabatlar jaraѐnida inson omili, uning qadr-qimmati, shaʼni, or-nomusi, huquq va burchlarini hurmatlashga asoslanuvchi faoliyatni tashkil etish jaraѐni boʼlsa, insoniylashtirish ―barcha sharoitlar inson va uning kamoloti (taraqqiѐti) uchun‖ degan gʼoya asosida tashkil etiluvchi faoliyat jaraѐni sanaladi.
Taʼlim jaraѐnini loyihalashtirishda har bir oʼqituvchi ushbu tamoyilga qatʼiy amal qilishi lozim ѐki oʼz mutaxassisligiga oid muammolarni hal etishda uni jamiyat manfaatlari bilan uygʼun boʼlishiga eʼtibor berishi maqsadga muvofiqdir. Endilikda pedagog talabalar faoliyatini avtoritar (yakka hokimlik) tarzida boshqarmay, balki taʼlimiy hamkorlik gʼoyalariga sodiqlik asosida taʼlim jaraѐnini insoniylashtiradi ѐki boshqacha aytsak, taʼlimni insoniylashtirish tamoyiliga amal qilinishini taʼminlaydi. Ushbu holat oʼz navbatida yuksak maʼnaviyatli shaxsning shakllanishiga olib keladi.
5. Oʼqitib tadqiq etish, tadqiq etib oʼqitish tamoyili. Ushbu tamoyil quyidagi ikki jihatni ѐritishga xizmat qiladi: 1) taʼlim muassasalarining har bir oʼqituvchisi oʼz fani sohasiga talabalarni jalb qilgan holda tadqiqotlarni olib borishi lozim; 2) oʼqituvchi taʼlim texnologiyasini ishlab chiqadi, uni amaliѐtda sinab koʼradi, kuzatadi va tuzatishlar kiritadi, yaʼni, u taʼlim jaraѐnini tadqiq etadi.
Oʼqitish jaraѐnining mazkur ikki jihati muhim ahamiyatga ega boʼlib, u oʼqituvchining kasbiy hamda pedagogik mahoratini oshirib borishga va talabalarni boʼlajak mutaxassislik faoliyatiga puxta tayѐrlash uchun zamin yaratadi.
6. Taʼlimning uzluksizligi tamoyili taʼlim oluvchilarning kasbiy sifatlarga ega boʼlishlari, mavjud sifatlarning haѐtiy faoliyat davomida takomillashib borishini nazarda tutadi. Shaxsga uning butun umri uchun asqotishi mumkin boʼlgan bilimlarni berish mumkin emas, zero,
mavjud bilimlar har besh-oʼn yil mobaynida oʼzgarib, mazmunan boyib boradi. Demak, mazkur tamoyil oʼqituvchining oʼz faoliyatida mustaqil taʼlimni tashkil etishga eʼtibor berishi, pedagog yetakchiligini taʼminlagan taʼlimdan talabalarning mustaqil bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratib berishni ifodalaydi.
7. Faoliyatli ѐndashuv tamoyili nazariya va amaliѐtning didaktik bogʼliqligiga asoslanadi. Didaktika nazariyasida bilim tushunchasi quyidagi ikki xil maʼnoda izohlanadi: a) taʼlim oluvchilar oʼzlashtirishi lozim boʼlgan bilimlar; b) ular tomonidan oʼzlashtirilib, amaliy faoliyat jaraѐnida qoʼllaniladigan, shaxsiy tajribaga aylangan bilimlar.
Bilimlar faoliyat jaraѐnida mustahkamlanadi, shu sababli talabalarda nazariy bilimlarni amalda qoʼllay olish iqtidorini tarbiyalash lozim. Аmaliѐtdagi tadbiqiga ega boʼlmagan bilimlar tez orada unutilib yuboriladi.

Download 156.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling