Mustaqil ishlarni samarali tashkil etishning asosiy shartlari quyidagilardan iborat:
• mustaqil ishlarning ilmiyligi, uning tadqiqiy xarakteri;
• mustaqil ravishda oʼz bilimlarini yanada oshirib borishga boʼlgan ehtiѐjning shakllanishi;
• mustaqil ishlar vazifalarini individuallashtirish;
• mustaqil ishlarni tashkil etishga metodik rahbarlik qilish.
Oliy maktabdagi oʼquv jaraѐni mustaqil tahsilni tashkil etilishini ham koʼzda tutadi. Talabalarning mustaqil tahsili ularning oʼz bilimlarini kengaytirish va chuqurlashtirish, mavjud malaka va koʼnikmalarni takomillashtirish hamda ularning yangilarini oʼzlashtirishga boʼlgan intilishi sifatida qaraladi.
Mustaqil tahsilning asosiy maqsadi talabalarning shaxsiy va kasbiy sifatlarini oʼstirishdir. Mustaqil tahsilning vazifalari: shaxsning intellektual imkoniyatlarini yangilash, ularning gʼoyaviy-nazariy saviyasini oshirish, kasbiy mahorati va madaniyatini takomillashtirish.
Mustaqil tahsil boʼyicha mashgʼulotlarning izchilligini va maqsadga muvofiqligini taʼminlash maqsadida uning rejasi tuziladi.
Rejaga quyidagi talablar qoʼyiladi:
• rejalashtirilaѐtgan ishlarning hajmi va oldinma-ketinligi;
• ularning bajarilish muddatlari;
• mustaqil faoliyatning har bir turiga maqsadli koʼrsatmalar berish.
Mustaqil tahsil jaraѐni uning aniq shakli, metodlari va usullarini qamrab olishi shart.
Mustaqil tahsilning asosiy metodi adabiѐtlar ustida individual ishlashdir. Bu metod axborotlar oqimida eng muhim axborotni topish, unga toʼgʼri baho berish, ushbu axborotdan oʼzining kasbiy faoliyatida foydalanish malakasini shakllantiradi. Qoʼlga kiritilgan axborotlar asosida mustaqil mashq qilish metodlaridan foydalanish imkonini beradi. Bu metoddan foydalanish amaliy faoliyatida zarur boʼladigan sifat koʼrsatkichlarini taʼminlaydi. Shuningdek, mustaqil tahsilga amaliy ahamiyatga molik boʼlgan vazifalarni bajarish va audiovizual uskunalar bilan ishlash ham kiradi.
Mustaqil tahsilning muhim metodlaridan biri ularning muloqotidir. Mustaqil tahsilning pirovard maqsadi talabalarni ijodiy izlanishga, oʼzi ustida ishlash, har tomonlama tadqiqot yuritishning mohiyatini anglashga tortishdir.
Shunday qilib, mustaqil ishlar oʼqitishning eng muhim metodi boʼlib, unda talabalar mashgʼulotlarga tayѐrlanish, olingan bilim, malaka va koʼnikmalarni mustahkamlash jaraѐnida ularning individual faolligi oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |