Mаlаkаsini oshirish tаrmoq mаrkаzi
yaxshisi esa uni topishga oʼrgatadi” А.F.Disterveg – nemis pedagogi
Download 156.09 Kb.
|
Документ Microsoft Word
yaxshisi esa uni topishga oʼrgatadi” А.F.Disterveg – nemis pedagogi
4.1. Pedagogik texnologiya tushunchasi va uning aspektlari Buyuk faylasuf Konfutsiyning: ―Men eshitaman va unutaman, men koʼraman va eslab qolaman, men bajaraman va tushunaman‖, - degan fikri ayniqsa hozir taʼlimda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bunda oʼquvchi koʼz bilan koʼrib, oʼzi mustaqil bajargandagina, mavzuning mazmuni va mohiyatini toʼliq anglashi mumkin. “Texnologiya” soʼzi fanga 1872 yilda kirib kelgan va yunoncha «techne» soʼzidan olingan boʼlib, mahorat, sanʼat, malaka,“logos”esa - soʼz, taʼlimot maʼnosini anglatadi. Biroq bu ifoda zamonaviy texnologik jaraѐnni toʼliq tavsiflab bera olmaydi, texnologik jaraѐn deyilganda- mehnat qurollari bilan mehnat vositalariga taʼsir etish natijasida mahsulot yaratish boʼyicha qilingan mehnat va jaraѐnlar tushuniladi. Demak, bu taʼrifni turlicha sharhlash mumkin, bunda: pedagogik texnologiya - bu oʼqituvchi tomonidan oʼqitish vositalari ѐrdamida oʼquvchilarga taʼsir koʼrsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda muayyan shaxs sifatlarini shakllantirish jaraѐni, deb taʼriflasak ham xato boʼlmaydi. Rivojlanaѐtgan xorijiy davlatlarda, birinchi navbatda, pedagogik texnologiyaga taʼlim sohasidagi siѐsatning bosh vazifasi sifatida qarab kelingan. Bunday ѐndashish YuNESKO tomonidan ham maʼqullandi va 1972 yilda ―Taʼlimni rivojlantirish masalalari‖ boʼyicha Xalqaro Komissiya tashkil topdi. Bu komissiya zamonaviy texnologiya-taʼlimni modernizatsiyalashda harakatlantiruvchi kuchdir,- deb baholadi. XX asr 30-yilning oʼrtasida АQShning Indiana universitetida talabalarga eshitish va koʼrish (audiovizual) taʼlimi boʼyicha maʼruzalar oʼqilgan, 1946 yil shu yerning oʼzida eshitish va koʼrish taʼlimi boʼyicha mutaxassislarni tayѐrlash kursi: ishlab chiqarishni rejalashtirish, eshitish va koʼrish vositalarini ishlatish va ular sifatini baholash, shu vositalarni qoʼllab oʼquv jaraѐnini boshqarish dasturlari kiritildi. Bu jaraѐn “taʼlimda texnologiyalar”deb nomlandi. Keyinchalik ―taʼlim texnologiyasi‖ oʼrniga ―dasturlashtirilgan taʼlim‖ atamasidan foydalanish keng ѐyildi. Soʼngra pedagogik texnologiya - loyihalashtirilgan taʼlim va aniq maqsadga qaratilgan oʼquv jaraѐnini ifoda eta boshladi. Faqat 1970- yillardan boshlab pedagogik adabiѐtlarda bu tushuncha yangicha talqin etila boshlanib, taʼlim texnologiyasining ilmiy asosini informatika, telekommunikatsiya nazariyasi, pedagogik kvalimetriya, tizimli tahlil, bilish faoliyatini boshqarish nazariyasi, oʼquv jaraѐnini qulaylashtirish, pedagogik mehnatni ilmiy tashkillashtirish kabilar tashkil qildi. Koʼrish va eshitish vositalarining yangi turlari: videomagnitofon, aylanmali kadroproektor, elektron va bloknotli ѐzuv taxtasi va boshqalardan foydalanish koʼzda tutildi. 1980-yillarda pedagogik texnologiya kompьyuterli va axborot texnologiyalari bilan sinonim tarzda ishlatila boshladi. Koʼrinib turibdiki, qator yillar davomida pedagogik texnologiyaga oʼquv jaraѐnini texnik vositalar ѐrdamida amalga oshirish, deb qarab kelindi. Texnologiya har doim zaruriy vositalar va sharoitlardan foydalanib, obʼektga yoʼnaltirilgan maqsadli amallarni muayyan ketma-ketlikda bajarishni koʼzda tutadi. Ushbu tushunchalarni oʼquv jaraѐniga koʼchiradigan boʼlsak, oʼqituvchi (pedagog)ning oʼqitish vositalari ѐrdamida oʼquvchi-talabalarga muayyan sharoitlarda koʼrsatgan tizimli taʼsiri natijasida ularda jamiyat uchun zarur boʼlgan va oldindan belgilangan ijtimoiy sifatlarni intensiv tarzda shakllantiruvchi ijtimoiy hodisa, deb taʼriflash mumkin. Taʼriflar nazariyasi boʼyicha bunday ijtimoiy hoidisani pedagogik texnologiya, desa boʼladi. XXI asrning boshlarida bu taʼrif yana oʼzgarib, pedagogik texnologiyaning - berilgan ѐki mavjud sharoitda pedagogik vazifalarga maqbul erishish yoʼllarini ongli loyihalash, deb qayd etilmoqda. Demak, texnologiya subʼekt tomonidan obʼektga koʼrsatilgan taʼsir natijasida subʼektda sifat oʼzgarishiga olib keluvchi jaraѐn tushuniladi. Texnologiya har doim zaruriy vositalar va sharoitlardan foydalanib, obʼektga yoʼnaltirilgan aniq maqsadli amallarni muayyan ketma - ketlikda bajarishni koʼzda tutadi. Download 156.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling