Mаlаkаsini oshirish tаrmoq mаrkаzi


Аniq ifodolangan motivatsiyaga ega. Bilimlarni oʼzlashtirishga intilish umumiy maqsadga erishishga qaratilgan hamkorlikdagi mehnat tufayli kuchayadi


Download 156.09 Kb.
bet67/105
Sana30.04.2023
Hajmi156.09 Kb.
#1411150
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   105
Bog'liq
Документ Microsoft Word

8. Аniq ifodolangan motivatsiyaga ega. Bilimlarni oʼzlashtirishga intilish umumiy maqsadga erishishga qaratilgan hamkorlikdagi mehnat tufayli kuchayadi.
9. Oʼzaro ishonch sharoitini yaratadi va talablarni yuqori darajada ushlab turadi. Guruh aʼzolari oʼz oʼrtoqlariga ishonadilar va oʼzlarini oʼrtoqlari ishonchini qozonadigan tarzda tutadilar, bu katta muvaffaqiyatlarga erishish uchun sharoitlar yaratadi. Oʼzaro ishonch – har birining yuqori yutuqlari uchun yaxshi asos.
Hamkorlikdagi oʼqish tamoyillari sifatida quyidagilarni koʼrsatish mumkin:
- guruhga bitta topshiriq;
- bitta ragʼbat: guruh barcha ishtirokchilari hamkorlikdagi ish bahosi (umumiy natijaga erishish uchun barcha guruh aʼzolari sarflaydigan kuchi baholanadi) va akademik natijalari yigʼindisidan tashkil topgan bitta baho oladi, yaʼni guruh (komanda) muvaffaqiyati har bir ishtirokchining hissasiga bogʼliq;
- har birining oʼz muvaffaqiyati va guruhning boshqa aʼzolari muvaffaqiyati uchun shaxsiy masʼuliyati;
- hamkorlikdagi faoliyat: guruhiy muzokara, hamkorlik, oʼzaro ѐrdam berish kabi oʼzaro harakat usullari asosida tashkil topadi;
- muvaffaqiyatga erishishda teng imkoniyatlar: har bir oʼqiѐtgan oʼz shaxsiy yutugʼini takomillashtirish, shaxsiy imkoniyatlari, qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda oʼqishga berilgan boʼlishi zarur, chunki u boshqalar bilan teng baholanadi.10
Yoʼriqnomaga talab:
Yoʼriqnoma quyidagi xususiyatlarga ega boʼlishi kerak:
- topshiriqni aniq ifodalanishi;
- kutilaѐtgan natijalarga aniq yoʼnaltirish;
10 Ganieva M., Fayzullaev D. Kichik guruhlarda hamkorlikda ishlash pedagogik texnologiyalar toʼplami. - Toshkent: Iqtisodiyot, 2013.
- tajribada sinalgan boʼlishi kerak. Bu yoʼriqnomani avval oʼzi ѐki hamkasbidan bajarishini iltimos qilishi kerak;
- guruh topshiriqni mustaqil bajarishi uchun toʼla tavsiyanomani olishi kerak undan;
- har bir taʼlim oluvchi uchun tushunarli qilib ѐzilishi kerak.
Taʼlim oluvchilarni hamkorlikda ishlashga tayѐrlash – oʼquv guruhida xayrihona munosabat muhitini yaratadi. Faqat shunda hamkorlikda ishni samarali va ijodiy bajaradilar. Taʼlim oluvchilar topshiriqlarni guruhlarda bajarish qoidasini bilishlari va yoʼnaltirilgan boʼlishlari kerak.


1-bosqich
Guruh ish joyini tayѐrlash – stol va oʼrindiqlar shunday joylashtiriladiki, bunda taʼlim beruvchi auditoriyada erkin harakatlana olsin, har bir guruh aʼzosi bir joyda boʼlishlari va bir-birlarini koʼrishlari va eshitishlari kerak, zarur oʼquv qoʼllanmalar barchaga yetarli boʼlishi kerak.

Download 156.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling