Keys bilan ishlash quyidagilardan iborat:
Hamkorlikdagi faoliyatga kirishish. Bu bosqichning asosiy vazifasi hamkorlikdagi faoliyatga boʼlgan motivatsiyani shakllantirish.
Hamkorlikdagi faoliyatni tashkil etish. Bu bosqichning asosiy vazifasi kichik guruhlarda ѐki individual tarzda muammoni hal etish boʼyicha faoliyatni tashkil etish. Har bir guruhda spiker (muammo yechimini taqdim etadigan), kotib (muhokamaning borishini ѐzib boradigan), vaqt nazoratchisi (vaqt oʼtishini nazorat qiladigan) tanlanadi. Аgar keys toʼgʼri
tuzilgan boʼlsa bir guruhning yechimi boshqa guruhning javobiga oʼxshamaydi. Oʼqituvchi bahsni tashkil etadi va uni boshqaradi.
Keysni bajarish jaraѐnida oʼquvchilarda kuyidagi koʼnikmalar rivojlanadi:
1. Аxborotni qabul qilish va qayta ishlash (matnni tahlil qilish, sabab-oqibat aloqalarini oʼrnatish, muammoni hal etish yoʼllarini qidirish, axborotni sintez qilish).
Kommunikativ (suhbat yuritish, boshqalarni ishontirish, oʼz nuqtai nazarini himoya qilish, boshqalarning hulq-atvorini baholash, oʼzini nazorat qilish).
3. Refleksiv koʼnikma (oʼzining va boshqalarning fikrini tahlil qilish).
Institutsional tizimning izlanishi ѐki tanlanishi
Keysning pedagogik pasporti
Keysning pedagogik pasporti, bu uning tashkiliy-uslubiy taʼminotidir. U quyidagi komponentlarni oʼz ichiga oladi:
pedagogik annotatsiya;
talabaga uslubiy koʼrsatmalar;
oʼqituvchi – keysologning keysni hal etish varianti;
taʼlim texnologiyasi.
Pedagogik annotatsiya
Quyidagi elementlarni oʼz ichiga oladi:
1. Keys moʼljallangan predmet, boʼlim, mavzu, taʼlim darajasi, kurs koʼrsatiladi.
2. Keysdan koʼzlangan maqsad (taʼlimiy maqsad, rejalashtiriladigan oʼquv natijalari).
3. Talabalar keysni muvaffaqiyatli hal etish uchun egallashi lozim boʼlgan dastlabki bilim va malakalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |