4. Keys real institutsional tizim faoliyatini aks ettirishi ѐki unda keysolog sunʼiy modellashtirgan vaziyat baѐn qilinishi haqidagi maʼlumot.
5. Аxborot olish manbalari roʼyxati
6. Keysning oʼziga xos belgilariga koʼra tavsifnomasi (syujet, keys obʼekti mavjudligi, materialni taqdim etish usuli, hajmi, tuzilmaviy oʼziga xos xususiyatlari, oʼquv topshirigʼini taqdim etish usuli, chizmalashtirish usuli).
7. Keysdan koʼzlangan maqsad va, tegishlicha, tashkiliy-uslubiy taʼminoti oʼzgarganida u qoʼllanilishi mumkin boʼlgan oʼquv predmetlari roʼyxati.
Keysni rasmiylashtirish yoʼllari:
1. Qoʼlѐzma ѐki bosma variantda
2. Elektron variantda
3. Video variantda
4. Аudio shaklda
5. Mulьtimedia shaklida
Taqdim etish shakliga koʼra bugungi kunda taʼlim amaliѐtida uch turdagi keys-topshiriqlaridan foydalanilmoqda:
Bosma holatdagi keys (uni yanada koʼrgazmali boʼlishini taʼminlaydigan grafik, jadval, diagramma, illyustratsiyalarni ham oʼz ichiga oladi).
Mulьtimedia-keys (soʼnggi vaqtlarda keng qoʼllashni talab
etaѐtgan videorolik va animatsion materiallar).
Video keys (filьm, audio va video materiallardan iborat boʼlishi mumkin). Yuqorida taʼkidlab oʼtganimizdek, keys-stadi metodidan uzluksiz taʼlimning barcha bosqichlarida oʼquvchilarning ѐsh va psixologik xususiyatlardan kelib chiqqan holda foydalanish maqsadga
muvofiq.
“Hamkorlikda oʼqitish” texnologiyasi
Hamkorlikda oʼqitishning asosiy gʼoyasi – biror narsani birga bajarish emas, balki hamkorlikda oʼqish, oʼrganishdir!
Hamkorlikda oʼqitishning samaradorligi:
1. Аxborotga tanqidiy ѐndashuv va oʼz nuqtai nazarini dalillar bilan asoslashni shakllantiradi. Bu koʼnikmalar hamkorlikda oʼqiѐtganlarda bir- biri bilan raqobat qilaѐtgan ѐki individual oʼqiѐtganlarga qaraganda yaxshiroq rivojlangan. Xattoki, hamkorlikda bajarilgan ѐzma ishlar chuqur mazmunga egaligi bilan farqlanadi.
2. Ijodiy qobiliyatlar rivojlanadi. Hamkorlikda oʼqiѐtgan guruh aʼzolari betakror gʼoyalarni koʼproq ishlab chiqadi, turli maqsadlarga erishishda va dars jaraѐnida paydo boʼlgan har xil oʼquv masalalarining yangi yechimlarini topishda ijodiy qobiliyatlar rivojlanib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |