Malala Yusufzoy Men Malalaman Tik turib taʼlim olgan va tolibonlar
Download 0.59 Mb.
|
1Malala Yusufzoy. Men Malalaman uz-assistant.uz
bob. Gul Makay kundaligiO‘sha qora kunlarda otamga Peshovardagi BBC radiosi muxbiri, do‘sti Abdul Xay Kakar qo‘ng‘iroq qildi va toliblar davridagi hayot haqida internetda blog yuritadigan o‘qituvchi yoki maktab o‘quvchisiga ehtiyoj sezayotganini aytdi. Bunday kundalik oddiy aholi Svat vodiysidagi falokatni qanday qabul qilayotganini ko‘rsatishi kerak edi. Avvaliga Maryam xonimning singlisi Oysha blog yuritishga rozi bo‘lgan, ammo otasi qizining hayotini xavf ostiga qo‘yishini istamay, unga buni taqiqlagan. Blog haqida eshitib, men ham otamga so‘z qotdim: - Nega buni men qilmasligim kerak? Men vodiyda sodir bo‘layotgan voqealar to‘g‘risida odamlarga gapirib berishni istar edim. Men taʼlim olish huquqimni himoya qilmoqchi edim. Har kimning ham qo‘shiq aytish huquqi bo‘lganidek, barcha o‘rganish huquqiga ega, deb baralla aytishni istardim. Islom bizga bu huquqni bergan. Qurʼoni karimda ilm olishimiz va hayot sirlarini anglashimiz kerakligi aytilgan. Barcha o‘g‘il-qizlar maktabga borishlari shart. Men ilgari hech qachon kundalik yuritmagan edim va qanday boshlash to‘g‘risida o‘yga toldim. Uyda kompyuterimiz bo‘lsa ham, u ko‘pincha elektr taʼminotidagi uzilishlar sababli ishlamay turar va Mingorada Internet aloqasi chiqadigan joylar anqoning urug‘i edi. Xay Kakar menga har kuni kechqurun qo‘ng‘iroq qilishiga kelishib oldik. U telefon suhbatlariga razvedka xizmatlari quloq solayotganidan gumonsirab va oilamizni xavf ostiga qo‘ymaslik uchun xotinining telefonidan foydalanadigan bo‘ldi. Suhbat davomida u menga asosan kunning qanday o‘tgani haqida savollar berar, maktab hayotidagi kulgili voqealarni aytib berishimni va orzularim bilan bo‘lishishimni so‘rardi. Odatda bizning telefon suhbatlarimiz o‘ttiz-qirq daqiqa davom etar, garchi ikkalamiz ham pushtun bo‘lsak ham, urdu tilida so‘zlashardik. Chunki blog urdu tilida bo‘lishi kerak edi va Xay Kakar mening so‘zlarimni iloji boricha aniqroq yozib olishni xohlardi. Haftada bir marta Xay Kakar tomonidan yozib olingan mening hikoyalarim BBC radiokanalining Pokiston xizmatida paydo bo‘lar edi. Xay Kakar menga Ikkinchi Jahon urushi paytida oilasi bilan Amsterdamda fashistlardan yashiringan o‘n uch yoshli yahudiy qizi Ann Frank haqida gapirib berdi. U nafaqat kundalik voqealar, balki o‘z his-tuyg‘ulari va kechinmalari haqida ham hikoya qilib, kundalik yuritgan ekan. Uning hikoyalari juda ayanchli bo‘lib, oxir-oqibat Anna Frankning oilasi fashistlarga topshiriladi va hammasi hibsga olinadi. Anna atigi o‘n besh yoshida konsentratsion lagerda vafot etadi. Keyinchalik uning kundaligi nashr etiladi va o‘quvchilarda katta taassurot qoldiradi. Xay Kakarning aytishicha, mening haqiqiy ismimni ishlatish o‘ta xavfli edi, shuning uchun kundalik Gul Makay (maʼnosi "makkajo‘xori") nomi bilan nashr efirga chiqadi. Pushtun folklorining qahramonlaridan biri hisoblangan Gul Makayning hayoti Romeo va Juliyetaning hayotiga o‘xshaydi. Gul Makay va Muso Xon ismli yigit maktabda uchrashib, sevishib qolishadi. Ammo ular turli qabilalarga mansub bo‘lib, o‘rtadagi muhabbat urushga sabab bo‘ladi. Shekspirning fojiasidan farqli o‘laroq, bizning hikoyamizning oxiri xayrli yakun topadi. Gul Makay Qurʼon yordamida oqsoqollarga urushning jirkanch ekanligini isbotlaydi. Ular yosh qizning so‘zlariga quloq solishadi, fuqarolararo nizolarni to‘xtatishadi va sevishganlarning visolga erishishlariga imkon berishadi. Blogimdagi birinchi yozuv 2009 yil 3 yanvarda "Men qo‘rqaman" sarlavhasi ostida paydo bo‘ldi... «Toliblarning vaxshiylarcha qichqirishi va harbiy vertolyotlarning shovqini ostida tun bo‘yi tikan ustida uxlagandek bo‘laman. Svat vodiysida jangovar harakatlar boshlanganidan beri qo‘rquv meni tark этмайди» Birinchi blogimda shu gaplar aks ettirilgandi. Shuningdek, blogimda maktabga borishdan qo‘rqqanim va ko‘chada yurganimda, doimo atrofga olazarak boqqanim haqida yozdim. Maktabga ketayotganimda bo‘lib o‘tgan voqea hammasidan qo‘rqinchli edi: “Orqamdan bir kishi “ Men seni o‘ldiraman “, dedi. Qadamimni tezlatdim. Biroz vaqt o‘tgach, u kelyaptimi yoki yo‘qligini bilish uchun o‘girilishga jurʼat etdim. Uning telefonda gaplashib turayotganini ko‘rib biroz taskin topdim. Demak, u meni emas, balki, boshqasini o‘ldirmoqchi edi.“ Internetda birinchi marta o‘zim yozgan matn eʼlon qilinganini ko‘rganimda quvonch hissini tuydim. Avvaliga biroz uyalardim, ammo tez orada Xay Kakar mendan nima kutayotganini anglab, u bilan yanada ochiqroq gaplasha boshladim. Mening shaxsiyatim unga juda yoqardi. Shuningdek, uni Tolibon tuzumi bo‘yinturug‘i ostida yashayotgan oilamizning kundalik hayoti ham juda qiziqtirardi. Men asosan maktab haqida gapirardim, forma kiyib maktabga borib yurgan vaqtlarimizni sog‘inch bilan eslardim. Endi esa maktabga borguncha tolibonlar xohlagandek kiyinib, kitoblarimizni sharflar ostiga yashirardik. Yana bir blogimning nomi «Yorqin kiyim кийманг» deb nomlangandi. Bu blogda quyidagi gaplar yozilgandi: Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling