Malala Yusufzoy Men Malalaman Tik turib taʼlim olgan va tolibonlar


bob. Nega men sirg‘a taqmayman va pushtunlar “rahmat” so‘zidan foydalanishmaydi?


Download 0.59 Mb.
bet9/33
Sana02.05.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1421165
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   33
Bog'liq
1Malala Yusufzoy. Men Malalaman uz-assistant.uz

bob. Nega men sirg‘a taqmayman va pushtunlar “rahmat” so‘zidan foydalanishmaydi?


Yetti yoshimda maktabga borgan bo‘lsam, o‘shandan beri sinf “yulduzi” bo‘lib kelganman. Tengdoshlarimdan o‘zib ketganim sabab, o‘zlashtirishda qiynalayotgan o‘quvchilarga yordam qo‘lini cho‘zardim. “Malala – daho qiz!” der edi sinfdoshlarim. Bundan tashqari, hech qaysi tadbir yoki musobaqa mensiz o‘tmasdi – badminton, drama, kriket, rassomchilik, qo‘shiq kuylash...
Malka-i-Nur ismli yangi qiz sinfimizga kelib qo‘shilganida avvaliga unchalik ahamiyat bermadim. U bilan birinchi suhbatlashganimda bergan savolim hali ham yodimda:
-Katta bo‘lsang, qaysi kasb egasi bo‘lishni xohlaysan?

  • Pokistondagi birinchi ayol harbiy rahbar.

Uning onasi boshqa maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlar, sinfdagi qolgan bolalarning onalari esa hech qayerda ishlamasdi. Malka-i-Nur maktabda iloji boricha ko‘zga tashlanmaslikka harakat qilar, kam gapirar, men hali ham mening eng yaqin do‘stim hisoblangan Monibani asosiy raqibim deb bilardim. Moniba chiroyli xusnixati bilan butun maktabda nom qozongan, daftar-kitoblarining chinnidek yaraqlab turishi o‘qituvchilarni ham baxri-dilini ochib yuborardi. Biroq, bilim va yozilgan matnlarning mazmuni bo‘yicha men undan ancha ustunroq edim. Yillik imtihonlardan so‘ng, Malka-i-Nurdan keyingi ikkinchi o‘rinni olganimni eshitganimda dunyo ko‘zimga qorong‘u bo‘lib ketdi. Uyga qaytgach, uvvos solib yig‘ladim. Hech narsa yegim, hech narsa degim kelmasdi. Onam meni harqancha yupatishga harakat qilmasin, uddalay olmadi.
Oradan biroz vaqt o‘tib, boshqa uyga ko‘chib o‘tdik. Ilgarigi uyimizga Monibalarning uyi yaqin, ammo yangi ko‘chamizda birorta ham o‘rtog‘im yo‘q edi. Tez orada qo‘shni uyda yashovchi Safina ismli qiz bilan tanishdim. U mendan sal yoshroq bo‘lib, tez orada ajralmas dugonaga aylandik. Safina ota-onasining erkatoyi bo‘lgani sababli, o‘yinchoqlari juda ham ko‘p bo‘lib, ularning hammasini katta sandiqda saqlardi. Ammo, shuncha o‘yinchog‘i turib, otam sovg‘a qilgan pushti uyali aloqa telefoniga ko‘z tikkani menga g‘alati tuyulardi. Men ham uning ko‘zini kuydirib, otamga taqlidan o‘yinchoq telefonda uzoq vaqt
suxbatlashar, xuddi o‘zimni muhim masalani hal qilayotgandek ko‘rsatardim. Ammo, bir kuni o‘yinchoq to‘satdan g‘oyib bo‘lib qoldi. Oradan bir kun o‘tib, Safinaning qo‘lida mening telefonimga ikki tomchi suvdek o‘xshaydigan o‘yinchoq telefon paydo bo‘ldi.

  • Telefonni qayerdan olding? Uni so‘roqqa tuta boshladim.

  • Bozordan, albatta.

Uning gaplariga o‘zimni ishongandek ko‘rsatdim. Miyamga har xil fikrlar kela boshladi, ichimdan kimdir: “Malala, u sening buyumingni o‘g‘irladi, sen ham xuddi shu tarzda javob ber!”
Men Safinaning uyiga birgalikda dars qilish uchun deyarli har kuni borardim. . Endi uning uyiga borganimda o‘yinchoq sirg‘alari va marjonlarini cho‘ntagimga solib qo‘yadigan bo‘ldim. Avvaliga yuragim qo‘rquvdan titrab ketar, vijdonim qiynalib ketardi, lekin bu tuyg‘ular tez orada meni tark etdi. O‘g‘irlik men uchun odat tusiga kirdi. O‘zimni bu odatdan to‘xtata olmay qoldim.
Bir kuni maktabdan uyga qaytib, shoshib oshxonaga kirdim. Oshxonada o‘tirgan onamga salom berib, qornim rosa ochib ketganini aytganim javobsiz qoldi. Yerda cho‘kkalab olgan onam negadir qopdagi zirani oshxonaga sepish bilan mashg‘ul edi. Xona esa aksirtiradigan darajaga kelgan, onam ko‘zda yosh bilan qilayotgan ishini davom ettirardi. U menga qiyo ham boqib qo‘ymadi. Nima qildim ekan-a? Ko‘nglim g‘ash bo‘lib, xonamga bordim. Shkafni ochganimda, hammasi ayon bo‘ldi. Dugonamnikidan o‘g‘irlab olgan barcha buyumlar joyida yo‘q, men esa qo‘lga tushgandim.
Shu tobda jiyanim Rina xonamga kirib keldi va menga qarab so‘z qotdi:

Ichimdan bir nima uzilgandek bo‘ldi. Onamning yoniga boshimni egib bordim. Onam ham nimadirlar deyishga tayyorgarlik ko‘rib turgan ekanmi, birdaniga gap boshladi:

  • Bu nima qilganing Malala? Bizning bunday o‘yinchoqlar olib berishga qurbimiz yetmasligidan uyaldingmi?

  • Bo‘lmagan gap, men hech nima o‘g‘irlamaganman.

Onamning men aytgan yolg‘onimga ishonishiga o‘zim ham inonmayotgan bo‘lsam ham, sal o‘zimni tutib gapimda davom etdim:

  • Aslida, Safinaning o‘zi boshlagan. Dadam olib bergan pushti rangli o‘yinchoq telefonimni o‘g‘irlab olgan.

Onam harakatsiz qoldi.

  • Axir, Safina sendan kichkina-ku! Sen o‘z xatti-harakating bilan unga o‘rnak bo‘lishing kerak emasmi?

Nomerim o‘tmay qolganini sezib, otamga aytmasliklarini o‘tinib- o‘tinib so‘radim. Otamning ko‘nglini qoldirish men uchun tasavvurimga ham sig‘maydigan hodisa edi.
O‘g‘irlikdek mudxish gunohga oldin ham qo‘l urganman. Men juda kichik paytimda, onamga ergashib bozorga borganman va ko‘zimga chiroyli ko‘rinib ketgan bodomni ko‘rib, o‘zimni to‘xtata olmaganman va hech kimga bildirmasdan bir hovuchini cho‘ntakka urishga intilganman. Onam buni sezib qolib, savdogardan uzr so‘ragan. Ammo, sotuvchi so‘kinib ketib, bizni tushunishni istamagan. Onam vaziyatni yumshatish uchun cho‘ntagiga qo‘l solgan, afsuski, 4-5 tangadan ortiq pul cho‘ntak o‘lgurda bo‘lmagan. Onam shunda ham umid bilan savdogardan so‘ragan:

  • Hammasi uchun 10 rupiya yetadimi?

-Esingni yegansanmi? Bu juda qimmmat bodom!
Bu voqeadan qattiq ranjigan onam uyga keliboq hamma gapni otamga aytib berdi. U zudlik bilan bozorga borib, aynan o‘sha savdogardan bir sumka bodom sotib olib, uyga olib kelganini keyinroq bildik. "Bodom sog‘lik uchun foydali. Uxlashdan oldin uni sut bilan qo‘shib yegan kishining aqliga aql qo‘shiladi.” Bu otamning gaplari edi.
Ammo men bodom biz uchun juda qimmat ekanligini bilmaydigan darajada axmoq emasdim. Otam uni aqlli bo‘lib o‘sishim uchun ham sotib olmagandi. Otam olib kelgan bodom menga jinoyatlarimni eslatib turishi kerak edi. O‘sha ondayoq endi hech qachon o‘g‘irlik qilmayman deb o‘zimga vaʼda berdim. Aммо… vaʼdamning ustidan chiqish nasib etmadi. Onamning talabiga binoan Safinadan va ota-onasidan kechirim so‘rash uchun ularnikiga tashrif buyurdik. Bu men uchun juda og‘ir sinov bo‘ldi. Safina shu yerda ham nohaqlik qildi – o‘g‘irlagan telefoni haqida biror og‘iz gapirmadi. Men ham buni eslatib past ketgim kelmadi.
Baribir, uzr so‘raganimdan keyin o‘zimni ancha yengil his qildim. O‘sha kundan boshlab hech qachon yolg‘on gapirmaslikka va o‘g‘irlik qilmasllikka ont ichdim va xudoga shukrki, hali qasamimni buzganimcha yo‘q. Xattoki otamning shimini yuvayotganimda cho‘ntagidan chiqadigan tanga-chaqalarni ham qaytarib berardim. Shu-shu zargarlik buyumlariga bo‘lgan qiziqishim so‘ndi va umuman taqishni to‘xtatdim.
O‘zimga-o‘zim quyidagicha savol berdim: «Menga bu ahmoqona taqinchoqlar kerakmi? Mana shu oddiy temir-taqalar meni vasvasaga solishiga yo‘l qo‘yamanmi? " Javobim qatʼiy bo‘ldi: "Yo‘q". Shunga qaramay, o‘sha mashʼum voqealarning asorati haligacha yuragimda saqlanmoqda – hozir ham aybdorlik hissi meni tark etmagan, shu sabab har kuni ibodatlarimda gunohimni kechirishini so‘rab xudodan yolvoraman.
Ota-onamning bir-birlaridan yashiradigan sirlari yo‘q edi, shu sababli ham otam tushkunlikka tushib qolganida, faqat onamdan najot topardi. Mening qilmishimdan otam juda qattiq ranjigani ko‘zlarida yaqqol aks etardi. Men esa uning maktabda qo‘lga kiritgan yutuqlarim uchun sovg‘alar olib kelgan kunlardagidek men bilan faxrlanishini chin dildan xohlardim. Otam esa mendagi ko‘ngil g‘ashligini sezdimi, buyuk qahramonlar ham bolaligida sodir qilganligi haqida gapirib, meni yupatdi va Maxatma Gandining ushbu so‘zlarini iqtibos sifatida keltirdi: "Erkinlik - bu ajoyib narsa, faqat xato qilish erkinligi bundan mustasno".
Maktabda biz Pokiston asoschisi Muhammad Ali Jinah haqidagi hikoyalarni sevib o‘qirdik. U bolaligida uyda chiroq yo‘qligi sababli oy yorug‘ida o‘qishga majbur bo‘lgan, boshqa bolalarga qum va loy o‘ynab kiyimlarini kir qilishning o‘rniga, kriket o‘ynashni maslahat bergan. Otasi o‘z kabinetining eshigiga Avraam Linkolnning shaxsan o‘zi o‘g‘lining o‘qituvchisiga yozgan (va pushtun tiliga tarjima qilingan) ramkali xatni osib qo‘ygan. Bu xatda ajoyib maslahatlar o‘rin olgandi:

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling