Mamlakatimizda saylov huquqini amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy asoslari yaratilgani huquqiy davlat barpo etish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning muhim omili boʻlib xizmat qilmoqda
Download 28.62 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aholining saylov madaniyatini oshirish bo‘yicha milliy harakat dasturi
birinchidan, saylov tashkilotchilarining kasb ko‘nikmalarini rivojlantirish, shuningdek saylovchilar va saylov jarayoni boshqa ishtirokchilarining huquqiy bilimlarini oshirish tizimini takomillashtirish, bu ishlarning aniq maqsadli, ochiq va kompleks tarzda amalga oshirilishiga e’tibor qaratish;
ikkinchidan, saylov jarayonining turli toifadagi ishtirokchilari, ayniqsa, yoshlarning yalpi huquqiy va saylov madaniyatini oshirish; uchinchidan, ommaviy axborot vositalari bilan ishlashni yaxshilash, jurnalistlarning saylov jarayoni to‘g‘risidagi bilimlarini oshirish, ularni saylovning barcha bosqichlarida ishonchli axborot tarqatish jarayoniga jalb etish, shuningdek jamiyatda mediamadaniyatni yuksaltirish; to‘rtinchidan, fuqarolik jamiyati institutlarini saylov jarayonining demokratik asoslarda, qonuniy va adolatli o‘tkazilishini ta’minlashga jalb etish, davlat organlarining saylov jarayoni barcha ishtirokchilari, saylovchilar huquqlari va manfaatlarini himoya qilish borasidagi faoliyatida ularning imkoniyatlaridan ham unumli foydalanish darkor. Bunda jamoatchilik fikrini chuqur o‘rgangan holda qonun loyihalarini ishlab chiqish, davlat ahamiyatiga ega qarorlar qabul qilish va jamiyat uchun o‘ta muhim choralarni amalga oshirishda aholi faolligini kuchaytirish masalasiga alohida e’tibor qaratish o‘rinlidir. Masalan, “regulation.gov.uz” yoki “Mening fikrim” portallari faoliyati orqali aholini shunday ijtimoiy ishlarga jalb etish juda muhim; beshinchidan, yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari negizida axborot-huquqiy ta’lim resurslarini shakllantirish va rivojlantirish lozim. Eng muhimi, ushbu choralarning barchasi, bir tomondan, saylovchilarning o‘z xohish-irodasini ifoda etish kafolatini ta’minlaydi, ikkinchi tomondan, fuqarolarda vatanparvarlik va daxldorlik tuyg‘ularini kuchaytiradi, uchinchi tomondan, jamiyatda siyosiy barqarorlikni mustahkamlaydi, to‘rtinchi tomondan esa, aholining huquqiy savodxonligini oshiradi. Shuni unutmaslik kerakki, saylov tizimini rivojlantirish va takomillashtirish jarayoni, xuddi saylov to‘g‘risidagi qonunchilik singari hali to‘la yakuniga yetmagan. Zero, dunyo tajribasi ko‘rsatishicha, deyarli har bir navbatdagi saylov kampaniyasi yangi muammolarni ochib bermoqda. Biz ayni paytda taraqqiyotning shunday bir bosqichida turibmizki, zarur hollarda to‘plagan tajribamizdan unumli foydalanib, taklif qilinayotgan o‘zgartirishlardan qaysi biri qanday holatda va qay tarzda samarali qo‘llanilishi mumkinligini chamalab, shu asosda dadil ish tutishimiz taqozo etiladi. Saylov tashkilotchilari qonunlarni yaxshi bilishi va qonunlarga tayanib ish ko‘rishi shart. Parlamentimiz tomonidan tayyorlangan Aholining saylov madaniyatini oshirish bo‘yicha milliy harakat dasturi bu borada muhim ko‘makchi bo‘ladi, deb hisoblaymiz. Muhimi – kasbiy malakani oshirishga, qonunning ma’no va mazmunini teran anglagan holda, aynan qonunga xizmat qilish uchun astoydil intilishdir. Shunday qilib, Yangi O‘zbekiston saylov qonunchiligi va amaliyoti taraqqiyotining uch bosqichi jamiyatni siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, ijtimoiy va ma’naviy jihatdan yangilash hamda mamlakatni modernizatsiya qilish yo‘lida izchillik bilan amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar bilan uyg‘unlikda quyidagi natijalarga olib keladi: Download 28.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling