Mamlakatimizda saylov huquqini amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy asoslari yaratilgani huquqiy davlat barpo etish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning muhim omili boʻlib xizmat qilmoqda
Aholining saylov madaniyatini yuksaltirish dasturi
Download 28.62 Kb.
|
Aholining saylov madaniyatini yuksaltirish dasturi
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan demokratik yangilanishlar, shuningdek fuqarolar va fuqarolik jamiyati institutlarining tobora yuksalib borayotgan siyosiy hamda huquqiy ongi darajasi – mamlakatimiz saylov tizimini yanada takomillashtirish uchun muhim va mustahkam zamin hisoblanadi. Yaqinda O‘zbekiston Parlamenti BMTning Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasini ratifikatsiya qildi. Konvensiyaning 29-moddasiga ko‘ra, ishtirokchi-davlatlar nogironligi bo‘lgan shaxslar siyosiy huquqlarga ega bo‘lishini va bu huquqlaridan boshqalar qatori foydalanishini kafolatlaydi. Shuningdek, nogironlar siyosiy va ijtimoiy hayotda bevosita yoki o‘zlari erkin saylagan vakillari orqali samarali va har tomonlama ishtirok etishini, saylash va saylanish huquqiga ega bo‘lishini hamda ovoz berish imkoniyatidan foydalanishini ta’minlash majburiyatini zimmasiga oladi. Saylov kodeksida nogironligi bo‘lgan shaxslarning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida ovoz berish yo‘li bilan ishtirok etishga doir huquqlarini amalga oshirishning barcha mexanizmlari o‘z mujassamini topgan. Xususan, ushbu Kodeks talabiga binoan, ovoz berish binosida jismoniy imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun pandus mavjud bo‘lishi hisobga olinishi zarur. Ovoz berish xonalaridagi texnologik uskunalar – stollar, ovoz berish kabinalari va qutilari – bularning barchasi nogironlik aravachasida ovoz berish uchun keladigan saylovchilarning talablarini inobatga olgan holda o‘rnatilishi darkor. 2019 yili Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga bo‘lib o‘tgan saylovlar davrida turli darajalardagi saylov komissiyalari nogironligi bo‘lgan 4 ming 158 nafar shaxs bilan ish olib borgandi. 2021 yil may oyida Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston Nogironlar jamiyati, O‘zbekiston Ko‘zi ojizlar jamiyati, O‘zbekiston Karlar jamiyati va O‘zbekiston Nogironlar assotsiatsiyasi bilan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzoladi. Shu asosda saylov komissiyalari tomonidan nogironligi bo‘lgan saylovchilarga imkon qadar yengil va qulay sharoitlar yaratish uchun bir qator tashkiliy tadbirlar o‘tkaziladi hamda zarur axborot materiallari tayyorlanadi. Saylov uchastkalarining axborot stendlarida mamlakat Prezidenti lavozimiga nomzodlari ro‘yxatdan o‘tgan shaxslar haqidagi ma’lumotlar tegishli tartibda joylashtiriladi. Masalan, ko‘rish qobiliyati bo‘yicha nogironligi bo‘lgan saylovchi to‘ldirilmagan byulletenni Brayl alifboli qolipga joylashtirib, barmoqlari ko‘magida ro‘yxatdan o‘tgan nomzodning ism-familiyasini topishi va tegishli tuynukchadagi katak ichiga istalgan belgini qo‘yishi mumkin bo‘ladi. Eshitish qobiliyati sust va kar saylovchilar uchun, talabnoma kelib tushgan taqdirda, saylov kuni saylov uchastkasiga surdotarjimonlar taklif etilishi ham mumkin. Saylovoldi teleko‘rsatuvlari surdotarjimon va subtitr (izohlovchi yozuvlar) bilan birga namoyish etiladi. Ko‘zi ojizlar uchun esa Brayl alifbosida maxsus jurnallar nashrdan chiqariladi. Bu amaliy choralarning barchasi, shubhasiz, nogironligi bo‘lgan shaxslar saylovda o‘z xohish-irodalarini erkin ifoda etishlariga yaqindan yordam beradi. Binobarin, nogironligi bo‘lgan shaxslar bugun mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik o‘zgarishlarning faol ishtirokchilari hisoblanadi. Saylovchilarning saylov madaniyati va faolligini oshirish, ularning saylov institutiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash bugungi davr talabidir. Yangi O‘zbekiston jamiyatida davlat hokimiyatini shakllantirish hamda yangicha sharoitlarda konstitutsiyaviy prinsiplarni ro‘yobga chiqarishning yagona zamonaviy va demokratik mexanizmi – bu saylov ekani haqida komil ishonch mustahkam qaror topishi taqozo etiladi. Bu muhim omillar fuqarolarning jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etish bilan bog‘liq konstitutsiyaviy huquqlari amalga oshishining zaruriy shartidir. Ana shu maqsadlarga erishish uchun, jumladan, quyidagi vazifalarni mutlaqo yangicha negizda bajarish lozim: Download 28.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling