Mamlakatimizda saylov huquqini amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy asoslari yaratilgani huquqiy davlat barpo etish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning muhim omili boʻlib xizmat qilmoqda


Saylov kodeksining eng muhim yangiliklari, jumladan, quyidagi xususiyatlarida ko‘rinadi


Download 28.62 Kb.
bet3/11
Sana02.11.2023
Hajmi28.62 Kb.
#1739176
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Saylov kodeksining eng muhim yangiliklari, jumladan, quyidagi xususiyatlarida ko‘rinadi:
birinchi xususiyati: milliy saylov qonunchiligiga saylov to‘g‘risidagi xalqaro hujjatlarning parlament palatalaridan hech bo‘lmaganda bittasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov o‘tkazilishini ta’minlashga qaratilgan asosiy qoidalari to‘la implementatsiya qilindi. Qonunchilikdan parlament quyi palatasida deputatlik o‘rinlari uchun O‘zbekiston Ekologik harakati vakillariga kvota ajratish instituti chiqarib tashlanib, bunda Qonunchilik palatasida amaldagi deputatlik o‘rinlari (150 o‘rin) saqlab qolindi;
ikkinchi xususiyati: saylovchilarga saylovda bittadan ortiq partiya ishtirok etishini qo‘llab-quvvatlash imkoniyati berildi. Ya’ni siyosiy partiyalar tomonidan imzo yig‘ish jarayonida saylovchilarning bir yoki bir nechta partiyani qo‘llab-quvvatlab imzo qo‘yish huquqi mustahkamlandi;
uchinchi xususiyati: qonunchilikda Prezidentlikka nomzodlarni, Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlarni ilgari surish huquqiga siyosiy partiyalar ega ekani belgilangan. Bunda siyosiy partiyalar o‘z partiyasi a’zolarini yoki partiyasizlarni nomzod sifatida ko‘rsatish vakolatiga ega;
to‘rtinchi xususiyati: ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan va uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlarni sodir etgani uchun ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslarning saylovda ishtirok etishini cheklovchi norma chiqarib tashlandi;
beshinchi xususiyati: nomzodlarga siyosiy partiyalardan biriktiriladigan ishonchli vakillar soni ko‘paytirildi. Endilikda Prezidentlikka nomzodlar uchun – 15, parlament deputatligiga nomzodlar uchun – 10, Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatligiga nomzodlar uchun – 5, tuman va shahar Kengashi deputatligiga nomzodlar uchun – 3 kishi ishonchli vakil bo‘lishi mumkin;
oltinchi xususiyati: siyosiy partiyalardan qo‘yiladigan kuzatuvchilarning saylovlar oshkora va demokratik ruhda o‘tishini ta’minlashdagi roli kuchaytirildi. Ular saylov komissiyasi ovozlarni sanash yakunlari bo‘yicha bayonnoma tuzganidan so‘ng darhol saylov natijalari to‘g‘risidagi hujjatlar nusxalarini olishlari mumkin. Saylov komissiyasining ovozlarni sanash yakunlari bo‘yicha bayonnomasini ko‘pchilikning tanishib chiqishi uchun kamida 48 soat muddatga saylov uchastkasiga zudlik bilan ilib qo‘yish tartibi o‘rnatildi;

Download 28.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling