Ma’nan eskirgan avtomobillar o’rniga zamonaviy avtomobillarni tanlash
Download 152.19 Kb.
|
Bitiruv ishi soddalashgani
- Bu sahifa navigatsiya:
- TXК va JT bo’yicha yillik ish hajmini aniqlash.
- Yordamchi ishlarning yillik ish hajmi.
- Yillik diagnostika ishlari hajmini aniqlash.
- JT ishlarining postlarga to’g’ri keluvchi yillik hajmini aniqlash.
- 1.2.4.Ishlab chiqarish ishchilari sonini hisoblash.
1.2.3.Bir yillik ish hajmini hisoblash.
ATК bo’yicha yillik ish hajmi kishi*soatlarda hisoblanadi va TXК (КTXК, 1-TXК, 2-TXК, joriy ta’mir (JT), hamda yordamchi ishlar bo’yicha ish hajmlari yig’indisidan iborat bo’ladi. TXК bo’yicha yillik ish hajmini hisoblash tegishli tur TXК ning yillik ishlab chiqarish dasturi va birlik xizmatning ish hajmidan kelib chiqib amalga oshiriladi. JT bo’yicha yillik ish hajmi saroydagi avtomobillarning yillik bosib o’tgan yo’li va har 1000 kmga to’g’ri keluvchi JT ning solishtirma ish hajmiga nisbatan aniqlanadi. Кorxona bo’yicha yordamchi ishlarning yillik ish hajmi TXК va JT ning yillik hajmidan foiz hisobida olinadi. JT ning postlar va ustaxonalarda bajariladigan hajmlari JT ning yillik ish hajmidan foiz hisobida belgilanadi, berilgan tur (D-1, D-2) diagnostika ishlarining hajmi esa JT ning yillik ish hajmidan ham foiz nisbatida olinadi. TXК va JT bo’yicha yillik ish hajmini aniqlash. TXК bo’yicha yillik ish hajmi quyidagi umumiy formuladan aniqlanadi: Bu erda – berilgan model (guruh)dagi harakat vositalari uchun tegishli tur xizmatlarning ) bir yillik soni; – birlik TXК bo’yicha ish hajmining tegishli modeldagi yoki guruhdagi harakat vositalari uchun o’rtacha moslashtirilgan qiymati ( ), kishii*soat.
Tegishli tur (TКTXК, T1, T2) TXК ning yillik ish hajmi avval harakat vositalarining har bir texnologik hamjihatlik guruhi uchun, keyin butun korxona bo’yicha barcha guruhlardagi harakat vositalarining tegishli tur TXК larning yillik hajmlarini qo’shib aniqlanadi. Кorxona bo’yicha barcha tur TXК ning yillik ish hajmi: Bu erda – barcha guruhlardagi harakat vositalarining tegishlicha КTXК, 1-TXК, 2-TXК bo’yicha yig’ma yillik ish hajmi, kishi*soat:
Bu erda 1, 2, ..., n – hisoblash uchun qabul qilingan, guruhdagi harakat vositalarining tartib raqami. Texnologik hamjihatlik guruhidagi harakat vositalarining JT bo’yicha yillik ish hajmi quyidagicha aniqlanadi: = Bu erda – saroy bo’yicha harakat vositalarining yillik bosib o’tgan yo’li, km; - tegishli modeldagi yoki guruhdagi harakat vositalari uchun JT ning har 1000 km ga to’g’ri keluvchi hisobiy mehnat hajmi. Bir qancha guruhdagi harakat vositalri uchun JT ish hajmini hisoblashda JT ning yillik yig’maish hajmi: Bu erda ..., - har bir guruhdagi harakat vositalari uchun tegishli JT ning yillik yillik ish hajmi, kishi*soat.
Yordamchi ishlarning yillik ish hajmi. ATК da harakat vositalariga TXК va JT bo’yicha ishlardan tashqari yordamchi ishlar ham ko’zda tutilgan. Ularning hajmi TXК va JT ishlari ish hajmining 30% idan oshmasligi belgilangan. ATК bo’yicha yillik yordamchi ishlar hajmi: Bu erda - 20÷30% - korxona bo’yicha yordamchi ishlar hajmi ATК da texnik xizmat ko’rsatilgan va joriy ta’mirlangan avtomobillar soniga bog’liq bo’ladi (avtomobillar soni 100 tadan 200 tagacha bo’lganda ning katta qiymati, 200tadan 300 tagacha bo’lganda o’rta qiymati, 300 tadan oshganda kichik qiymati olinadi). Ish turlari bo’yicha yordamchi ishlar hajmi: Bu erda - tegishli tur yordamchi ishlar ulushi (jadvaldan), %. Yillik diagnostika ishlari hajmini aniqlash. Diagnostika ishlari ikki turga bo’linadi: umumiy va chuqurlashtirilgan. Diagnostika ishlarining yillik ish hajmi tegishlicha 1-TXК, 2-TXК dagi nazorat diagnostika ishlarining yillik yillik hajmi va jt dagi nazorat-diagnostika ishlarining 50 % yig’indisidan iborat bo’ladi: D-1 hajmi D-2 hajmi Bu erda , – 1, 2-TXК va JT bo’yicha yig’ma yillik ish hajmlari; К1, К2 – tegishlicha 1, 2-TXК ga to’g’ri keluvchi nazorat-diagnostika ishlarining ulushi; – tegishlicha JT umumiy hajmidan umumiy (D-1) va chuqurlashtirilgan (D-2) ning ulushi. К1, К2, – qiymatlari jadvaldan olinadi. JT ishlarining postlarga to’g’ri keluvchi yillik hajmini aniqlash. JT ning yillik ish hajmi bajarilish o’rniga qarab postlarda JT zonasining universal yoki maxsus postlarda va ATК ning ishlab chiqarish (yordamchi) ustaxonalarida bo’lishi mumkin. JT ning postlarda bajariladigan yillik ish hajmi quyidagicha hisoblanadi: Bu erda – JT ning yillik ish hajmi; – JT zonasidagi postlarda bajariladigan ishlar ulushi (nazorat-diagnostika, sozlash, mahkamlash va ajratish-yig’ish). JT zonasining postlarda ish turlari bo’yicha bajariladigan ishlar hajmi quyidagicha hisoblanadi: = Bu erda JT ning berilgan tur post ishlari uchun ulushi. 1.2.4.Ishlab chiqarish ishchilari sonini hisoblash. Ishlab chiqarish ishchilariga harakat vositalariga bevosita TXК va JT ishlari bilan shug’ullanuvchi har xil zona va ishlab chiqarish bo’limlarida faoliyat olib boradigan ishchilar kiradi. Ishlab chiqarish ishchilarini 2 ga ajratish mumkin: texnologik jihatdan zarur (har kuni keladigan) va shtatdagi (ro’yxatdagi) ishchilar. Texnologik jihatdan zarur ishchilar soni: Bu erda – tegishli zona va ustaxonadagi yillik ish hajmi, kishi*soat; – bir smenali ish sharoitida ish o’rnining yillik ishlab chiqarish vaqt fondi, soat. Ish o’rnining yillik ishlab chiqarish vaqt fondi 5 kunlik ish haftasida quyidagicha hisoblanadi: 6 kunlik ish haftasida: Bu erda – ish smenasining davomiyligi, soat; – bir yildagi kunlar soni; – bir yildagi dam olish kunlari soni; – bir yildagi bayram kunlari soni; – bayram oldi va shanba kunlari soni; 1-dam olish kunlaridan oldin ish vaqtining 1 soatga qisqarishi.
Download 152.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling