1.3.2.JT ni tashkil qilish va postlarda bajariladigan ishlar mazmuni.
JT bo’yicha bajariladigan ishlar avtomobillar liniyada ishlash jarayonlarida aniqlanib, talabga ko’ra amalga oshiriladi.
JT ning eng ko’p tarqalgan usullaridan biri bu agregat-birikma usuli hisoblanadi. Ayrim hollarda harakat vositalarini ta’mirlashda individual ta’mir usuli qo’llaniladi.
Harakat vositalari universal yoki ixtisoslashtirilgan boshi berk yoki boshi ochiq postlarda ta’mirlanadi.
Murakkab ta’mirlar uchun avtomobildan ajratilgan tirkama va yarim tirkamalarga maxsus ajratilgan ixtisoslashtirilgan postlar tashkil qilinadi.
JT zonasidagi poatlarda asosan nazorat, ajratish-yig’ish, payvandlash va boshqa ishlar bajariladi.
1.3.3.Ishchilarni postlar, mutaxassisliklar, kvalifikasiya va ish o’rinlari bo’yicha taqsimlash.
Ishchilar va ishlar hajmini TXК zonalaridagi postlar yoki almashinuvchi ixtisoslashtirilgan brigadalar bo’yicha taqsimlanishi.
Loyihalanayotgan zona uchun TXК ni tashkil qilish usulini tanlab, zona ishchilari va bajariladigan ishlar hajmini oqim liniyasidagi postlar bo’yicha yoki almashinuvchi ixtisoslashtirilgan brigadalarga taqsimlash zarur bo’ladi. Taqsimlash jarayonida ularni bir vaqtda TXК ishlari turi yoki avtomobilning agregatlari, tizimlari bo’yicha ixtisoslashtirishni ham e’tibordan qoldirmaslik kerak.
Bir turdagi ishlar hajmi juda katta bo’lganda va ularni bajarish uchun ko’plab ishchilar talab qilinganda, bu ishlarni bir nechta postlarga yoki almashinuvchi brigadalarga tasimlash mumkin.
Ish turlari yoki avtomobil agregatlari, tizimlarini ularning texnologik yaqinlik prinsipi bo’yicha, har bir postning ularni tanlangan ko’rish va ko’tarish jihozlarini hisobga olgan holda biriktirilishi lozim. Ishlarni bajaruvchilar ishlash mobaynida bir-biriga xalal bermasligi esdan chiqarmaslik zarur.
Masalan, bitta postga yoki ixtisoslashgan brigadaga (butun ish smenasi davomida har xil mutaxassislikdagi ishchilar etarlicha yuklatilgan bo’lsa) ham elektrotexnik ishlarni va dvigatel ta’minlash tizimi yoki mexanizmlar bo’yicha ishlarni ham biriktirish xato bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |