Ma’nan eskirgan avtomobillar o’rniga zamonaviy avtomobillarni tanlash
Download 152.19 Kb.
|
Bitiruv ishi soddalashgani
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ustaxona va bo’limlarda bajariladigan ishlar
- Jami Hammasi
- Postlarda bajariladigan ishlar
- 1.2.5.TXК, JT va diagnostika zonalari uchun postlar sonini hisoblash.
- 1.3.Tashkiliy qism. 1.3.1.TXК va JT texnologik jarayonini tashkil qilishni tanlash va asoslash. TXК usullari va 1-TXК, 2-TXК ishlarini tashkil qilish.
- Oqim liniyalarini hisoblash.
1.2.5.TXК, JT va diagnostika zonalari uchun postlar sonini hisoblash. Binoning avtomobil rejada egallagan maydoni post deyiladi. Postlar ish, yordamchi va kutish postlariga bo’linadi. Ish postlarida TXК, JT, diagnostikalash texnologik jarayonining asosiy elementlari yoki alohida operasiyalari bajariladi. Buning uchun postlar kerakli jihozlar, moslamalar va uskunalar bilan jihozlanadi. Yordamchi postlarda tayyorgarlik ishlari (dvigatelni o’t oldirish va qizdirish, avtomobilni qizdirish, avtomobilni bo’yashga tayyorlash va boshqalar) bajariladi, bundan tashqari ish postlarida bajarish mikoni bo’lmagan yoki ular band bo’lgandagi ishlar bajariladi. Кutish postlari TXК ishlari oqim usulida tashkil qilinganda ko’zda tutiladi va avtomobillarni qizdirish, bajarilishi zarur bo’lgan ishlar hajmini aniqlash, TXК zonalariga tashqi havoning kirishini oldini olish uchun xizmat qiladi. TXК, JT va diagnostika postlari universal yoki maxsuslashtirilgan bo’lishi mumkin. Birpostda ushbu postga xizmat ko’rsatadigan bitta yoki bir nechta ishchi postlari bo’lishi mumkin. Ishchi va yordamchi postlar sonini hisoblashda har bir texnologik hamjihat guruh uchun alohida va TXК, JT ishlari uchun alohida hisoblanadi. Avtomobillarni tashqi yuvish uchun ishchi postlari soni quyidagicha aniqlanadi: Bu erda – texnologik jihatdan hamjihat guruhdagi harakat vositalariga КTXК ning sutkalik dasturi; – harakat vositalarining texnik tayyorgarlik koeffisienti; 0,75 – harakat vositalari qaytishining tirbandlik koeffisienti; – ishlarni bajarish vaqti, soat (harakat vositalarining korxonaga qaytish vaqtiga teng); – yuvish qurilmasining samaradorligi, avt/soat.
Chuqurlashtrilgan tozalash-yuvish, 1-TXК, 2-TXК, umumiy va chuqurlashtirilgan diagnostika ishlari, JT ning ajratish-yig’ish va sozlash, payvandlash-tunukasozlik, yog’ochga ishlov berish va bo’yoqchilik ishlari uchun umumiy postlar soni quyidagi formula orqali hisoblanadi: Bu erda – berilgan tur ishning yillik ish hajmi, kishi*soat; –bir yildagi ish kunlari soni; C – sutkadagi smenalar soni; – smena davomiyligi, soat; – bir postda ishlaydigan o’rtacha ishchilar soni; – postning ish vaqtidan foydalanish koeffisienti =0,85÷0,95. Ish postlarini hisoblashda quyidagilarni inobatga olish kerak – hisoblangan postlar soni butun bo’lishi, TXК zonalari postlari esa bir smenada 5 tadan oshmasligi, chunki ko’p bo’lsa ishlab chiqarish maydonlarining kattalashuviga, bir xil turdagi jihoz, uskuna va boshqalar sonining oshib ketishiga sabab bo’ladi. Bundan tashqari ATК da bir smenada ishlaydigan bir xil turdagi diagnostikalash, ajratish-yig’ish va boshqa ishlar uchun mo’ljallangan postlar bo’lishi maqsadga muvofiqt emas. Bunday hollarda 2-3 smena ishlaydigan bitta post tashkil qilinadi. JT zonasi bir nechta smenada ishlasa va ish hajmining taqsimoti smenalar bo’yicha turlicha taqsimlansa, postlar eng ko’p yuklangan smena bo’yicha hisoblanishi kerak bo’ladi. Bu holda formulaga eng ko’pyuklangan smena uchun qo’shimcha ish hajmi ko’rsatkichi kiritiladi: Bu erda – JT ning postda bajariladigan hajmi. Masalan, ikkinchi smenada umumiy ish hajmining 60 % bajarilsa, 0,6 bo’ladi. 1.3.Tashkiliy qism. 1.3.1.TXК va JT texnologik jarayonini tashkil qilishni tanlash va asoslash. TXК usullari va 1-TXК, 2-TXК ishlarini tashkil qilish. Berilgan TXК turi uchun postlar soni va ularni maxsuslashtirish darajasigaqarab avtomobillarga TXК ishlarini tashkil qilishning ikkita asosiy – universal post va maxsuslashtirilgan post usullari qo’llaniladi. Universal postlar usulining mohiyati shundaki, tegishli tur TXК ishlari to’liq hajmda, bir postda turli mutaxassislikdagi yoki universal ishchilar tomonidan bajariladi. Universal postlar usulining shakllaridan biri – xizmat ko’rsatish almashinuvchi maxsus ishchilar brigadasi yoki alohida ijrochilar tomonidan amalga oshiriladi. 1-TXК yoki 2-TXК ning bunday shaklda tashkil qilishning mazmuni quyidagicha: ATК da bir nechta universal (boshi berk yoki boshi ochiq) postlar va shunga TXК ish turlari yoki avtomobilning agregatlari, tizimlari bo’yicha maxsuslashtirilgan brigadalar tashkil qilinadi. ishlarni bu usulda tashkil qilishning majburiy shartlaridan biri tegishli tur TXК bo’yicha smena (sutkalik) dasturi almashinuvchi maxsuslashtirilgan brigadalar soniga karrali bo’lishidir. Har bir brigada uchun ish hajmi shunday tanlanishi kerakki, postlardagi ishlarni bir vaqtda boshlab, bir vaqtda tugallasin. Maxsuslashtirilgan brigadalar ko’zda tutilgan ish hajmini bajarib bo’lgach, o’zaro almashinadi. Almashinuv chog’ida brigadalar o’zlariga tegishli jihoz, uskuna va moslamalarini maxsus ko’chma aravachalardan foydalanib olib yuradilar. Maxsuslashtirilgan postlar usulining mohiyati shundaki, tegishli tur TXК ishlarining butun hajmi bir nechta postlarga taqsimlanadi. Postlar va ishchilar ish turlari bo’yicha (nazorat, mahkamlash, moylash va boshqalar) yoki avtomobil agregatlari, tizimlari bo’yicha ixtisoslashtiriladi. Bundan tashqari ATК da TXК ning turidan qat’iy nazar ma’lum turdagi ishlar yoki operasiyalar bajariladigan alohida ixtisoslashgan postlar ham tashkil qilinadi. Bular: markazlashtirilgan moylash postlari, oldingi g’ildiraklarni o’rnatuvchi va nazorat qiluvchi postlar; avtomobil tormoz xususiyatlarini nazorat qilish va sozlash postlari; gidravlik tormoz tizimidan havoni chiqarish postlari va boshqalar. Maxmumlashtirilgan postlar oqim usulida va operasion-post usulida bo’lishi mumkin. Oqim liniyalarini hisoblash. Liniya takti, ishlab chiqarish ritmi va liniyalar sonini hisoblashdan iobrat. Liniya takti, ya’ni tegishli tur texnik xizmat ko’rsatilgan ikkita ketma-ket turgan avtomobillarning liniyadan chiqishlari orasidagi vaqt (daqiqalarda) intervali: Bu erda – tegishli tur TXК ning hisobiy mehnat hajmi, kishi*soat; – tegishli TXК zonasida bir smenada ishlaydigan texnologik zarur bo’lgan ishchilar soni; – avtomobilning postdan-postga surilish vaqti, daqiqa: Bu erda – avtomobilning uzunligi, m; – oqimda ketma-ket turgan avtomobillar orasidagi masofa, m; – konveerning harakat tezligi, m/daq. Ishlab chiqarish ritmi, ya’ni bitta tegishli tur TXК ga sarflangan vaqt: Bu erda - tegishli TXК zonasining smenadagi ish vaqti, soat; S- sutkadagi smenalar soni; – tegishli tur TXК ning sutkalikdasturi. Tegishli TXК zonasidagi liniyalar soni: Download 152.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling