Maqsudov ilhomjon, joraev jomurod yangiboevich, amirov shavkat qo ziboevich
Parrandalarning biologik xususiyatlari
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Parrandalarning go‘sht mahsuldorligi
- Parrandalar go‘shtining kimyoviy tarkibi va to‘yimlilik qiymati
- 7.2.1-rasm. Leggorn tovug‘i.
- 7.2.3-rasm. Kornish tovug‘i va xo‘rozi.
Parrandalarning biologik xususiyatlari. Parrandalar sermahsul hisoblanadi, leggorn zotli tovuqlar bir ymlda o„rtacha 260-280 dona tuxum beradi, broyler jo„jalari 50-60 kunda 1,5-2,0 kg nimta, o„rdak, g„oz, kurka jo„jalari mo„l go„sht berish qobiliyatiga ega. Ularning tez yetiluvchanligi alohida ahamiyat kasb etadi, ya‟ni qisqa muddatlarda mahsulot olish mumkin. Leggorn zotli mokiyon jo„jalar 5 oylikda tuxumga kirsa, broyler va o„rdak jo„jalari 50-60 kunda go„sht uchun so„yish mumkin. Parrandalarni tez ko„paytirish imkoni bor, yoki bir tovuqdan yiliga 250-300 bosh jo„ja o„stirsa bo„ladi. Parrandalarda embrion tanadan tashqarida rivojlanishi munosabati bilan yilning xohlagan fasl va paytida jo„ja ochirib ularni o„stirish mumkin. Ayniqsa jo„ja ochirishni sanoat asosida-inkubatorlarda tashkil qilish xohlagan payt, xohlagan miqdorda jo„ja olish imkonini beradi. Parranda tuxumi po„choq bilan o„ralgan bo„lib, u tabiiy hisoblanadi, shu boisdan uni uzoq muddat saqlash va tashish imkoniyatlari mavjud. Parranda mahsulotlari boshqa chorva mahsulotlariga nisbatan arzon, chunki 1 kg mahsulot ishlab chiqarishga eng kam oziqa sarflaydi, yoki 10 dona tuxum uchun 2-3 kg, 1 kg semirish uchun ham 2-3 kg yem sarflaydi. Parrandalarning biologik xususiyatlaridan biri ularning tana harorati yuqori 42ºS, hamda yurak urishi, nafas olishi ancha tez, bu hol ularda modda almashuvining jadalligini ko„rsatadi. 255 Parrandalarning ajoyib xususiyatlaridan biri ularni chegaralangan maydonlarda-qafaslarda saqlab yuqori mahsuldorlikka erishish mumkin. Bu holat barcha parrandachilik mahsulotlarini sanoat asosida ishlab chiqarishni tashkil qilish imkonini beradi. Parrandalar galalarini tez almashtirish imkoniyati mavjud bo„lib, bu hol parrandalar mahsuldorligini muttasil oshirib borish imkonini beradi. Tuxum yo„nalishidagi sanoat galasi har yili almashtirilib boriladi. Parrandalarning boshqa qishloq xo„jalik hayvonlaridan ustunlik tomoni ularning so„yim chiqimining yuqoriligi hisoblanib, 75-80% tashkil etib; olingan nimtaning 65-70% esa yeyishga yaroqli hisoblanadi. Suvda suzuvchi voyaga yetgan parrandalar bo„rdoqilanganda, ular go„shtida yog„ nisbati 40% gacha yetib, kalloriyaligi yuqori bo„ladi. Parrandalarning yana bir xo„jalik uchun foydali hususiyati ular har xil oziqalarni yeyish va hazm qilish hususiyatiga ega. Evolyusion jarayonda parrandalar suyaklari ingichkalashib, qattiqlashgan, ularning orasida havo bo„shliqlari bo„lib yengil. Bu hol ularda gaz almashinuvi va nafas olishni kuchaytiradi. Ovqat hazm qilish tizimi ham boshqa qishloq xo„jalik hayvonlaridan farqlanib ularda tish bo„lmasligi natijasida oziqalarni chaynamay yutadi. Ularda oziqalar qizilo„ngach orqali jig„ildonga, undan keyin bezli oshqozonga o„tadi. Ushbu oshqozonda me‟da shirasi bilan obdan ishlagan oziqa aralashmasi muskulli oshqozonga tushadi va eziladi, hazmlangan oziqalar ichaklarga o„tadi. Parrandalar ichaklari hayvonlar ichaklariga nisbatan bir necha marta qisqa bo„lib, oziqalar faqat 6-8 soat davomida turadi. Embrion rivojlanish davrida ikki tuxumdon ham rivojlanib, voyaga parrandalarda tuxum asosan chap tuxumdonda paydo bo„lib ajraladi, o„ng tuxumdon va tuxum yo„llari rivojlanmay qolaveradi. Tuxum sarig„i tuxumdonda shakllanadi, ovulyasiya natijasida u tuxum yuliga tushadi tuxumning qolgan qismlari (oqsili,po„chog„i) tuxum yulida hosil bo„ladi, ushbu jarayonga 22-24 soat vaqt sarflanadi, tuxum tashqariga chiqarilganda 0,5 soatdan keyin navbatdagi ovulyasiya ro„y berib tuxum sarigi tuxum yo„liga tushadi, jarayon yana takrorlanadi. Tuxum hujayrasi tuxum otalanib, murtak tuxum sarig„i o„rtasida joylashgan bo„ladi. Parrandalar siydik, jinsiy va tezak chiqarish a‟zolari birlashgan bo„lib tashqi chiqaruv teshigiga (kloaka) ochiladi. Erkak parrandalarda urug„don qorin bo„shlig„ida joylashgan bo„lib eyakulyat chiqaruv a‟zosiga tashlanadi. Xo„rozlar o„rtacha eyakulyat hajmi 0,3 mm bo„lib, xo„rozdan ajratilgan tovuqlar yana 10 kun mobaynida otalangan tuxum berishlari mumkin. Parrandalarda kurk bo„lish instinkti bo„lib tuxum bosib jo„ja ochishga imkon beradi. Ushbu xususiyat madaniy zotlarda yo„qotilgani uchun yil bo„yi tuxum beradi. 256 Parrandalar tana tuzilishi xususiyatlari, mahsuldorlik va xo„jalik uchun foydali belgilariga qarab quyidagicha tavsiyalanadi: Tuxum yo„nalishidagi parrandalar; Tuxum –go„sht yo„nalishi parrandalar; Go„sht yo„nalishidagi parrandalar. Tuxum yo„nalishidagi parrandalar jussasi nozik, suyaklari ingichka va qattiq, muskul to„qimalari kuchli rivojlanmagan, patlari qalin va mayin bo„lib, tanasi uchburchakni eslatadi. Go„sht yo„nalishidagi parrandalar jussasi yirik, qo„pol bo„lib, suyaklari ingichka va bo„sh, muskullari kuchli rivojlangan, tana tuzilishi doira shaklini eslatadi. Tuxum go„sht yo„nalishidagi parrandalarda ikki yuqoridagi parrandalar xususiyatlari mavjud bo„lib oraliq o„rinni egallaydi, tanasi to„rtburchak shaklni eslatadi. VII.1. Parrandalarni mahsuldorligi. Parrandalar tuxumi jinsiy hujayra bo„lib, o„z tarkibida embrionning o„sishi va rivojlanishi uchun zarur bo„lgan barcha zarur moddalarni saqlaydi. Shu boisdan tuxum tarkibida inson uchun zarur bo„lgan to„yimli moddalar mavjud va u suyib iste‟mol qilinadi. Jo„ja otalangan ota-ona galasidan, ya‟ni mokiyon va xo„rozlar birgalikda saqlangan tovuqlardan olinadi. Iste‟mol tuxumi esa sanoat galasidan xo„rozlar ishtirokisiz olinadi, tuxumlar otalanmagan bo„ladi. Tovuqlardan yiliga 250-280, kurkalardan 100-150, o„rdaklardan 180, g„ozlardan 80-100 dona, bedonalardan 100-250, sesarkalardan 100 dona atrofida tuxum olinadi. Tuxum yo„nalishidagi parrandalar go„sht yo„nalishidagi parrandalarga nisbatan ko„p tuxum beradi, leggorn tovuqlari 250-260 dona tuxum berganda go„sht yo„nalishidagi kornish zotli tovuqlar 120-130 dona tuxum beradi holos, yoki tuxum yo„nalishidagi xaki-kampbell o„rdaklari 200, pekin o„rdaklari 130 dona tuxum beradi. Tovuqlar, o„rdaklar, kurkalar tuxumdorligi yoshi oshgan sari kamayib boradi, yilga o„rtacha 10-15%, uch yoshli tovuqlar 1 yilgi tovuqlarga nisbatan 25-30% kam tuxum olinadi. Shuning uchun ota-onalik galasi tovuqlari inkubatsiya tuxumlari olish uchun 2-3 yil, sanoat galasi faqat 1 yil saqlanadi. G„ozlarda esa tuxumdorligi 4 nchi yoshgacha ortib boradi. Ularda ikkinchi yili 15-25%, uchinchi yili 35-40% tuxumdorligi ortgani uchun ular 5-6 yilgacha xo„jalikda foydalanish mumkin. Tuxumning tuzilishi va kimyoviy tarkibi parrandaning turiga, zotiga, yoshiga, individual xususiyatlariga, ratsionning biologik jihatdan to„la qiymatligiga va saqlash usuliga bog„liq. Umuman olganda parranda tuxumlari bir-biriga o„xshash. 257 Tuxum po„choq, sariq, oqsil qismlardan iborat. Po„choq ustki va ostki qismlardan iborat. Po„choq ustki va ostki tomonidan qobiq bilan o„ralgan. Tuxum tarkibiy qismlarining nisbati parrandalarning turiga va zotiga bog„liq. Po„choq 11,8-12,6%, sarig„i 31,9-35,5%, oqsili 52,3-55,9% ni tashkil qiladi. Po„choq tuxum qismlari uchun idish vazifalarini o„taydi. Po„choq ustidagi qobiq kutikula- musin. Po„choq osti parda ikki qavat bo„lib tuxumning poynak qismida ikkiga ajralib havo kamerasini tashkil qiladi. Tuxum sarig„i tuxumning markazi yaqiniga joylashgan, u bir-biriga o„tadigan qavatlardan iborat, uning o„rtasida yorug„ dog„ zarodish likopchasi joylashgan. Sariq yupqa pardaga o„ralgan. Tuxum sarig„ining ranggi uning tarkibidagi karatinoid moddalari miqdoriga bog„liq. Tuxum sarig„ida 43,3-49,2 suv, 16-18% protein, 32,6-36,0yog„, 0,8-1,1% uglevodlar, 1,0-1,6% kul mavjud. Tuxum oqsili uning asosiy qismini tashkil qilib bir necha kavatlardan iborat. Uning tashqi suyuk-23%, o„rta kuyuq- 57%,o„rta suyuq-17%, va ichki kuyuq-3% qavatlardan tashkil topadi. Oqsil kavatlariningnisbati parrandaning turiga, zotiga, genetik xususiyatlariga bog„liq. Tuxum oqsili 87% suv, 11-13% protein, 1% atrofida uglevod va oz miqdorda mineral moddalardan tashkil topgan. Turli qishloq xo„jalik parrandalarida tuxum shakli va vazni farqlanadi. Eng yirik tuxum g„ozlarda bo„lib- 180 gr, kurkalarda- 90 gr bo„ladi, eng mayda tuxum kaptarlarda 18-25 gr, bedonalarda 8-10 gr bo„ladi. Tuxumning kattaligi parranda yoshi ulg„ayishi bilan ortib boradi, ikkinchi yil tovuqlar birinchi yilga nisbatan 20-30% og„ir tuxum beradi. Inkubatsiyalash uchun faqat otalangan tuxumlar ishlatiladi. Uning sifati otalanganlik nisbati, tuxumdan jo„ja chiqish va jo„jalarning saqlanuvchanlik ko„rsatkichlari bilan belgilanib, otalanganlik 95-98%, jo„ja chiqishi 90% dan kam bo„lmasligi kerak. Tuxum tuxumdondan va tuxum yo„lida hosil bo„ladi. Parrandalarda faqat chap tuxumdon ishlaydi. Tuxumdonda tuxum hujayrasi va sarig„i paydo bo„ladi. Tuxumning qolgan qismi tuxum yo„lida shakllanadi. Voyaga yetgan tovuqlar tuxumdonida 2000 dan ko„proq oddiy ko„zga ko„rinadigan ositlar va 12000 gacha mikroskop ostida ko„rinadiganlari bo„lib, ulardan arzimas qismi hayoti davomida tuxumga aylanadi. Har bir tuxum hujayrasi follikulaga o„ralgan bo„lib tuxumdon o„zagiga yopishgan. Oosit juda sekin o„sadi, o„sish jarayoni tug„ishga 9 kun qolganda tezlashadi. Ovulyasiya davriga kelganda, jinsiy hujayra to„liq shakllangan, sarig„ining diametri 35-40 mm ni tashkil etadi. Ovulyasiya paytida follikula qobig„i yirtiladi, oosit esa tuxum yo„liga tushadi va uning shakllanishi nihoyasiga yetadi. Sariqni hosil bo„lishi va ovulyasiya markaziy nerv sistemasi tomonidan boshqarib turiladi. Tuxum yo„li uzun, egri- bugri naydan iborat bir tomoni kengaygan bo„lib tuxumdonga yopishgan, ikkinchi tomoni esa orqa chiqaruv teshigi ochiladi. Tuxumlaydigan tovuqlarda uning 258 uzunligi 15 sm , tuxumlash davrida esa 65 sm ga yetadi. Shunga yarasha vazni 4-5 dan 45-75 g ga yetadi. Tuxum yo„li voronka, oqsil, bo„yin, bachadon va qin qismlardan iborat. Voronkada 20 min., oqsil qismida 3 soat, buyinda 1 soat, bachadonda 19 soat turib tuxum po„chog„i hosil bo„ladi, kinda tuxum ko„p turmaydi. Qinning uzunligi 6-8 sm bo„ladi. Umuman tuxumning shakllanishi uchun 24-27 soat vaqt sarflanadi. Tovuq tuxumni tug„ib bo„lgandan keyin 30 min o„tib tuxumdondan yangi tuxum hujayrasi sarig„i bilan tuxum yo„liga tushadi va jarayon qaytariladi. Tuxum tug„ishni qaytarilishi tuxumlash ritmi deyishadi. Tovuq tuxumlashni boshlagandan navbatdagi tullashgacha bo„lgan davr tuxumlashning biologik sikli deyiladi. Jinsiy balog„at yoshi parrandalarda birinchi tuxumni tug„ish bilan belgilanadi. U tovuqlarda 120-180, kurkalarda 200-250, o„rdaklarda 210-240, g„ozlarda 270-300, bedonalarda esa 34-45 kunni tashkil etadi. Parranda qanchalik erta tuxumga kirsa shuncha ko„p tuxum beradi. Parrandalar tuxumdorligi irsiy belgi hisoblanadi. U tovuqlarda 250-280, kurkalarda 100-150, o„rdaklarda 180, g„ozlarda 80-100, bedonalarda 200-250 va sesarka 100 dona tuxumni tashkil etadi. Parrandalarning tuxum mahsuldorligi naslchilik xo„jaliklarida yakka usulda, yoki har kuni olingan tuxum alohida hisob qilib boriladi. Sanoat parrandachiligida esa yil davomida olingan jami tuxumni yillik o„rtacha tovuqlar soniga bo„lish bilan topiladi. Parrandalarning go‘sht mahsuldorligi. Parrandalarning asosiy mahsulotlaridan biri bo„lib hisoblanadi. Parranda go„shti yuqori oziq-ovqat va maza xususiyatlari bilan ajralib turadi. Ularning go„sht mahsuldorligi yoshlik paytida tez muskul to„qimalari o„sishi bilan belgilanib, tana tuzilishi, tez yetiluvchanligi, ozuqaga vazn ortishi bilan javob berish, serpushtlik va jo„jalarning saqlanuvchanligi bilan baholanadi. Broyler jo„jalari 60-70 kunda jadal boqilganda 1,6-1,7kg, o„rdak jo„jalari 55- 60 kunda 2kg, g„oz jo„jalari 70-75 kunda 4kg, kurka jo„jalari 120 kunda 4,5 kg vaznga erishadi. Bir bosh tuxumlovchi parranda hisobiga 1 yilda go„sht yetishtirish muhim hisoblanadi, 1ta tovuq hisobiga 80-100kg, o„rdak hisobiga 70-150kg, g„oz hisobiga 60-100kg, kurka hisobiga 100-120kg ni tashkil qiladi. Parrandalarning go„shtdorligi o„sish tezligiga,oziqaga haq to„lashi, go„shtning sifatiga qarab baholanadi. Go„shtdor parrandalar go„sht xususiyatlari,tuxum yo„nalishidagi parrandalar ancha ustun bo„ladi. Go„shtdor parrandalar so„yim chiqimi 80% ni tashkil etib,uning 70% yeyishga yaroqli hisoblanadi. Parranda go„shti o„zining oziq-ovqat sifati va parhezligi boshqa go„shtlardan ustun turadi. 259 7.1.1.Jadval Parrandalar go‘shtining kimyoviy tarkibi va to‘yimlilik qiymati. Parranda turi Nimtaning iste‟mol qilinadigan qismi, % Tarkibi, % Enegetik qiymati, kDj Suv Yog„ Oqsil Kul Tovuqlar 52 65,5 13,7 19,0 1,0 840 Kurkalar 51 60,0 19,1 19,9 1,0 1050 O‟rdaklar 48 49,9 37,0 13,0 0,6 1533 G‟ozlar 54 48,9 38,1 12,2 0,8 1550 Sesarkalar 43 61,1 21,1 16,9 0,9 1067 Parrandalarning tirik vazni go„sht mahsuldorligi bilan bevosita bog„liq bo„lib parranda turiga, jinsiga, yoshiga, semizlik darajasi va boshqa omillarga bog„liq. Voyaga yetgan kurkalar 16-18 kg , g„ozlar 6-8 kg, go„sht yo„nalishidagi o„rdaklar 3-4 kg, tovuqlar 1,8-2,2 kg, sesarkalar 1,5-2,5 kg, bedonalar 0,12-0,15 kg tosh bosadi. Barcha qishloq xo„jalik parrandalarining erkaklari urg„ochilardan og„ir tosh bosadi, faqat bedonalarda urg„ochilar ustun bo„ladi. Yosh parrandalar vazn ortirishi uchun oziqa sarfi past bo„lib yoshi o„lg„ayishi bilan u ortib boradi, iloji boricha parrandalarining yosh paytida jadal o„stirilib, arzon va sifatli go„sht olishni ta‟minlash kerak. Broyler jo„jalari 56 kungacha 1 kg vazn ortishi uchun 2 kg, o„rdak jo„jalari 45 kungacha 3 kg, g„oz va kurka jo„jalari 4 oylikgacha 4 kg, sesarka jo„jalari esa 65-70 kungacha 3 kg omixta yem sarflaydi. Parrandalarning go„sht mahsuldorligiga ta‟sir qiluvchi asosiy omillardan ularning mahsulot yo„nalishi va zoti hisoblanadi. Go„shtdor parrandalar serpushtligi, olingan jo„jalarning saqlanuvchanligini oshirish bilan 1 yilda o„rtacha 1 bosh go„shtdor tovuq hisobiga 100 bosh broyler o„stirib 150-170 kg kurka jo„jasidan 80-100 bosh o„stirib 400 kg, o„rdakdan 100- 150 bosh o„stirib 250-300 kg, g„ozdan 50-60 bosh o„stirib 250-300 kg go„sht yetishtirish mumkin. VII.2.Parranda zotlari. Xo„jalikka foydali belgilariga qarab, quyidagi mahsuldorlik yo„nalishlariga bo„linadi: tovuqlar va o„rdaklar tuxum, tuxum-go„sht va go„sht; g„ozlar va kurkalar go„sht; sesarkalar tuxum va go„sht; bedonalar tuxum yo„nalishidagi xillarga bo„linadi. Parranda zotlarini takomillashtirish va yangi zotlarni yaratish bo„yicha naslchilik tizimi mavjud. Bundan tashqari sanoat asosida tuxum va go„sht ishlab chiqaradigan xo„jaliklarda esa faqat duragay parrandalar ishlatiladi. Tovuq zotlari mahsulot yo„nalishiga qarab tirik vazni bo„yicha farq qiladi. Tuxum yo„nalishidagilari 1,5-2,0; tuxum – go„sht yo„nalishidagilari 3-4; go„shtdorlari 3,5-5,5 kg tosh bosadi. 260 Tuxumdor o„rdaklar tirik vazni 1,75-2,0; go„shtdorlari 3,5-4,8 kg tashkil etadi. G‟ozlarning yengil zotlari 4-6; o„rtasi 5-8; yiriklari 6-9 kg tirik vaznga ega. Kurkalar asosan go„shtbop parranda bo„lib xo„rozlari 16 kg, makiyonlari 9 kg vaznga ega. Leggorn zoti. Ushbu zot dunyoda yagona tuxum yo„nalishidagi tovuq zoti hisoblanadi. Ular o„zlarining turli sharoitlarga moslashishi va yuqori mahsuldorligi bilan ustun hisoblanadi. Leggorn zoti AQShda mahalliy tovuqlarni Italiyaning minork tovuqlari bilan chatishtirish natijasida keltirib chiqarilgan 7.2.1-rasm. Leggorn tovug‘i. Zot tovuqlarning toji bargsimon bo„lib yoniga osilib turadi, xo„rozlarida esa tik turadi. Ular nozik - mustahkam konstitutsiyaga ega bo„lib, juda jonli va serharakat bo„ladi. Boshi yengil, bo„yni uzun, ko„kragi doirasimon, pati zich va har xil tusda bo„ladi. Jahonda asosan oq leggornlar urchitiladi. Seleksiya ishlari natijasida kurk bo„lmaydi. 1 yoshlik makiyonlar 1,6-1,7 kg, xo„rozlar 2,3-2,6 kg bo„ladi. O‟rtacha 1 yilda 200-240 dona tuxum berib, 1 dona tuxumning og„irligi 57- 60 g ni tashkil etadi. Eng yaxshi krosslarning tovuqlari 270-300 dona tuxum berib, tuxumining og„irligi 60 g bo„ladi. Ayrim krosslarning duragaylari alohida tizim asosida monand qatorlar parrandalarni chatishtirish natijasida keltirib chiqarilgan bo„lib 1 yilda 320-365 dona, yoki har kuni tuxum beradi. Bu zotga mansub tovuqlar oziqadan samarali foydalanadi , lekin har 10 dona tuxum uchun 2 kg yem sarflaydi. Tez yetiluvchan 4-5 oyligidan boshlab tuxum bera boshlaydi. Mamlakatimizda zotning ko„plab sermahsul krosslari urchitilmoqda. Nasldor parrandalar seleksiyasi O‟zChITI seleksiya markazi va Farg„ona naslchilik zavodida olib boriladi. Plimutrok zoti utgan asrda AQShda keltirib chiqarilgan.Unda koximkim oq tovuqlarini Ispaniya qora xo„rozlari bilan murakkab chatishtirish natijasida keltirib chiqarilgan . Zot nomi Plimut shaxri nomidan olingan. Zot tovuqlarining tanasi yirik, ovalsimon, go„shtdorlik shakli yaxshi rivojlangan. Uning oq va chipor tusdagi xillari uchraydi. Toji bargsimon, oyoq va tumshuqlari sariq rangda bo„ladi. 261 Tovuqlari 2,8-3,0, xo„rozlari 3,8-4,0 kg tirik vaznga ega. Tuxumdorligi 170-190 ta ni tashkil qilib, 1tuxumning og„irligi 58-60g. Yuqori go„sht mahsuldorligi uni broyler jo„jalari olishda ona zoti bo„lib xizmat qilishga asos bo„lgan. 7.2.2.-rasm. Plimutrok zotli tovuq va xo‘roz. Ushbu zot tovuqlari sharoitga yaxshi moslashishi bilan ajralib turadi, mahsuldorlik belgilarini yaxshi saqlaydi . O‟zbekistonning barcha broyler jo„jalari olish uchun inkubatsiya tuxumlari olinadigan ixtisoslashgan naslchilik xo„jaliklarida ushbu zotning turli kross tovuqlari ishlatilmoqda. Kornish zoti - go„shtdor asosiy zot hisoblanadi. Dunyoning barcha mamlakatlarida broyler jo„jalari olish uchun ota zoti sifatida tan olingan. Ushbu zot Angilyaning Kornuel grafligida mahalliy tovuqlarni malay va hind urushqoq xo„rozlari bilan chatishtirish natijasida keltirib chiqarilgan. Shuning uchun kornuel tovuqlari deb ham ataladi. Zot sifatida XIX asr oxiriga kelib to„liq shakllangan. Ularning rangi oq, qora, qizil va sarg„ich bo„ladi. Broyler olishda asosan oq tusli xili foydalaniladi, patlari zich joylashgan. Tovuq va xo„rozlarida go„sht shakli yaxshi rivojlangan. Ko„kragi keng va chuqur, ko„krak va oyoq go„shtlari a‟lo rivojlangan. Toji qalampirsimon, tumshug„i kalta va yo„g„on, oyoqlari sariq rangda bo„ladi. Tovuqlari 3,0-3,5 kg,xo„rozlari 4-5 kg bo„lib ,1 yilda 110-150 dona tuxum beradi,tuxumining o„rtacha og„irligi 52-60g ni tashkil etib, tuxum po„chogi och jigar rangda bo„ladi. Tuxumning jo„ja ochib chiqish ko„rsatkichi past 65-70% ni tashkil etadi. Lekin 1kg vazn qo„shishiga kam oziqa sarflashi va tez yetiluvchanligi bilan ajralib turadi,1,5-2,0 kg tirik vaznga 56 kunda bemalol erishishi mumkin. 262 7.2.3-rasm. Kornish tovug‘i va xo‘rozi. Zot xo„rozlari broyler jo„jalari olishda va sanoat chatishtirishida foydalaniladi. Asosan broyler jo„jalari olish uchun inkubatsiya tuxumi yetishtirib beradigan naslchilik xo„jaliklarida urchitiladi. O’rdak zotlari. Respublikamizda turli mulk shaklidagi xo„jaliklarda turli zotli o„rdaklar urchitiladi.Sanoat asosida o„rdak go„shti yetishtiradigan korxonalarda va jadal usulda o„rdak go„shti yetishtiradigan fermer xo„jaliklarida yagona zot - pekin zotli o„rdaklar urchitiladi. Pekin zoti - go„sht yo„nalishidagi o„rdak zoti hisoblanadi. Xitoyda mahalliy o„rdaklarni xitoy o„rdagi bilan chatishtirish natijasida keltirilib chiqarilgan. Keyinchalik ushbu o„rdaklar chuqur seleksiya orqali AQShda takomillashtirilgan va dunyoning qator mamlakatlariga olib ketilgan. Mamlakatimizda ham asosiy o„rdak zoti hisoblanadi. Bu zot parrandalari tana tuzilishi bo„yicha an‟anaviy go„sht yo„nalishida parranda ekstereriga xos, boshi yirik tumshug„i o„rtacha uzunlikda sarg„ich – apelsin rangida; oyoqlari o„rtacha uzunlikda bo„lib qizg„ich – apelsin rangida; tanasi keng, uzun, biroz tik; ko„kragi keng va oldinga bo„rtib chiqqan; tusi oq, sarg„ish belgilari bor. Voyaga yetgan mokiyonlarning o„rtacha tirik vazni 3,0-3,5, xo„rozlariniki 3,5- 4,0 kg ga yetadi. Yiliga o„rtacha 100-120 dona, eng mashhurlari 200 donagacha tuxum beradi. Tuxumning o„rtacha vazni 85 g. Yosh go„sht uchun o„stirilgan jo„jalari 55 kunda 2,0-2,5 kg vaznga erishadi, eng yaxshi duragay jo„jalar 50 kunda 3,0-3,5 kg gacha tirik vazn ko„rsatishi mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling