Maqsudov ilhomjon, joraev jomurod yangiboevich, amirov shavkat qo ziboevich
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7.2.5-rasm. Shimoliy kavkaz kurkasi.
- Yirik kulrang zot
- VII.3. Parrandachilikda naslchilik ishlari.
- VII.4. Tuxumlardan jo‘ja ochirish.
- VII.5. Qishloq xo‘jalik parrandalari jo‘jalarini o‘stirish.
- Jo‘jalarni yerda saqlash
7.2.4.-rasm. Pekin o‘rdagi. O‟zbekistonda o„rdak go„shti yetishtirish bilan shug„ullanuvchi barcha xo„jaliklarda urchitiladi. Kurka zotlari. Shimoliy Kavkaz bronza rangli zoti. O‟zbekistonda urchitiladigan yagona kurka zoti hisoblanadi. U Stavropol o„lkasida mahalliy kurkalarni bronza rangli va keng ko„krakli kurkalar bilan chatishtish natijasida keltirib chiqarilgan. Olingan duragaylarning oziqlantirish, saqlash sharoitlarini yaxshilash, tabiiy iqlim sharoitlariga moslanuvchanligi oshirish maqsadida «o„z ichida» urchitish asosida shakllantirilgan va 1956 yilgi zot sifatida tasdiqlangan. 7.2.5-rasm. Shimoliy kavkaz kurkasi. 264 Tanasi yaxshi rivojlangan, mustahkam, go„sht shakli bo„rtib turadi. Pati qora rangda bo„lib bronza rangi bilan qo„shilib ketadi. Xo„rozlari 12-14 kg, mokiyonlari 6-7 kg vaznga ega bo„lib 80-90 ta tuxum beradi. Hozirgi kunda Respublikamizda O‟zChITI parrandachilik bo„limi ilmiy xodimlari tomonidan tajriba xo„jaligi kurkachilik fermasida ushbu zot kurkalarini takomillashtirish bo„yicha seleksiya – naslchilik ishlari olib borilmoqda. G’oz zotlari. Barcha g„oz zotlari mahsuldorlik yo„nalishi bo„yicha go„sht yo„nalishidagi parrandalarga mansub hisoblanadi. Eng ko„p shakllangan zotlar bo„lib holmogor, yirik kulrang, tuluz zotlari hisoblanadi. Yirik kulrang zot. Ukraina parrandachilik ilmiy-tadqiqot institutining tajriba xo„jaligida va Tambov parrandachilik naslchilik stansiyasida Romen va Tuluz g„oz zotlarini chatishtirish natijasida keltirib chiqarilgan, g„ozlarning go„sht va tuxum mahsuldorligini oshirishga qaratilgan. Ushbu zotga mansub g„ozlar tanasi yirik, tusi kulrang, tushi va tanasining ostki qismi oq rangda bo„ladi. Qornida yog„li burmalari bo„lib, tanasi keng va chuqurligi bilan ajralib turadi. 7.2.6.-rasm. Kulrang g‘oz. Mokiyonlari 6,0-6,5, xo„rozlari 7,5-8,0 kg, ba‟zan 9,5 kg tosh bosadi, bir yilda o„rtacha 50 dona tuxum beradi. Tuxumning o„rtacha vazni 175 gr. 265 Fermer va shaxsiy yordamchi xo„jaliklarda g„ozlarni urchitish bilan ko„p va arzon parranda yetishtirish mumkin. VII.3. Parrandachilikda naslchilik ishlari. Parrandachilikda naslchilik ishlari yangi sermahsul parranda qatolari va krosslari yaratish, borlarini takomillashtirish uchun samarali seleksiya usullaridan foydalanilishi taqozo etadi. Tuxum ishlab chiqarishda sanoat galasi bir parranda qatorlari, go„shtdor parrandachilikda esa zotlararo qatorlarni chatishtirish asosida yangi sermahsul krosslar yaratiladi. Sof zotli urchitishda tanlash va juftlash ishlari bir zot ichida olib boriladi. Juftlashda bir zotga mansub birnecha belgilari bilan ustun erkak va urg„ochi parrandalarni juftlash asosida yangi qatorlar yaratiladi. Shundan keyin bir-biriga monand qatorlarni juftlash natijasida zotning irsiy va mahsuldorlik ko„rsatkichlari yaxshilanadi. Voyaga yetgan parrandalar avlodlarining sifatiga qarab, yosh parrandalar esa onalarining mahsuldorligiga qarab baholanadi. Parrandachilik xo„jaliklarida galani yangilamaslik, tashqaridan sermahsul parrandalar olib kelinmasligi oxir oqibat qarindosh urchitishga sabab bo„lib avlod mahsuldorlik sifatiga salbiy ta‟sir o„tkazadi. Bunga yo„l qo„ymaslik uchun xo„rozlar davriy ravishda almashtirilib turiladi. Ba‟zi hollarda qarindosh urchitish o„tkaziladi unda mustahkam tana tuzilishiga ega sermahsul parrandalar juftlanishi natijasida qarindosh qatorlar yaratiladi, shunday qatorlar juftlanishi natijasida olingan krosslar inkross deydilar. Parrandachilikda chatishtirish ko„pincha zot yaratish uchun (zot yaratish chatishtirishi) va parrandalarning mahsuldorlik ko„rsatkichlarini ko„tarish uchun (sanoat chatishtirish) o„tkaziladi. Asosan parrandachilikda 3 xil chatishtirish qo„llaniladi: 1) Zot yaratish chatishtirishi – bir necha zotlarni chatishtirish asosida ularning asl xususiyatlarini yangi zotda mujassam qilishdan iborat. 2) Qon qo„yish chatishtirishi – zotning alohida belgisini yaxshilash maqsadida ushbu zot mokeyonlari boshqa zot xo„rozlari bilan bir marta juftlanadi.Olingan duragaylar «o„z ichida» urchitiladi. 3) Qon singdirish chatishtirishi – bir zotning ikkinchi zot bilan tubdan yaxshilashni taqozo etadi. Ko„pincha mahalliy zotlar birnecha bo„g„in davomida yaxshilovchi zot erkak parrandalari bilan juftlanadi, 3-4 bo„g„inga borib yaxshilovchi zotining qon nisbati ortib borishi natijasida duragay parrandalar sermahsul bo„ladi, ba‟zi hollarda ular «o„z ichida» urchitilish natijasida yangi zotga asos solinadi. Oziq-ovqat tuxumi va broyler go„shti ishlab chiqarishga ixtisoslashgan xo„jaliklarda to„liq bir-biriga monand qatorlar erkak va urg„ochi parrandalarini juftlash asosida olingan duragay parrandalardan foydalaniladi. 266 Davlat naslchilik zavodlarida yaratilgan qatorlararo duragaylar va qatorlar dastlab tanlov – sinov stansiyalarida sinab ko„riladi. Reproduktor xo„jaliklarida naslchilik zavodlaridan olgan nasllik parrandalarni ko„paytirish, ota-ona parrandalari olish uchun qatorlarni chatishtirish, hamda olingan nasl mahsulotlari bilan ishlab chiqarish korxonalarini ta‟minlash bilan shug„ullanadi. Barcha mulk shaklidagi parrandachilik xo„jaliklari naslchilik – reproduktor xo„jaliklaridan muntazam ravishda inkubatsiya tuxumlari olib turadilar. Nasldor parrandalar bonitirovka natijasida majmua ko„rsatkilari asosida elita – rekord, elita, birinchi va ikkinchi klasslarga bo„linadi. Parrandalarni juftlash monand qatorlar erkak va urg„ochi parrandalarini o„rtasida bo„lishi kerak, hamma vaqt ham juftlashlar ijobiy natijalar beravermaydi. Parrandachilikda yosh nasldor erkak parrandalar 2-3 yoshlik mokiyonlar bilan, yosh nasldor urg„ochi parrandalar esa 2-3 yoshlik nasldor erkak parrandalar bilan juftlanadi. Parrandachilikda juftlash va urug„lantirish uyada, guruhda amalga oshiriladi. Uyada juftlash katakdagi mokiyonlarga mos xo„roz berkitilib qo„yiladi. Tuxumbop tovuqlarda xo„roz-mokiyon nisbati 1:15, go„sht-tuxumbop zotlarda 1:10, go„shtbop zotlarda 1:8; o„rdaklarda 1:5-1:8; g„ozlarda 1:3; kurkalarda 1:10-1:15 ga teng bo„lishi lozim. Guruhlab juftlashda yoshi, mahsuldorligi, tana tuzilishi xususiyatlari bo„yicha xillangan mokiyonlar galasiga mos erkak parrandalar tanlanadi. Qo„lda juftlash yoki urug„lantirish ko„proq ilmiy-tadqiqot institutlarida va tajriba stansiyalarida qo„llanilib juftlash rejasiga binoan har uch kunda xo„roz yoniga qo„yiladi va qochirish natijalari aniq yozib boriladi. Kurkachilikda ko„prok su‟niy urug„lantirish maqsadga muvofiq hisoblanadi, chunki ularning xo„rozlari yirik bo„lib, ba‟zan mokiyonlarini jarohatlash hollari ham ro„y beradi, har doim ham tabiiy urug„lantirish ijobiy natijalar beravermaydi. Ushbu usulni barcha parrandachilik sohalarida va barcha xo„jaliklarda tashkil qilish mumkin. Ortiqcha xo„rozlarni ushlab turish shart emas, bir bosh nasllik parranda urug„i bilan 100-150 bosh tovuq, 30-50 bosh kurka, 20-30 bosh g„oz va 10-20 bosh o„rdakni urug„lantirish mumkin. Parrandachilikda galani takror ishlab chiqarish borasida 1 kunlik jo„jalarni jinsini aniqlash muhim tadbir bo„lib hisoblanadi. Shu nuqtai-nazardan xo„jalik uchun kerakli bo„lmagan parrandalarni o„stirishi shart emas, ya‟ni tuxum yo„nalishidagi xo„jaliklarda ushbu tadbir asosida faqat mokiyon jo„jalarni o„stirish imkonini beradi. Bir kunlikda jo„ja jinsini aniqlash uchun bosh va ko„rsatkich barmoq bilan jo„ja kloakasini yirib ochib, xo„rozchalar kloakasining shillik yuzasida kichkina bo„rtma bo„ladi. Imkoniyati bor xo„jaliklarda maxsus jihozlar yordamida ham jo„ja jinsi aniqlanadi. Tuxum yo„nalishidagi jo„jalarda ularning jinsi 20-30 kunligida, go„sht - tuxum yo„nalishidagi jo„jalarda 50 kunligida tojining, dum va qanot 267 patlarining rivojlanishiga qarab aniqlanadi. Parrandalar galasining tarkibi turli mahsuldorlik yo„nalishlarida, turli maqsaddagi xo„jaliklarda har xil bo„ladi. Tovar xo„jaliklarda yosh parrandalar 70-100% bo„lganda, naslchilik xo„jaliklarida jo„jalar 20-30% bo„lgani holda, nazorat – nasl guruhi 70-80% ni tashkil qiladi. Parrandalardan xo„jalikda foydalanish muddatlari ham yo„nalishiga qarab farq qiladi. Nasldor tovuq va xo„rozlarni 2-4 yil, o„rdak va kurkalarni 2-3 yil, g„ozlarda 5-6 yil davomida nasldor tuxum olish mumkin. Naslchilik fermalarida tuxum hisob-kitobini olib borish uchun nazorat uyalaridan foydalanib, har bir tuxumga uning ma‟lumotlari yozib boriladi. Nasllik jo„jalar oyog„iga halqalar taqish yo„li bilan tamg„alanadi. Yakka raqam asosida yosh yoki voyaga yetgan parrandaning mahsuldorlik ko„rsatkichlari zootexnika xo„jaliklarida hujjatlariga yozib boriladi. Naslchilik parrandachilik xo„jaliklarida nasldor parrandalar har yili bonitirovka qilinib ularning majmua klasslari aniqlanadi. Bonitirovka dastlab galani to„ldirish uchun o„stirishga qoldirilgan yosh parrandalarda, keyin mahsuldor voyaga yetgan parrandalarda o„tkaziladi. Bonitirovka tuxum yo„nalishidagi tovuqlarda 20 va 39 haftalik yoshida o„tkaziladi. Boshqa turdagi parrandalarda ham maxsus yo„l – yo„riqlar asosida amalga oshiriladi. Ushbu yo„riqnomalar bonitirovka o„tkazish tartibi, nasl va mahsuldorlik ko„rsatkichlarining eng kam talablari o„z aksini topadi. Olingan ma‟lumotlar yo„riqnoma raqamlariga solishtirib bonitirovka klassi aniqlanadi. Tovuqlar , o„rdaklar va kurkalar elita-rekord, elita, I va II klass; g„ozlarda esa elita, I va II klasslarga bo„linadi. Tuxum yo„nalishida tovuqlar 20 haftaligida onasining 39 va 68 haftaligida mahsuldorlik ko„rsatkichlari, ya‟ni tuxumdorligi, tuxumning vazni, tuxumdan jo„ja chiqish nisbati, jo„jalarning saqlanuvchanligi inobatga olinsa, 39 yoki 68 haftaligida esa parranda o„zining mahsuldorligi ko„rsatkichlari asosida kompleks baholanadi. Har bir naslchilik parrandachilik xo„jalikligida 5-10 yillik naslchilik-seleksiya rejalari tuzilib, uning bajarilishi qat‟iy nazorat qilib boriladi. Hozirgi paytda nasldor parrandachilikda fan yutuqlari, texnika imkoniyatlari, biotexnologiya usullari yordamida sermahsul parranda qatorlari yaratish va ular asosida sanoat texnologiyasi talablariga javob bera oladigan samarali parranda krosslari olish vazifa hisoblanadi. VII.4. Tuxumlardan jo‘ja ochirish. Tuxumdan jo„ja ochib chiqishi uning tarkibidagi murtakning rivojlanishini ta‟minlashni taqozo etadi. Bu jarayon tabiiy sharoitda kurk mokiyon parrandalarning tuxumning embrion rivojlanishi davrida bosib yotishi bilan ta‟minlanadi. Hozir ham shaxsiy yordamchi xo„jaliklarda jo„jalar kurk tovuqlar yordamida ochiriladi. Bunday instinktga faqat mahalliy tovuqlar ega bo„lib, zotli tovuqlar bu odatdan mahrum, yoki seleksiya natijasida ushbu fe‟l yo„qotilgan. 268 Sanoat parrandachiligida jo„jalar albatta inkubator yordamida ochiriladi, bu usul ma‟lum davrda, xohlagancha jo„ja olish imkonini beradi. Inkubatorlarda murtakning mo„tadil rivojlanish uchun zarur bo„lgan tabiiy rivojlanishga xos sharoitlar yaratilgan. Tuxumning sun‟iy ravishda ochirishga kishilar qadimdan qiziqqan, dastlab Osiyo mamlakatlari va Misrda, keyinchalik Yevropada shunday ishlar amalga oshirilgan, ya‟ni sun‟iy jo„ja ochirish tabiiy manbaalardan foydalanib amalga oshirilgan. XV asrdagina issiq suvdan foydalanib jo„ja ochirish Gollandiyada amalga oshirilgan. Birinchi inkubator XVII asrning ikkinchi yarmida A.G.Bolotov tomonidan yaratilgan. Faqatgina XIX asrning oxirida elektr inkubatorlarining kashf qilinishi haqiqatan ham parrandachilikda butunlay yangi davrni ochib berdi. Dastlab oddiy, keyinchalik esa «Rekord», «Universal» tipidagi to„liq avtomatlashtirilgan sanoat inkubatorlari yaratildiki, bu hol sanoat parrandachiligining rivojlanishiga katta turtki bo„ldi. Inkubasiyalash tuxumlardan sun‟iy ravishda jo„ja ochirish demakdir. Shkafli rusumdagi inkubatorlarning yuqori tarnovlariga murtagi yetarli rivojlanmagan, pastkilariga murtagi yaxshi rivojlanmagan tuxumlar teriladi. Barcha rusumdagi inkubatorlarlarda xohlagan turdagi parrandalar tuxumidan jo„ja ochirish mumkin. Inkubatsiyaning muvaffaqiyati inkubatorlarning to„g„ri tayyorlanganligi va tuxum sifatiga bog„liq, hamda inkubatsiyalash davomida jarayonlarini andozalar asosida ta‟minlashdan iborat. Inkubatorga yangi tuxum qo„yilishdan oldin obdon tozalanadi va dezinfeksiya qilinadi. Tanlab olingan novaga teriladi va gaz bilan ishlanadi. Tuxumlar butun, toza bo„lishi va albatta otalangan bo„lishi kerak. Inkubatsiyalarning dastlabki davrida yuqori darajada isitish va namlikni saqlab kolish; o„rtasida o„rtacha isitish, past namlik va havo almashinuvi ko„paytirish; jo„ja chiqishdan oldan esa haroratni pastlatib, namlik va havo almashinuvi oshiriladi. Inkubatsiya tuxumlarini tanlashda parranda turi va zotiga mos o„rta kattalikdagi, to„g„ri shakldagi, shikastlanmagan, po„stlogi qattiqligi va tozaligi inobatga olinadi. Yangi tuqqan 1-2 kunlik, ba‟zi hollarda boqish va asrash sharoitlari me‟yordagi galalardan esa 3-4 kunlik otalangan tuxumlar ham inkubatsiyaga qo„yilishi mumkin. Barcha inkubatsiya tuxumlari ovoskopda tekshirib ko„riladi va to„liq otalangan tuxumlarni inkubatorga qo„yish kafolati beriladi. Qo„shimcha sarig„i bor, sarig„i ajralib ketgan, po„sti siniq, uzunchoq va dumaloq tuxumlar inkubatsiya uchun yaroqsiz hisoblanadi. Otalangan tuxumda mo„rtak budadi, ulardan jo„ja chiqishi me‟yor talablariga javob berishi kerak, yoki ushbu ko„rsatkich qo„yilgan tuxumga nisbatan ochib chiqqan jo„jalar foizi bilan belgilanadi. Tuxumlarni inkubatsiyalash jarayoniga qator omillar ta‟sir etadi. Inkubatsiya tuxumi olinayotgan erkak va urg„ochi parrandalarning qarindoshligi, tovuqlar 269 yoshining 8 oylikdan kam bo„lishi, mokiyonlarning tullashi, ularning ratsionidagi oqsil, vitamin, makro va mikro elementlar bilan ta‟minlanish darajasiga bog„liq. Inkubatsiya tuxumlarini saqlash xonalarida harorat 8-12 ºS, nisbiy namlik 75- 80% ni tashkil qilishi kerak. Tuxumlarni inkubatsiyalash davrida uning ichida harorat 37,4-37,5ºS va jo„ja ochib chiqish paytida esa 37,0-37,2ºS, nisbiy namlik inkubatorda 50-55%; jo„ja ochish shkafida esa 70-75% bo„lishi talab etiladi. Inkubatorda haroratning muntazam me‟yordan past bo„lishi jo„ja ochishni kechiktiradi, aksincha haroratning keskin oshib ketishi; 41ºS dan yuqori bo„lishi murtakning o„limiga sabab bo„ladi. Inkubatorlarda nisbiy namlikning me‟yordan past bo„lishi embrionning ko„p namlik yo„qotishiga sabab bo„lib o„limga olib keladi, agar namlik oshib ketsa tuxumdan namlik ko„tarilishi to„xtaydi, natijada tuxum po„chog„ining ustida mikroorganizmlar rivojlanib, tuxum ichiga kirib uning oqsilini buzadi. Inkubatorda me‟yordagi havo harakati inkubatsiyalashga ijobiy ta‟sir ko„rsatadi havo almashinuvi natijasida inkubator ichida 20,8% kislorod va 0,3% karbonat angidrid gazi nisbati ta‟minlanadi. Tuxumning tarnovlar yordamida inkubator ichida ag„darib turish ham tuxum sarig„i embrionini po„choqqa siqib qo„yishidan saqlaydi, aks holda po„choqqa yopishgan murtak ko„rib rivojlanishdan to„xtaydi. Inkubatorlarda tuxum issiq havo bilan isitiladi, davriy ravishda o„zgarib turadi. Inkubatsiyalashning 1-10 kunlarida tuxum yuzasidagi harorat 38,5-38,8ºS, 11-16 kunlari 37,5-38,6ºS, 17 nchi kundan 21 nchi kungacha 37-37,5 ºS dagi harorat ushlab turiladi. Inkubatsiyalash davomida havoning namligi dastlabki 5-6 kunda me‟yorda ekanligini tuxum vaznining 0,5-0,6 % kamayganligi bilan aniqlanadi. Inkubatsiyalash jarayonida uning me‟yorda kechayotganligini bilish uchun biologik nazorat o„rnatiladi. Unda embrionni rivojlanishi quyidagicha kechadi: ovoskop yordamida inkubatsiya tuxumlarini yoritib murtakning rivojlanishi baholanadi; tuxumlarning vaznini kamayishini tortib ko„rishi; dastlabki jo„ja ochib chiqish bilan uning oxirigicha bo„lgan vaqtni aniqlash; ochib chiqqan jo„jalarni soni va sifatini aniqlash, palagda tuxumlarning barchasini ochib ko„rib embrionni o„lish sabablarini aniqlash. Ovoskop yordami inkubatsiyalanayotgan tovuq tuxumlari 6 nchi, 11 nchi va 19 kunlari; kurka va sesarka tuxumlari 7,13 va 25 kunlari, g„oz tuxumlari 8,15, 28 kunlari tekshiriladi. Buning natijasida otalanmagan embrion nobud bo„lgan tuxumlar chiqarib tashlanadi. Tuxumlarning vazni birnecha marta tortib ko„riladi , unga qarab embrionda modda almashinuvi natijasida rivojlanishi vaznining kamayishi aniqlanadi. Tuxum vazni butun inkubatsiyalash jarayonida me‟yorda 11-13% ga kamayadi. Tortib ko„rish tovuqlarda inkubatsiyalashning 6 nchi, 12 nchi va 18 nchi, boshqa parrandalarda esa 24inchi kunlari ham o„tkaziladi. 270 Inkubatsiya davri tovuqlarda 21 kun, o„rdak va kurkalarda 28 kun, g„ozlarda 30-31 kun, bedonalarda esa 17-18 kunni tashkil qiladi. Tovuqlarda tuxumdan jo„jalar chiqishi 1 kunda, boshqa qishloq xo„jalik parrandalarida esa 2 kungacha davom etadi. Tuxumlardan jo„ja chiqish me‟yorda tovuq tuxumlarida 85%, o„rdak tuxumlaridan 80% tashkil etib, o„rdak , g„ozlarda bu ko„rsatkich pastroq bo„ladi. Jo„jalarning sog„lomligi harakatchanligi, ko„zining tiniqligi, tumshuq va oyoqlarining rangidan, parlarining yaltirikligiga qarab aniqlanadi. Jo„jalar tuxumdan chiqib bo„lgandan keyin asl jo„jalar o„stirishga o„tkazilib, nuqsonli jo„jalarda go„sht-suyak uni tayyorlanadi. VII.5. Qishloq xo‘jalik parrandalari jo‘jalarini o‘stirish. Inkubatorda ochirilib tanlab o„stirishga qoldirilgan jo„jalar 10-12 soat ichida o„stirish sexiga o„tkazaladi. Jo„jalarni o„stirishda to„liq zooveterinariya talablariga to„liq rioya qilish kerak. Inkubatorlardan chiqqan jo„jalar maxsus qutilarda jo„jaxonaga o„tkaziladi. Har bir quti 4 bo„lak bo„ladi, bir qutiga 25 ta tovuq jo„jasi va o„rdak jo„jalaridan 20 ta, g„oz jo„jasidan 10 boshdan joylashtiriladi. Quti ichida havo harorati 18-20 ºS, havoning nisbiy namligi 60-65% bo„lishi ta‟minlanadi. Jo„ja o„stirish sexlari binolari obdan tozalanib, dezinfeksiya qilinib, 5-6 kun shamollatib qo„yiladi. Binolarda albatta bir yoshdagi parrandalar saqlanish kerak, har xil yoshdagi parrandalar saqlansa ular uchun me‟yor darajasidagi issikliq va namlik ko„rsatkichlarini ta‟minlab bo„lmaydi, bu esa jo„jalarning o„sish va rivojlanishiga salbiy ta‟sir ko„rsatadi. Ayniqsa o„stirishning dastlabki kunlari haroratning baland bo„lishi talab etiladi, aks holda jo„jalar shamollashi, kasallanishi, bir joyga to„p bo„lib bir-birlarini bosib o„ldirib qo„yishlari mumkin. Jo„jalarni o„stirish xonalarida birinchi un kunlikda tovuq, kurka jo„jalari uchun 32-25ºS, o„rdak va g„oz jo„jalari uchun 28-21ºS , ikkinchi un kunlikda tovuq va kurka jo„jalari uchun 24-22ºS, o„rdak va g„oz jo„jalari uchun 20-16ºS va 21 nchi kundan 40 kunlikgacha tovuq va kurka jo„jalari 21-16ºS, o„rdak va g„oz jo„jalari uchun 16ºS harorat talab etidadi. Jo„jaxonalarda harorat bilan mo„‟tadil namlik ham talab qilinadi, kurka va tovuq jo„jalari ustirilgan xonalarda 60-70%, o„rdak va g„oz jo„jalari o„stirilgan xonalarda 65-75% bo„lishi kerak, jo„jalar saqlash balandligida xonalarga psixrometr va havo tezligini o„lchaydigan asboblar o„rnatiladi. Ayniqsa jo„jaxonalarda zararli gazlar nisbatiga alohida e‟tibor beriladi, ularning havo tarkibida ko„payib ketishi jo„jalarning o„sish ko„rsatkichlari va salomatligiga salbiy ta‟sir ko„rsatadi. Jo„jaxona havosini har bir litrida ammiak 0,01mg, vodorod sulfid 0,003 mg, hamda karbonat angidrid gazi 0,15% dan oshmasligi kerak. 271 Jo„jalarni o„stirishda yorug„lik alohida ahamiyat kasb etadi. Sanoat parrandachiligida faqat su‟niy yorug„likdan foydalaniladi, fermer xo„jaliklarida esa tabiiy yorug„likdan foydalanish iqtisodiy samara beradi. Jo„jalarni o„stirishning 1 haftasida 24 soat yorug„lik berilib, keyin har hafta 30-40 minutga kamaytirib boriladi, mokiyonchalar tuxumga kirish davrida ushbu raqam sutkasiga 8 soatni tashkil qiladi. Tuxumlash davri boshlanishi bilan yorug„lik muddati o„zaytirilib 14 soatgacha yetkaziladi, ushbu ko„rsatkich suvda suzuvchi parrandalarda 15 soatgacha yetkaziladi. Jo„jalarni o„stirishda ultrabinafsha nurlaridan foydalanish yaxshi natijalar beradi. Buning uchun maxsus simob-kvarsli yoki eritem lyuminisent chirqlaridan foydalanish yaxshi natijalar beradi. Buning uchun maxsus simob-kvarsli yoki eritem lyuminisent chiroqlaridan foydalanish mumkin. Xo„jalik yo„nalishi, qabo„l qilingan texnologiyaga asosan jo„jalar yerda va kataklarda o„stiriladi. Jo‘jalarni yerda saqlash usulida talablarga binoan tayyorlangan 1 m² maydonga 0,7-1 kg so„ndirilgan ohak solinib, uning ustidan 15-20 sm qalinlikda to„shama to„shaladi. To„shama sifatida qirindi, somon, poxoldan foydalansa bo„ladi. To„shama jo„jalar uchun issiq va quro„q saqlash imkonini beradi. Ko„pincha tushamalar tagiga mikroorganizmlar faoliyati natijasida B 12 vitaminni sintezlanishi isbotlangan. Qalin tushamaning har 100 gr hisobiga 42-100 mkg B 12 vitamini hosil bo„lib, jo„jalarning ushbu vitaminga talabini qondiradi va jo„jalar oziqlarni yaxshi hazm qilib tanasida hosil bo„lishi ortadi. Tushamalarning namlanishiga yo„l qo„ymaslik kerak, u jo„jaxona havosi tarkibida namlikning ortishi va kasallik chaqiruvchi mikroorganizmlarni ko„payishiga sabab bo„ladi. Nam, iflos tushumalar vaqti - vaqti bilan almashtirib turiladi. 7.5.1.jadval . Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling