Maqsudov ilhomjon, joraev jomurod yangiboevich, amirov shavkat qo ziboevich


To‘shamalarda o‘stirishda 1 m² yuzada jo‘jalar  qalinligi, bosh


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet31/41
Sana25.06.2017
Hajmi5.01 Kb.
#9851
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   41

To‘shamalarda o‘stirishda 1 m² yuzada jo‘jalar  qalinligi, bosh 
 
Tuxum 
yo„nalishidagi 
jo„jalar 
Go„shtdor jo„jalar  Kurka jo„jalari 
O‟rdak jo„jalari 
G‟oz jo„jalari 
Yoshi (kun 
hisobida) 
Bosh 
soni 
Yoshi 
(kun 
hisobida) 
Bosh 
soni 
Yoshi 
(kun 
hisobida) 
Bosh 
soni 
Yoshi (kun 
hisobida) 
Bosh 
soni 
Yoshi 
(kun 
hisobida) 
Bosh 
soni 
1-30 
25 
1-30 
20 
1-20 
10 
1-10 
15 
1-30 
10 
31-60 
16 
31-70 
12 
21-60 

11-55 

31-70 

61-150 

71-180 

61-170 

56-180 
3,5 
71-180 

 
Broyler  jo„jalar  bir  kunligidan  go„shtga  topshirgunga  qadar  1  m²  yuzada  12 
boshdan boqiladi.  
Jo„jalarni  qalin  to„shamalar  ustida  o„stirishda  bruderlar  –  isitkichlardan 
foydalanish juda qulay. Har bir bruder tagida 500-600 bosh jo„ja boqilib ular uchun 
yetarli harorat yaratib beriladi.  

 
272 
O‟stirishning birinchi kunidan boshlab jo„jalar yengil hazm bo„ladigan oziqlar 
bilan oziqlantiriladi. Omixta yem tarkibi: makkajo„xori doni – 50%, bug„doy 16%, 
arpa  8%,  soya  shroti  16%,  quritilgan  yog„sizlantirilgan  sut  12%.  Donlar 
maydalanib, aralashtirib yediriladi. 
Jo„jalar  quro„q  oziqalar  bilan  oziqlantirilganda  uni  donador  qilib  yedirish 
yaxshi  natijalar  beradi.  Donador  oziqalar  o„lchami  1  oyda  3mm,  ikkinchi  oydan 
boshlab 4 mm qilib yedirilsa bo„ladi. 
Jo„jalar  dastlabki  oyda  har  2  soatda,  keyingi  oylarda  esa  3  soatda 
oziqlantiriladi.  Iloji  boricha  jo„jalarni  mahalliy  don  va  qo„shimchalar  evaziga 
ratsionning  to„laqiymatliligini ta‟minlash zarur. 
Nasldor  parrandalarni  3  oyligidan  oziqlantirish  biroz  chegaralaniladi,yoki 
ularning  muddatidan  oldin  jinsiy  yetilishi  oldi  olinadi,  o„rtacha  85  gr  omixta  yem 
beriladi,  6  oyligiga  kelib    ratsionda  asta-sekin  oziqalar  ko„paytirilib  155  gr  ga 
yetkaziladi. 
Jo„jalar  jo„ja  o„stirish  sexida  130-140  kunlikkacha  o„stiriladi.  Tovuqlar 
kataklarda  saqlanadigan  bo„lsa,  jo„jalarni  ham  kataklarda  o„stirish  maqsadga 
muvofiq  hisoblanadi.  Jo„jalar  dastlab  isitiladigan  KBE-1  va  KBM  qafasli 
batareyalarda  saqlanib  uning  katagi  0,37  m²  maydonga  ega  bo„lib,  unga  22  va  28 
jo„ja  o„tqaziladi.  Bu  kataklarda  oziqa  tarqatish,  axlatni  yig„ishtirish  to„liq 
mexanizatsiyalashgan.  61-140  kunligida  KBA,  BK-5,  BK-3  qafasli  batareyalarida 
har katakda 8-9 jo„ja saqlanadi.  
Jo„jalarni  o„stirish  mobaynida  2-3  marta  ko„chirish  ularning  o„sish  va 
rivojlanishiga salbiy ta‟sir ko„rsatadi. Shuning uchun hozir sanoatda parrandachilik 
korxonalarida  KBU  batareyalarida  1  kunlikda  140  kunlikkacha          bir  katakda 
o„stirish yaxshi natijalarni beradi. KBU-3  batareyasida 1 katak  maydoni 0,63 m². 
bu batareyalarda hamma ishlar mexanizatsiyalashgan. Unda jo„jalar dastlab 3 nchi 
qavat kataklarga  qo„yiladi, keyin esa 2-1 qavatlarga ko„chiriladi. 
Polda jo„jalar 30 kungacha o„stirish davomida bruder tagida harorat 35ºS dan 
22ºS gacha pasaytiriladi, nisbiy namlik esa 60-70% ni tashkil qiladi. 
Barcha yoshlarda reja asosida emlashlar o„tkaziladi. 
Jo„jalar  saqlanuvchanligi  qafaslarda  yoki  yerda  o„stirilganda  30  kunlikkacha 
95-97%    31-60%  kunlikda  96-99%  va  60-140  kunligida  98-99%bo„lishi  kerak. 
Zootexnikaviy  puchaklash 60  yoki  140 kunligida o„tkaziladi  va  15-20% ni  tashkil 
etadi.     
Broyler  jo„jalar  asosan  yirik  parrandachilik  sanoat  korxonalarida  o„stirilib 
,to„laqiymatli  yaxshi  hazm  bo„ladigan  maxsus  tarkibdagi  omixta  yemlar  bilan 
boqiladi.Ular  2-2,5  oyligida  1500-2000g  tirik    vaznga  ega  bo„lishi  ta‟minlanadi  . 
Ularning  1kg  vazn  oshishiga  3kg  yem  sarflanadi.Broylerlar  sanoat  korxonalari, 
fermer  xo„jaliklari  va  shaxsiy  yordamchi    xo„jaliklarda  qalin  tushamalarda 
o„stiriladi. 
O‟rdak  va  g„oz  jo„jalari  yirik  ixtisoslashgan  xo„jaliklarda  chegaralangan 
parrandaxonalarda jadal o„stirib go„shtga topshiriladi. 

 
273 
Unda  jo„jalar  10  kun  issiq  kataklarda  o„stirilib  ,keyin  qalin  tushamali 
parrandaxonalarga  o„tkaziladi.Bu  davrga  kelib  jo„jalar  vazni  200g  dan  ko„proq 
bo„lib ,isitish asosiy mezon bo„lib hisoblanmaydi. 
Go„sht  uchun  o„rdak  jo„jalari  bir  oydan  keyin  bo„rdoqilash  xonalariga 
joylashtirilib,  25  kun  bo„rdoqilanib  vazni  2,0-2,5kg  bo„lganida  go„shtga 
topshiriladi. 
O‟rdak  va  g„oz  jo„jalarini  katakli  batareya  yoki  yerda  boqqanda  ularni 
boshdan oxirigacha  bir joyda boqib bo„rdoqilagan ma‟qul. 
Kurka  jo„jalari  uch  haftagacha  tovuq  jo„jalari  singari  qalin  to„shamalar  yoki 
simli  kataklarda  saqlanadi  .Keyin  taxta  polli  yoki  qalin  to„shamali  binolarda 
boqiladi.Ularni to„laqiymatli yemlar bilan ta‟minlash yaxshi natijalar beradi.Fermer 
va  shaxsiy  yordamchi  xo„jaliklarda  ularni  yozgi    lagerlarda,yaylovlardan 
foydalangan holda o„stirish samarali hisoblanadi. 
 
VII. 6. Iste’mol tuxumi ishlab  chiqarish jarayoni. 
Tuxum  ishlab  chiqarishga  ixtisoslashgan  xo„jaliklarda  asosiy    sex  bo„lib, 
sanoat  galasi  tovuqlari  sexi  hisoblanadi.  Tuxum  ishlab  chiqarishda  parrandachilik 
fermer,  kichik  korxonalar  va  shaxsiy  yordamchi  xo„jaliklar  o„rnini  e‟tirof  etish 
o„rinli, chunki 50% dan  ko„proq tuxum shu toifadigi xo„jaliklarga to„g„ri keladi. 
Oziq-ovqat  tuxumining  aksariyat  qismi  yo„nalishidagi  parrandachilik 
fabrikalarida  ishlab  chiqariladi.  Ularda  100  mingdan  1  mln  boshgacha 
tuxumlaydigan tovuqlar asralib yiliga 300 mln. donagacha tuxum ishlab chiqariladi. 
Ularning  iqtisodiy  samaradorligi  har  1  m²  tovuq    saqlanadigan  yuzaga  kamroq 
mehnat,  mablag„  va  oziqa  sarflab,    ko„proq  tuxum  olish  bilan  belgilanadi.  Ilg„or 
parrandachilik  fabrikalari  har  bosh  tovuqdan  o„rtacha  280-300  dona  tuxum  olib, 
1000  tuxumga  1,8-2,0  s    yem  sarflanmoqda. Tuxum  yo„nalishidagi parrandachilik 
fabrikalari  ish  faoliyati    duragay  yosh  makiyonlarning  sifati,  ularning 
mahsuldorligi,  yashovchanligi,  oziqlantirish  va  saqlash  sharoitlari,  yil  davomida 
eski  tovuqlarni  yoshlari  bilan  almashtirib  turish,  hamda  tovuqxona  mikroiqlimini 
me‟yorda ushlash bilan belgilanadi. 
Tuxum  yo„nalishidagi  parrandachilik  fabrikalari  va  yirik  ixtisoslashgan 
korxonalar faoliyati quyidagilarga asoslanadi: 
1.Sanoat galasini yil davomida muntazam to„ldirib turish; 
2.Bir boshqa to„g„ri keladigan tuxum miqdorini ko„paytirish maqsadida faqat 
sermahsul duragay tovuqlardan foydalanish; 
3.Tovuqlarni  1  va  ko„p  qavatli  kataklarda  saqlash  evaziga  ish  jarayonlarini 
to„liq  mexanizatsiya  va  avtomatlashtirish  bilan  yuqori  mehnat  unumdorligiga 
erishish; 
4.Parrandalarni  faqat  quruq  to„laqiymatli  oziqalar  bilan  oziqlantirib,10 
tuxumga 1,6-1,8kg yem sarfini ta‟minlash; 
5.Yuqori  mahsuldorlik  va  parrandalar  salomatligini  ta‟minlash  maqsadida 
mo„‟tadil zoogigiyenik ko„rsatkichlarni taminlash. 

 
274 
Parrandachilik  fabrikalari  bir-biridan  kamida  300m  o„zoqlikda  joylashgan 
sexlardan  tashkil  topgan  bo„lib,bu  sexlar  bir  majmua  bo„lib  ishlaydi.  Shu  boisdan 
fabrikalar ancha katta maydonni egallab, sexlar aloqada ishlab fabrikaning umumiy 
ishlab chiqarish texnologiyasini shakllantiradi. 
Texnologik  jarayon  inkubatsiya  tuxumi  olish  uchun  ota-ona  galasi  sexidan 
boshlanadi.Ushbu sexda umumiy parrandalarning 8-20% saqlanadi.Ular tuxumidan 
yil davomida inkubatsiya qilinishi natijasida jo„ja chiqarilib,o„stirilib sanoat galasi 
to„ldirib boriladi. 
Bu  sexda  saqlash  usulidan  qat‟iy  nazar  tovuqlar  xo„rozlar  bilan  birga 
saqlanib,asosan otalangan tuxum olinadi. 
Inkubatsiya  sexi  fabrika  ehtiyojlari,  fermer,  dehqon  va  shaxsiy  yordamchi  
xo„jaliklar  talablari  asosida  sanoat  asosida  jo„ja  ochirishni  ta‟minlaydi.Olingan 
jo„jalar ba‟zan ota-ona galasini,asosan sanoat galasini to„ldirish uchun o„stiriladi. 
Jo‘jalarni  o‘stirish  sexi  asosan  ota-ona  galasi  uchun  mokiyoncha  va 
xo„rozcha, sanoat galasi uchun  mokiyonlarni  o„stirib beradi. 
Sanoat  parranda  galasi  sexida  iste‟mol    uchun  oziq-ovqat  tuxumi    ishlab 
chiqariladi va fabrika taqdirini belgilaydi. Barcha sexlarda faoliyati ushbu sexning 
ishini  yaxshilashga,  barcha  jarayonlari  me‟yorda  kechishiga  qaratiladi.  Barcha 
tovuqlar xo„rozsiz saqlanadi, yoki barcha iste‟mol tuxumlari otalanmagan bo„lishi 
shart. 
Tuxum  saqlash  sexi  yig„ilgan  tuxumlarni  ma‟lum  muddat  saqlab,  iste‟mol 
tuxumlarini  sifati  bo„yicha  navlarga  bo„ladi.  Bu  jarayonlar  katta  korxonalarda 
mashinalar,  kichik  korxonalarda  qo„lda  bajariladi.  Oxirida  tuxum  tanlanib, 
qadoqlanib, muhrlanib haridorlarga yetkazib beriladi. 
So‘yish  sexi  galadan  puchak  qilib  chiqarilgan  parrandalarni  so„yish  bilan 
shug„ullanadi,  qo„shimcha  go„sht  ishlab  chiqarilib,  fabrika  moliyaviy  ahvoliga 
ijobiy ta‟sir ko„rsatadi. 
Yil davomida bu sexlar o„zaro  bir-biri bilan  bog„langan holda ishlab yagona 
texnologik  xaritani  tashkil  qiladi.    Texnologik  xaritada  har  bir  sexning  barcha 
ishlab chiqarish hajmlari va muddatlari o„z aksini topadi. 
Ota-ona  galasi  tovuqlari  inkubatsiya    uchun  duragay  tuxumlar  yetishtirish  
bilan  shug„ullanadi.  Ushbu    guruhga  yosh  parrandalar  120  kunlikda  qabul  qilinib 
uning  ishi  boshqa  sexlar  faoliyatiga  moslashtiriladi.  Guruhda  mokiyoncha  va 
xo„rozcha va mokiyonchalarning nisbati 1:7-1:8, voyaga yetganlari uchun bu nisbat 
1:10 qilib belgilanadi. 
Har  bir  katakka  30-40  ta  tovuq  va  3-5  bosh  xo„roz  qo„yiladi.  1  m²  katak 
yuzasiga 17 bosh tovuq to„g„ri keladi, har bir tovuqqa 10-12 sm oxur va 3-4 sm suv 
oxuri uzunligi to„g„ri  kelishi ta‟minlanadi. 
Yoritish davomiyligi dastlab 8 soat bo„lsa, 8 oyligida 14-15 soat, 10 oyligida 
esa 16-17 soatga yetkaziladi. Parrandaxonada havo harorati 15-18 ºS bo„lishi kerak. 
Ushbu  parrandalar  11-12  oy  foydalaniladi,  ehtiyoji  bor  xo„jaliklarda  tullashdan 
keyin yana tuxum olishni davom ettirish mumkin.  

 
275 
Sanoat  guruhidagi  tuxum  beruvchi  tovuqlarni  asrashda  KBN-1  va  KBN-3 
rusumli  katakli  batareyalar  qo„llanilib,  tovuqlarni  joylashtirish  3-4  marta  tejaladi, 
oziqalar sarfi 10-15% kamayadi, 6-7  marta mehnat unumdorligi ortadi. 
Galani  to„ldirish  uchun  o„stirilgan  mokiyonchalar  120  kunligida  sanoat 
galasiga o„tkaziladi. Ular 16-17 oylikkacha jadal foydalaniladi. 
Sanoat  galasini  shakllantirish  uchun  duragay  yosh  mokiyonlar  130-140 
kunligida  tanlab  olinadi,  unda  ularning  tirik  vazni,  tana  tuzilishi,  rivojlanishi 
e‟tiborga olinadi. Har bir tovuqxona 1-3 kun ichida bir yoshdagi yosh mokiyonlar 
bilan  to„ldiriladi.  Yosh  tovuqlar  yoshi  farqining  bir  binoni  to„ldirganda  5  kundan 
oshmasligi kerak. 
Sanoat galasi tovuqlari qafaslarda saqlanadi, OBN-1 qafaslarida 3 yosh tovuq, 
KBN-1 qafaslarida esa 7 yosh  tovuq qo„yiladi. 
KBN  qafaslari  2  qatorli  3  yoki  4  qavatli  bo„ladi.  Oziqa  tarqatish,  sug„orish, 
axlatni tozalash, tuxumlarni yig„ish to„liq mexanizatsiyalashgan. Bitta katak yuzasi 
3185  sm².    OBN  kataklari  esa  bir  qavatli,  uning  tarkibiga  kiruvchi  jihzlar  oziqa 
tarqatish,  sug„orish,  axlat  chiqarish,  tuxumlarni  yig„ish  mexanizatsiyalashgan, 
mikroiqlim va yorug„likni boshqarish esa avtomatlashgan. 
Tovuqlar  qafaslarda  saqlanganda  havo  harorati  16ºS,  nisbiy  namlik  60-70% 
bo„lishi ta‟minlanadi. 
Fermer  ,kichik  korxonalarda  parrandalar  ko„pincha  yerda  saqlanadi. 
Tovuqxonalar  ko„pincha  18x96  m  o„lchamda  qurilgan  bo„lib,  8000-10000  tovuq 
saqlashga  mo„ljallangan.  Uning  har  bo„lagida  1000-1500  tovuq  saqlanadi.  Bu 
tovuqxonalarda  barcha  ishlar  mexanizatsiyalashgan.    Tovuqlar  yerda  saqlanganda 
sun‟iy  yoritish  4  vt,  qafaslarda  saqlanganda  esa  5  vt    1  m²  yer  yuzasiga  to„g„ri 
kelishi kerak. 
Oziq-ovqat  tuxumi  ishlab  chiqarish  uchun  tovuqlar  yerda  va  qafaslarda 
saqlanganda tovuqlardan 10-11 oy tuxum olinib, sung puchakka chiqariladi. 
Tovuqlar qafaslarda saqlanganda eng ko„p 45% tovuqboqar mehnati tuxumni 
yig„ishtirib olish, tashishga(KBN- qafasli batareyalar) ketsa, yem tarqatishga  faqat 
15%  ish vaqti sarflanadi. 
Tovuqlarning  tuxumdorligi oziqani to„yimliligi  va to„la qiymatliliga bog„liq, 
agar  u talabga javob bermasa duragay tovuqlar tuxumlashi keskin kamayib ketadi.  
Omixta  yemlar  to„yimliligi  100  gr  oziqa  tarkibidagi  almashinuv  energiyasi,  xom 
protein,  qator  aminokislotalar,  mineral  moddalar,  mikroelementlar,  vitaminlar, 
hamda energiya- protein nisbati bilan baholanadi. 
Barcha  omixta yemlar parrandalar yoshi va mahsuldorligiga qarab farqlanadi. 
M:  1-30  kunlik,  31-90  kunlik,  91-150  kunlik  parrandalar  uchun  omixta  yemlar 
tayyorlanadi.  30  kunlikkacha  jo„jalar  omixta  yemida  xom  protein  nisbati  ancha 
yuqori  bo„lib,  keyinchalik  bu  ko„rsatkich  pasaytirilib  boriladi.  Jo„jalarning  90 
kunligidan  boshlab  jinsiy  balog„at  yoshiga  erta  erishmaslik  choralari  ko„riladi, 
buning  uchun  to„yimliligi  biroz  past  yemlar,  uning  tarkibida  kletchatka  miqdori 
ko„paytiriladi,  yohud  chegaralangan  oziqlantirish  amalga  oshiriladi.  Agarda 

 
276 
birinchi yoshdagi jo„jalarda 300 kkal va 17,9% ga kamaytiriladi, 90 kundan keyin 
esa  250 kkal va 13,5% tushiriladi. 
Xo„jaliklarda  turli  xildagi  oziqa  tarkatgichlardan  foydalaniladi.  Parrandalar 
ko„pro„q  omixta  yem  bilan  oziqlantirilganda,  oxur  va  suv  novasi  1  bosh  tovuq 
uchun qo„ydagi uzunlikda ajratiladi: 30 kunlikkacha 4 va 1 sm; 31-60 kunlikda 5 va 
2 sm; 61-160 kunlikda 6 va 3 sm; voyaga yetgan tovuqlar uchun 6 va 4 sm. 
Tuxum  ishlab  chiqarish  texnologik  jarayoni  tuxum  omboriga  parhez 
tuxumlarni  yig„ish,  navlarga  ajratish  bilan  yakunlanadi,  ular  idishlarga  solinib 
iste‟molchilarga yuboriladi. 
Oziq-ovqat  tuxumni  vazni  va  puchog„ining  sifatiga  ko„ra  4  navga  ajratiladi: 
parhez–1,parhez-2, mayda  va  oshxonabop. Parhez-1  va parhez-2 navli  tuxumlarga 
muhr  bosiladi.  Parhez-1  tuxumiga  qizil  rangda,  parhez-2  navli  tuxumlarga  ko„k 
rangda  muhr  bosiladi.  16-17  oylik  tovuqlardan  11  oy  davomida    tuxum  olingach, 
puchakka chiqarilib so„yishga yuboriladi. 
 
VII. 7. Sanoat asosida parranda go‘shti ishlab chiqarish
Hozirgi  zamon  parranda  go„shti  yetishtirish  duragay  parrandalardan 
foydalanish,  ularni  to„laqiymatli  quruq  omixta  yemlar  bilan  oziqlantirish,  jadal 
texnologiyalarni joriy qilish, mo„‟tadil saqlash sharoitlarini yaratish. 
Yil davomida to„xtovsiz parranda go„shtini katta korxonalar yetishtirib beradi. 
Davriy  ravishda  to„xtovsiz  parranda  go„shti  yetishtirish,  yil  davomida  ota-ona 
galasini  o„z  vaqtida  to„ldirish  asosida,  inkubatsiya  tuxumini  uzluksiz  olish  va 
go„sht jo„jalarini o„stirishdan iborat. 
Parranda go„shtini sanoat negizida ishlab chiqarish o„ziga xos xususiyatlarga 
ega. Bular ishlab chiqarish vositalarini umumlashtirish, yil davomida bir me‟yorda 
go„sht  ishlab  chiqarish  ta‟minlash  uchun  texnologik  jarayonlarni  jadallashtirish; 
yirik  binolardan  samarali  foydalanish;  parrandalarni  asrashda  me‟yor  talablari 
ta‟minlash  uchun  mexanizatsiya  va  avtomatizatsiyadan  keng  foydalanish; 
parrandalarning  biologik  xususiyatlarida  to„la    foydalanish  asosida  kam  oziqa  va 
mehnat harajati bilan mo„l, sifatli, arzon go„sht ishlab  chiqarishdan iborat. 
Parranda  go„shti  ishlab    chiqarishga  ixtisoslashgan  korxonalarda  ishlab  
chiqarish tugallangan texnologik jarayonlarga asoslanadi. 
Uning  tarkibida  ota-ona  galasi,  inkubatoriya,  yosh  nasllik  parrandalarni 
o„stirish, jo„jalarni go„sht uchun o„stirish, so„yish sexlari va qo„shimcha bo„limlarni 
o„z ichiga oladi. Ushbu tizim yagona texnologik harita asosida o„zviy bog„liqlikda 
ishlaydi. 
Ota-ona galasi sexi inkubatsiyalash uchun duragay tuxumlar ishlab chiqaradi. 
Bu sexda har 8 tovuqqa 1 xo„roz berkitilib birga saqlanadi. Yil davomida bir tekis 
jo„ja  ochirish  ta‟minlash  uchun  ota-ona  galasi  kamida  4  marta  nasldor  yosh 
parrandalar  bilan  to„ldiriladi.  Ba‟zi  yirik  korxonalarda  bu  tadbir  10  martagacha 
amalga oshiriladi. 

 
277 
 Nasldor  mokiyonchalar  150  kunlikda  ota-ona  galasi  tovuqxonasiga 
ko„chiriladi,  bir  oydan  keyin  ro„yi-rost  shu  guruhga  hujjat  bilan  o„tkaziladi. 
Ulardan  8  oylikdan  14-15  oyligigacha,  6-7  oy  davomida  inkubatsiya  tuxumlari 
olinadi. Kerak bo„lsa to„llashdan keyin, ikkinchi davrga tuxum olish mumkin. 
Ba‟zi    korxonalarda  ota-ona  galasi  tovuqlari    yirik  kataklarda  guruhlab 
saqlanadi. Bir katakda 30-40 tovuq va 4-5 xo„roz asraladi. Ushbu binolarda qishda 
harorat 14-18 ºS, yozda esa 25ºS dan oshmasligi kerak.  Nisbiy namlik qishda 65-
75%, yozda 55-65% tashkil etadi. 
Yorug„lik darajasi oziqa oxiri tomonda 25-35 lyuks. Eng yuqori mahsuldorlik 
paytida yoritish sutkasiga 14-15 soatdan  16-17 soatgacha yetkazladi. Tuxum berish 
jadalligiga qarab bir bosh tovuqqa 130-160 gr omixta yem beriladi.  
Kurka  go„shti  ishlab  chiqarishga  ixtisoslashgan  korxonalar  ota-ona  galasiga 
kurka  jo„jalari  120  kunligida  sog„ligi  va  rivojlanganligiga  qarab  tanlab  olinadi. 
Ularning erkak va urg„ochilari alohida saqlanib tabiiy urug„lantirishda 1:10 nisbat 
sun‟iy urug„lantirishda 1:50 nisbat qo„llaniladi. 
Kurka  go„shti  ishlab  chiqaruvchi  korxonalar  ota-ona  galasi  12x96,  18x72  m 
o„lchamdagi  kurkaxonalar  bo„lib,  ularda  barcha  mikroiqlim  sharoitlari  yaratib 
beriladi.  Kurkalar  ushbu  binolar  ichida  200-250  boshdan  qalin  tushamalardan 
guruhlab  saqlanadi.  1  m²  maydonga  1,5  bosh  kurka  to„g„ri  kelib,  xonada  16ºS 
harorat va 60-70% nisbiy namlik tashkil etiladi. Kurkalarni sim kataklarda saqlash 
ularning  kurk  bo„lish  instinktini  kuchaytirishi  mumkin.  Ota-ona  galasi  kurkalari 
alohida omixta bilan oziqlantiriladi. 
O‟rdak go„shti ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalarning ota-ona galasi 
yaxshi  rivojlangan,  sog„lom  150-160  kunlik    yosh  o„rdaklardan  shakllantiriladi. 
Jinsiy    nisbat 1:4  bo„lib,  erkak  va urg„ochi  o„rdaklar  birga saqlanadi.  Inkubatsiya  
tuxumi  kurkalardan  6  oylikdan  boshlab  olinadi.  Ota-ona  galasi  yiliga  6  marta 
to„ldirib turiladi. 
Jo„jalar  qalin    tushamalarda  1  m²  maydonda  8  boshdan  saqlanadi.  Havo 
harorati  8-12  ºS,  havoning  nisbiy  namligi  75-80%,  yoritish  davomiyligi  14-16 
soatni tashkil etadi. Maxsus omixta yem bilan oziqlantiriladi. 
G‟oz  go„shti  ishlab  chiqarish  korxonalarining  ota-ona  galasida  g„ozlar  5  yil 
davomida  foydalaniladi,  lekin  oxirgi  yillari  g„ozlar  tuxumdorligining  pasayishi 
ko„zatiladi. 
Shuning  uchun  galada  35%bir,  30%  ikki,  25%  uch,  10%  to„rtinchi  yilgi 
g„ozlar    bo„lishi  maqsadga  muvofiq  hisoblanadi.  Shunday  qilganda  yil  davomida 
bir tekisda inkubatsiya tuxumlari olishni  ta‟minlash mumkin.  
Ota-ona  galasi  180  kunlik    g„ozlar  bilan  tashkil  etiladi.  Og„ir  vaznli  zotga 
mansub  g„ozlar  uchun  jinsiy  nisbat  1:3,  yengillari  uchun  1:4  qilib  belgilanadi. 
Birinchi  yili  faqat  tabiiy  yorug„lik  bilan    kifoyalansa,  ikkinchi  yili  dekabr  oyidan 
yoritish  har hafta cho„zib sun‟iy   yoritiщ evaziga 14-15 soatga yetkaziladi.  

 
278 
G‟ozlar derazasi, qalin tushamalardan 100-150 boshdan saqlanib, 2-3 g„ozga 1 
ta  tug„ish  uyasi  qo„yiladi.  Tushama  sifatida  qirindi,  somon  yoki  maydalangan 
poxoldan foydalanish mumkin.  
Havo harorati qish paytlarda 7-14ºS namligi 70-80% bo„lishi talab etiladi. 1m² 
bino  yuzasiga  1-2  boshdan  g„oz  to„g„ri  keladi.  Maxsus  quruq  omixta  yemdan  har 
boshiga 300-350 gramm beriladi. 
Go‘sht  uchun  broyler  jo‘jalarini  o‘stirish  muhim  soha  bo„lib    
hisoblaanadi. 
Go„sht  uchun  duragay,  tez  o„sish  qobiliyatiga  ega,  oziqadan  samarali  
foydalanadigan  jo„jalar  kerak.  Duragay  broyler  jo„jalari  8  haftalikda  1,5-1,7kg, 
o„rdak  jo„jalari  7-8  haftaligida  3  kg;  urg„ochi  kurkalar  7-8  haftaligida  3,5-4  kg, 
erkaklari  5  kg;  g„oz  jo„jalari  8-9  haftaligida  4,5  kg,  sesarka  jo„jalari  10-11 
haftaligida 1 kg, bedona 9 haftaligida 110-120 gramm tirik vaznga erishadi. Broyler 
jo„jalari  1  kg  vazn  qo„shishi    uchun    2,2-2,6  kg  yem,  kurka  jo„jalari  3,0-3,6  kg, 
o„rdak  jujlari  3  kg    oziqa  sarflaydi.  Davlat    andozasi  bo„yicha  go„shtga 
topshirilganda jo„jalar 0,6 kg, broyler jo„jalari 0,8 kg, kurka jo„jalari 2  kg, o„rdak 
jo„jalari 1,3 kg, g„oz jo„jalari 2 kg, sesarka 0,6 kg vazndan kam bo„lmasligi talab 
etiladi.  
Broyler  jo„jalari  yirik  korxonalarning  bir  qismi,  fermer,  kichik  korxona 
shaxsiy  yordamchi  xo„jaliklarda  qalin  tushamalar  ustida  o„stiriladi.  Ba‟zi 
ixtisoslashgan  broyler  go„shti  ishlab  chiqaradigan  fabrikalarda  kataklarda 
o„stiriladi.  Broyler  jo„jalari  to„shamalar  ustida  1m²  yuzada  12-20  boshdan 
saqlanadi.  
Parrandaxonaga  1  kunlik  jo„jalar  keltirilgandan  keyin  50-56  kundan  keyin 
to„liq go„shtga so„yiladi. 
Broyler  jo„jalari  o„stirish  xonasida  harorat  24-25ºS  dan  past  bo„lmasligi, 
bruderlar    ostida  esa  33-35ºS  bo„lishi  ta‟minlanadi.  Keyinchalik  harorat  20ºS  , 
undan  ham  pasaytiriladi,  nisbiy  namlik  60-70%  tashkil  qiladi.  Yoritish  butun 
o„stirish davomida 24 soatni tashkil qiladi.  
Broyler  jo„jalarini  2  xil  omixta  yem  bilan  o„stiriladi.    Birinchisi  30 
kunlikkacha, ikkinchisi 30 kundan 55 kungacha qo„llanib tarkibi bilan farqlanadi. 
Kurka  jo„jalarini  go„sht  uchun  o„stirishda  sanoat  asosida  yopiq  binolarda, 
yayratmasdan  o„stiriladi.  Ular  ko„pro„q  oziqalar  bilan  boqilib,  120  kunlikda 
go„shtga  so„yiladi.  Yerga  tushalgan  qalin  tushamaning  har  bir  1m²  maydoni  
yuzasiga 4-5 bosh kurka jo„jasi to„g„ri keladi.  
O‟rdak  jo„jalari    qalin  tushamalarda  yoki    katakli  batareyalarda  o„stiriladi. 
Ular bruderlar tagida o„stirilganda 1m² yuzaga 10 kunlikda 14-16 bosh, 20 kunlikda 
12  bosh, keyingi davrda  esa  6-7 boshdan joylashtiriladi.  
G‟oz jo„jalarini go„sht uchun o„stirishda qalin tushamalardan,  ba‟zan sanoat 
asosida ishlaydigan korxonalarda katakli batareyalardan foydalaniladi. Ular 60 kun 
jadal  o„stirilib  so„yiladi.  Shu  davrda  ular  3,7-4,2  kg  vaznga  yetib,  1  kg  vazn 
qo„shishiga 3,0-3,5 kg oziqa sarflaydi.  

 
279 
Katta  parranda    go„shti  ishlab  chiqarish  korxonalari  berk  doirada  ishlaydi.              
U  inkubatsiya  tuxumini  olishdan  boshlab,  tayyor  go„sht  mahsulotini    sotish  bilan 
tugaydi. Bunday xo„jaliklarda 4-4,5 marta jo„ja boqilishi nazarda tutiladi.  
Ota-ona  galasi  yil  davomida  ishlab  chiqarilishi  lozim  bo„lgan  broyler  go„shti 
hajmidan kelib chiqadi. Bunda yana albatta   ota-ona zotlardan bittasida oq tusning 
dominantligiga e‟tibor beriladi, chunki oq tus broyler go„shtining tovar xususiyatini  
ta‟minlaydi.  
Inkubatsiya  tuxumi go„sht tovuqlaridan  8 oyligidan 16 oyldikkacha yoki 7-8  
oy tuxum olinadi, shundan tuxumlashning  birinchi 5 oyida tuxum berish  ko„proq 
bo„ladi.  16  oylikdan  katta  yoshdagi  tovuqlar  tuxumi    broyler  jo„jalari  olishga 
yaroqsiz hisoblanadi. 
Ota-ona  galasi  yerda    saqlanadi,  ma‟lum  qatorga  mansub  150  kunlik 
parrandalar guruhlanadi. 2m² maydonga 7 ta tovuq joylashtiriladi. Harorat 15-18 ºS 
,  nisbiy  namlik  60-70%  bo„ladi.  Yosh  mokiyonlar  210  kunligida  voyaga  yetgan 
tovuqlar toifasiga o„tadi. 
 Ota-ona galasi uchun  yosh  jo„jalar, jinsi bo„yicha  ajratilib, asllari  o„stirishga 
qoldiriladi. 63 kungacha broyler jo„jalari kabi o„stiriladi, yoki 1 m² maydonga  16-
17  bosh  1  kunlik  jo„ja  to„g„ri  keladi,  63  kunda  tanlab  yaxshi  rivojlanganlari 
qoldiriladi.  70  kunlikdan  boshlab  250  kkal    energiya  va  16%  xom  proteinga  ega 
omixta yem bilan oziqlantiriladi. 
Yoritish  24  soatdan    8  soatga  tushiriladi,    natijada  jinsiy  balog„at  yoshiga 
yetish  biroz  orqaga  suriladi.  Asosiy  galaga  o„tkazishda  yana  baholanib,  talabga 
javob bermaydigan parrandalar puchak qilinadi. 
Broyler  jo„jalari  asosan  yerda  10000-20000  boshdan  qilib  boqiladi.  Shuning 
uchun    keng  tovuqxonalarda  “broyler  10”,“  broyler  20”  jihozlari  o„rnatilib  unda 
barcha jarayonlar  mexanizatsiyalashgan  va qisman avtomatlashgan. Ular bunkerli 
oziqa  tarqatgich,  oziqa  tarqatish  yo„lagi,  vakuum  so„g„orgich,  silindrsimon  osma 
oxurlar, elektr bruderdar va ular to„siqlar bilan ta‟minlagan. 
Yangi  jo„jalar  olishdan  oldin  bino  obdan  tozalanib,  dezinfeksiya  qilinib, 
yuzasiga  sundirilgan  ohak  sepiladi  (0,5kg  1  m²  ga)  va  12-15  sm  qalinlikda  tekis 
qilib  tushama  solinadi.  O‟stirish  davomida  1  bosh  broyler  uchun  2,2-2,5  kg 
to„shama sarflanadi. Har bir parrandaxona bir kunda bir kunlik ikki jinsdagi jo„jalar 
bilan to„ldiriladi. Broylerlarni joylashtirish ularning yoshi va vazniga qarab 1  m² 
yerga 13-14 boshni tashkil qiladi. Har bir bruder tagiga 500 jo„ja qo„yiladi. Bruder 
atrofiga  40  sm  balandlikdagi  to„siqlar  o„rnatiladi,  shunday  qilganda  1  chi  hafta 
jo„jalar to„liq issitgich tagida bo„ladi.  
Birinchi  besh  kunlikda  harorat  26-25ºS,  bruder    tagida  esa  33-35ºS, 
keyinchalik u sekin pasaytirib boriladi va o„stirish oxirida 18 ºS bo„ladi. Bruderlar 
3-4 haftada foydalanilib keyin uchirib qo„yiladi.  
Dastlabki  3-4  kun  jo„jalarga  mayin  yem  beriladi,  keyin  kichik  oxurlar  olinib 
katta oxurlar qo„yiladi. 

 
280 
Jo„jalar osma suv oxurlaridan foydalanishga o„rganadi.2 haftaligidan boshlab 
jo„jalar oziqa tarqatgichlar yordamida oziqlantiriladi. Bunda 1 broyler jo„jasiga 5-6 
sm  yem va 3-4 sm suv oxur uzunligi ajratiladi. Respublikamizda  broyler jo„jalari 
63  kunlikgacha  ustiriladi(chet  elda  49  kundan  56  kungacha).  Jo„ja  go„shti  ishlab 
chiqarish  samarasi  ularning  qanchalik  jadal  o„sishiga  bog„liq.  Barcha  qishloq  
xo„jalik  parrandalari  go„sht  uchun  so„yish  muddatlari,  davrlar  bo„ylab  o„sish 
tezligi, nimta va go„sht sifati, 1 kg semirishi uchun sarflangan oziqa miqdori bilan 
baholanadi.  
Broylerlarni o„stirishda alohida yoritish tizimi qo„llaniladi. Birinchi 3-4 hafta 
yoritish 24 soat , 40 kunlikdan 17 soat qilib belgilanib o„stirish oxirigacha shunday 
qoldiriladi.  1  o„n  kunlikda  yoritish  darajasi  1m²  ga    4  Vt,  keyinchalik  2  Vt  ga 
tushiriladi, tunlari esa yoritish 0,5 Vt/ m² bo„lsa yetarli bo„ladi. 
Hozirgi  paytda  broyler  jo„jalari  katakli  batareyalarida  o„stirilish  natijasida 
mehnat  unumdorligi  3-4  barobar  ortadi.  Broylerlarni  o„stirishda  asosiy  e‟tibor 
oziqlantirishga  qaratilishi  kerak,  oziqa  to„laqiymatli,  ko„pro„q  va  har  doim 
oxurlarda turishi kerak.    
 
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling