Maqsudov ilhomjon, joraev jomurod yangiboevich, amirov shavkat qo ziboevich


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet28/41
Sana25.06.2017
Hajmi5.01 Kb.
#9851
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   41

2  oyligida  onasidan  ajratilgan  cho„chqa  bolalari  25-50  boshdan  qilib 
guruhlanadi,  ular  qishda  issiq  xonalarda,  yozda  ochiq  ayvonlar  tagida  saqlanadi. 
Ular dastlabki kunlari 5 – 6 marta, keyinchalik 3 – 4 marta oziqlantiriladi. Ularga 
albatta sut oziqalari bilan yem, shirali va dag„al oziqalar beriladi. Sutdan chiqqan 
cho„chqa bolalari kasallanmasliklari uchun ularga har kuni 2 marta 1 kg yemga 5 g 
biomisin,  yoki  10  g  penisillin  qo„shib  5  –  6  kun  yedirilsa  maqsadga  muvofiq 
bo„ladi. 
Shunga  qaramasdan  ular  10-15  kun  onasini  qumsab  bezovtalanadi,  shuning 
uchun ularga diqqat e‟tibor zarur. Shu boisdan ularga 1 – 3  l kaymog„i olingan sut 
berib turish tavsiya etiladi. Agar ular birdan o„simlik oziqalari ratsioniga o„tkazilsa 
birdan ko„nikmay, ratsiondagi oziqalarni to„liq hazm qila olmasligi natijasida tirik 
vazni sekin ortadi. 
Albatta onasidan ajratilgan cho„chqa bolalari ratsionida yetarli miqdorda oqsil, 
mineral moddalar vitaminlarga boy oziqalar bo„lishi talab etiladi. Ushbu maqsadda 
ular  ratsioniga  ko„proq  qaymog„i  olingan  sut,  ayron  va  zardob  qo„shish  yaxshi 
natijalar beradi. 
 

 
245 
6.4.1.jadval  
Onasidan ajratilgan cho‘chqa bolalarining tirik vazni, kg 
(A.P.Redkin bo„yicha) 
 
Cho„chqa bolalarining 
yoshi 
Sof zotli nasldor 
cho„chqa bolalari 
Go„sht uchun 
o„stiriladigan duragay 
cho„chqa bolalari 
1 oylik 
6-9 
5.5-7.0 
2 oylik 
16-20 
14-18 
3 oylik 
28-35 
25-30 
4 oylik 
40-50 
38-45 
 
Podani to„ldirishga mo„ljallangan yosh cho„chqalar uchun 4 -o„n kunlikda 2 l 
dan, 5 chi o„n  kunlikda 1,5 l va 6 o„n kunlikda 0,5 l kaymog„i olingan sut, ayron va 
zardob  berish  tavsiya  etilsa,  bo„rdoqilashga  ajratilgan  guruhlarda  esa  1-o„n 
kunlikda 0,8 litr, 2 - o„n kunlikda 0,6,  3 - o„n kunlikda 0,4, 4 -o„n kunlikda – 0,3, 
va 5-o„n kunlikda 0,2 l qaymog„i olingan sut beriladi. 
   Onasidan  ajratilgan  cho„chqa  bolalariga  yetarli  miqdorda  qishda  dag„al  va 
shirali,  yozda  ko„kat  oziqalar  bo„lishi  ularning  oshqozon-ichak  tizimining 
rivojlanishi va bo„rdoqilash davri uchun tayyor bo„lishida alohida o„rin tutadi. 
Ushbu  guruh  cho„chqalarga  yem  yormalarini  achitib  berish  yaxshi  natijalar 
beradi,  lekin  bu  jarayonga  cho„chqa bolalari  asta-sekinlik bilan o„rgatilishi kerak, 
aks holda ularning ichi o„tib ketishi mumkin. 
Onasidan  ajratilgan  cho„chqa  bolalarini  me‟yor  bo„yicha  4  oylikkacha  4 
mahal, keyin esa 3 mahal oziqlantiriladi. 
2-4 oylik cho„chqalar  katagida  har  doim  quruq  va  toza  yem,  hamda  toza  suv 
bo„lishi shart. Bu cho„chqalarni yayratish va tanasini toza saqlash talab etiladi. 
4  oylik  cho„chqa  bolalari  jinsi  bo„yicha  guruhlanadi.  4  oylik  cho„chqalar 
baholanib  asllari  podani  to„ldirish  uchun,  qolganlari  esa  bo„rdoqilash  guruhlariga 
o„tkaziladi. 
Podani to„ldirishga mashhur erkak va mahsuldor yuqori sifat ko„rsatkichlariga 
ega  urg„ochi  cho„chqalar  bolalari  qoldirilib  ularga  me‟yordagi  oziqlantirish  va 
saqlash sharoitlari yaratib beriladi. 
Podani  to„ldirish  uchun  4  oylik  urg„ochi  cho„chqalar  talabga  nisbatan  2-3 
barobor  ko„p  qoldirilib    kelib  chiqishi,  ekstereri  va  konstitutsiyasi,  o„sish  va 
rivojlanishi bo„yicha baholanadi. 
4  oylikdan  keyin  urg„ochi  nasldor  cho„chqalar  40-50  boshdan  guruhlab 
saqlanib olti oyligida yana baholanadi, unda tirik vazni, tez yetiluvchanligi eksterer 
va konstitutsiyasi va sog„ligi inobatga olinadi. 
10-11  oylik  podani to„ldirish  uchun qoldirilgan  urg„ochi cho„chqalar 4  marta 
baholanadi, ularning vazni shu vaqtda 130-140 kg bo„lishi kerak. Podani to„ldirish 
uchun qoldirilgan erkak cho„chqalar shu davrda 150-160 kg bo„lishi talab etiladi. 

 
246 
Birinchi  marta  qochirilayotgan  urg„ochi  cho„chqalar  avlodlarining  sifati 
bo„yicha  nazorat  qilingan  kamida  elita  klass  nasldor  erkak  cho„chqalar  bilan, 
birinchi  marta  qochirishda  foydalanayotgan  erkak  cho„chqalar  esa  tekshirilgan 
urg„ochi cho„chqalar bilan juftlanadi. 
Urg„ochi  cho„chqalar  birinchi  marta  tuqqanidan  keyin  avlodining  sifati 
bo„yicha  oxirgi  marta  nazorat  qilinib  eng  yaxshilari  olib  qolinib  qolganlari 
bo„rdoqilash guruhiga o„tkaziladi. 
Podani to„ldirish uchun bahor paytida tug„ilgan cho„chqa bolalarini qoldirish 
maqsadga  muvofiq  hisoblanidi,  chunki  ular  erta  bahordan  kech  kuzgacha  ochiq 
havo  va  ko„kat  oziqalarni  iste‟mol  qilishi  natijasida  sog„lom  va  baquvvat  o„sadi, 
bunday cho„chqalarda xo„jalikda uzoq vaqt foydalanish mumkin. 
Podani  to„ldirish  uchun  mo„ljallangan  nasldor  yosh  cho„chqalarni  semirib 
ketishiga yo„l qo„ymaslik uchun faqat me‟yorlar asosida oziqlanishini tashkil qilish 
kerak. 
 
VI.5.Cho‘chqalarni bo‘rdoqilash. 
Bo„rdoqilash  maxsus  binolarda  yoki  ayvonli  maydonchalarda  o„tkaziladi. 
Cho„chqalar  guruhlab  25-50  boshdan  kataklarda  saqlanadi.  Bo„rdoqilash 
natijalariga  cho„chqaning  zoti,  yoshi,  jinsi,  vazni,  oziqlantirish  va  saqlash 
sharoitlari, saqlash zichligi va bo„rdoqilash davomiyligi ta‟sir qiladi.  Cho„chqalar 
go„sht, bekon va yog„ semizligigacha bo„rdoqilanadi. 
Go„sht uchun cho„chqa bolalarini bo„rdoqilash 4 oyligida tirik vazni 35-40 kg 
bo„lganda boshlanib, 110-120 kg vazngacha davom etiriladi. 
Bo„rdoqilash risoladagidek tashkil qilinsa ushbu vaznga cho„chaqalar 6,5-7,5 
oyligida  erishadi.  O‟rtacha  kunlik  semirish  600  g  va  undan  yuqori  bo„lishi 
ta‟minlanadi va 1 kg vazn ortishi uchun 4-5 oziqa birligi sarflanadi. Go„sht uchun 
bo„rdoqilash yakunida bo„rdoqi cho„chqalar 6-7 ko„krak umurtqa o„simtasi ustidagi 
yog„ qatlamining qalinligi 1,5-4 sm atrofida bo„lishi, nimtaning 52-58% go„sht va 
33-40%  yog„  tashkil  etishi  kerak.  Xo„jalikning  oziqa  zahiralariga  qarab  go„sht 
bo„rdoqilashi o„rtacha jadallika (kuniga 550 g gacha semirtirish) va jadal (kuniga 
550 g dan ortiq) bo„lishi mumkin. 
Ratsion tarkibida oziqalar nisbatiga ko„ra burdoqilash yemli, yem va lavlagili, 
hamda  yem  va  oziqa  chiqindilari  asosida  bo„lishi  mumkin.  Eng  ko„p  tarqalgan 
yemli  xili  hisoblanadi.  Bunda  ratsion  asosan  don,  proteinli  o„simlik  va  hayvonot 
oziqalari, vitaminli, antibiotik, mineral va mikroelementli qo„shimchalardan tashkil 
topadi. 
Bunday  oziqalar  quruq  aralashma  sifatida  sanoat  yoki  xo„jalik  sharoitida 
tayyorlagan bo„lishi mumkin. 
Ratsionda  yemning  ko„p  bo„lishi  cho„chqalarning  to„yimli  moddalarga 
bo„lgan  talabini  kam  hajmdagi  oziqa  bilan  qondirish  imkonini  beradi.  Bundan 
tashqari yem oziqalarini yedirish qulay. 

 
247 
Lavlagi bilan bo„rdoqilashda ratsion to„yimligining 30-35%  ini qand lavlagisi 
tashkil qilib u ham maydalangan holda cho„chqalarda yediriladi. 
Yem-lavlagi  ratsionlarda  bo„rdoqilanganda  protein,  mineral  va  vitaminlar 
bilan  tenglashtirish  talab  etiladi,  chunki  qand  lavlagisi  yuqoridagi  to„yimli 
moddalarga kambag„al bo„ladi. 
Yirik  shaharlar  atroflarida  go„sht  uchun  cho„chqalar  oziq-ovqat 
chiqindilaridan  foydalanib  bo„rdoqilanadi.  Ushbu  chiqindilar  oziq-ovqatlar  ishlab 
chiqaradigan  va  umumiy  ovqatlanish  korxonalaridan  olinadi.  Bunday  chiqindilar 
avtoklav  qozonlarida  yem  bilan  birga  pishirilib  cho„chqalarga  yediriladi.  Oziq-
ovqat chiqindilari ratsion to„yimliligini 30 % gacha bo„lishi tavsiya etiladi. 
Bekon- yosh cho„chqa go„shti hisoblanadi. Bunday nimta o„z tarkibida asosan 
go„sht va oz miqdordagi yog„ bilan ta‟riflanib, nozikligi, mayinligi va ajoyib ta‟mi 
bilan  ajralib  turadi.  Ulardan  noyob  cho„chqa  go„shti  pishiriqlari  tayyorlanadi 
(asosan dudlamalar). 
Bo„rdoqilash  muddatlari  go„sht  bo„rdoqilash  muddatlariga  teng  kelib  qoladi. 
Bekon  burdoqilash  uchun  oq  tusdagi  sog„lom  2,0-2,5  oylik  vazni  20-25  kgli 
cho„chqa bolalari tanlab olinadi. 
Bekon  bo„rdoqilash  uchun  talablar  go„sht  uchun  bo„rdoqilashga  nisbatan 
ancha  yuqori  bo„ladi.  Bo„rdoqilash  6-7  oylikda  yakunlanib  cho„chqalar  vazni  90-
105 kg ga yetadi. 
Bo„rdoqilashdan  keyin  cho„chqalar  nimtasi  uzun,  tashqi  qismida  burmalar 
bo„lmasligi  kerak,  teri  osti  yog„  qatlami  yupqa  bo„lib  (6-7  ko„krak  umutqalari 
o„simtalari  ustidagi  yog„  qatlami  1,5-3,5  sm),  yog„ning  eng  qalin  va  yupqa 
joylaridagi  farqi  0,5  sm  dan  oshmasdan  teng  qalinlikda  bo„lishi  kerak.  Bekon 
bo„rdoqilash uchun yosh go„sht va bekon  yo„nalishidagi cho„chqalar bo„rdoqilanib 
ulardan kamyog„ sifatli cho„chqa go„shti ishlab chiqariladi. 
Sutkalik  semirish  bo„rdoqilashning  birinchi  davrida  400-500  g,  2-davrda  esa 
eng kamida 600-700g bo„lishi talab etiladi. 1g semirish uchun 4,0-4,5 oziqa birligi 
sarflanadi.  Oziqlantirish  me‟yori  xuddi  yosh  cho„chqalar  go„sht  uchun 
o„stirilgandagidek  bo„ladi.  Qish  paytida  ratsionning  80-85%  yem,  10%  hayvonot 
oziqalari va 5-10% shirali va o„t talqoni tashkil qiladi. Yoz paytida shirali oziqalar 
va o„t talqoni o„rniga ko„kat oziqalar kiritiladi. Makkajo„xori va suli doni, kepak, 
baliq  qoldiqlari, kunjara  va  shrot bekon sifatiga  salbiy  ta‟sir ko„rsatib uning  yog„i  
yumshoq va eruvchan bo„lib qoladi. Bunday oziqalardan bo„rdoqilashning birinchi 
davrida  foydalanib  bo„rdoqilash  oxiriga  1,5-2  oy  qolganda  to„xtatiladi. 
Cho„chqalarni  bo„rdoqilash  no„xat,  arpa,  tariq,  kartoshka  va  dukkakli  o„tlardan 
tayyorlangan talqonlardan foydalanib o„tkazilsa a‟lo sifatli bekon nimtalar olinadi. 
Bekon  bo„rdoqilash  uchun  terilari  jarohatlangan  cho„chqa  bolalari  tanlab 
olinmaydi. 
Bo„rdoqilash  tugab,  cho„chqalarni  so„yishiga  olib  borishida  har  1  katak 
cho„chqalarni  alohida  ulovda  olib  borish  kerak,  agar  boshqa  katak  cho„chqalari 
aralashtirib  yuborilsa  cho„chqalar  bezovtalanib,  urishib  bir-birlariga  jarohat 

 
248 
yetkazishi  natijasida  bekon  nimta  sifati  pasayadi,  ba‟zan  esa  bekon  nimtalari 
puchak (brak) qilinib go„sht nimtasiga o„tkazib yuboriladi. 
Cho„chqa  go„shti  yetishtirishni  ko„paytirishdagi  asosiy  zahiralardan  biri 
puchak qilingan voyaga yetgan cho„chqalarni bo„rdoqilash hisoblanadi.(100kg dan 
ortik  yosh  cho„chqalar,  urg„ochi  va  erkak  cho„chqalar).  Puchak  qilingan 
cho„chqalar jinsi va vazni bo„yicha guruhlanadi. Bo„rdoqilash 2-3 oy jadal tashkil 
qilinadi. Shu davr ichida sutkalik semirish 800-1000 g ni tashkil etib, teri osti yog„ 
qatlamining  qalinligi  7  sm  ga  yetadi.  Bunday  cho„chqalar  vazni  asosan  yog„ 
hisobiga  ortishini  hisobga  olib  ratsion  tarkibida  protein  kamaytirilib  (  70-80  g 
protein 1 oziqa birligida), uglevodli oziqalar nisbati ko„paytiriladi. 
Bo„rdoqilashning birinchi oyida ratsion tarkibiga to„yimliligi bo„yicha 40-50% 
hajmli oziqalar kiritiladi (silos, kartoshka, lavlagi, oziq-ovqat  va  don chiqindilari). 
Bo„rdoqilash pirovardida bunday oziqalar nisbati kamaytirilib yem oziqalari nisbati 
70-80% ga, ba‟zan esa 100% ga  yetkaziladi. 
 
 
VI bob uchun nazorat savollari 
1.
 
Cho‟chqachilik nima ahamiyati  
2.
 
Co‟chqalarning boiologik hususiyatlari  
3.
 
Cho‟chqalarning mahsuldorligi  
4.
 
Cho‟chqa zotlari klassifikasiyasi  
5.
 
Yirik oq cho‟chqa zoti  
6.
 
Shimoliy kavkaz zoti  
7.
 
Landras zoti  
8.
 
Cho‟chqalarni urchitich  
9.
 
2- oylik cho‟chqalarni o‟stirish  
10.
 
Cho‟chqalarni bo‟rdoqilash  
11.
 
Cho‟chqalarni qochirish  
12.
 
Bug‟oz cho‟chqalarni asrash  
13.
 
Cho‟chqalarni tug‟dirish  
14.
 
Cho‟chqa bolalarini 2 oygacha o‟stirish  
15.
 
Cho‟chqalar sutdorligi  
16.
 
Emizakli cho‟chqalarni asrash  
17.
 
Cho‟chqalar bo‟rdoqilash turlari  
18.
 
Cho‟chqalarni semizlik kategoriyalari  
19.
 
Cho‟chqa bolalarini onalaridan ajratish  
20.
 
Cho‟chqalar podasini qayta to‟ldirish va uning ahamiyati  
 
 
 
 
 

 
249 
VI bobga oid test savollari 
1.
 
Cho‟chqalarning biologic hususiyatlfri  qaysi belgilarda ifodalanadi?  
a)
 
Serpushtlik, tez etiluvchanlik, 1 rg semirish uchun ozuqani kam sarflash , 
har hil ozuqalarni is‟temol qilishi, yuqori so‟yim chiqimi  
b)
 
Serpushtligi,  ozuqani  ko‟p  yishi,  tez  semirishi,  so‟yim  chiqimini 
yuqoriligi  
c)
 
Serpushtligi,  ko‟p  yashashi,  sharoitga  moslashishi,  tez  semirishi,  go‟shti 
ko‟pligi  
d)
 
Serpushtligi, sutdorligi,  uzoq yashashi, ko‟p eyishi, tez semirishi  
e)
 
Serpushtligi, sutdorligi, ozuqalarni ko‟p  is‟temol qilish  tez semirishi. 
 
2.
 
Bir  bosh  urg‟ochi  cho‟chqadan  bir  yilda  qancha  go‟sht  ishlab  chiqarish 
mumkin?  
a)
 
2.8 tonna  
b)
 
2.0-2.5 tonna 
c)
 
3.0 tonna  
d)
 
3.0-3.5 tonna  
e)
 
4.0 tonna  
 
3.
 
O‟zbekistonning rejali cho‟chqa zotlari?  
a)
 
shimoliy oq, landras, Breytov  
b)
 
Yirik oq, Ukraina cho‟l, Sibir  
c)
 
Yirik oq, Shimoliy Kavkaz, Landras  
d)
 
Yirik oq, Sibir, Breytov  
e)
 
Yirik oq, Sibir, Berkshr. 
 
4.
 
Cho‟chqalar rasioni qanday bo‟ladi?  
a)
 
Pichanli  
b)
 
Em va pichan  
c)
 
Em va somon  
d)
 
Emli  
e)
 
O‟tli 
 
5.
 
Cho‟chqalardan ho‟jalikda foydalanish davomiyligi?  
a)
 
1-2 yil  
b)
 
2-3 yil  
c)
 
7-8 yil  
d)
 
8-10 yil  
e)
 
4-5 yil  
 
6.
 
Yirik oq cho‟chqani keltirib chiqarishda qaysi zotlar qatnashgan  
a)
 
Mahalliy angliya, Roman, Osiyo  cho‟chqalari  

 
250 
b)
 
Mahalliy angliya, roman, Evropa cho‟chqalari 
c)
 
Mahalliy angliya, roman, Sibir cho‟chqalari 
d)
 
Mahalliy angliya, roman, Daniya chochqalari   
e)
 
Mahalliy angliya, roman, Ukraina oq cho‟l cho‟chqasi  
 
7.
 
Shimoliy kavkaz cho‟chqasi qanday keltirib chiqarilgan?  
a)
 
Mahalliy kavkaz, ukraina cho‟l, Sibir cho‟chqalari  
b)
 
Mahalliy kubon, yirik oq, berksher, oq kalta quloq cho‟chqalar  
c)
 
Mahalliy kuban, yirik oq, breytov cho‟chqalari  
d)
 
Mahalliy kuban, yirik oq, ukraina cho‟loq chochqalari  
e)
 
Mahalliy kuban, Breytov, Sibir Belorusiya cho‟chqalari  
 
8.
 
landras zoti yaratishda qaysi zotlar qatnashgan  
a)
 
Mahalliy Daniya, Roman, Osiyo cho‟hqalari  
b)
 
Mahalliy Daniya, Sibir, Belorusiya cho‟chqalari  
c)
 
Mahalliy Daniya, va yirik oq, cho‟chqalar  
d)
 
Mahalliy Daniya, yirik oq Sibir  
e)
 
Mahalliy Daniya yirik oq, Belorus chochqalari  
 
9.
 
Cho‟chqalar bug‟ozlik davrining davomiyligi  
a)
 
90-100 kun  
b)
 
120-150 kun  
c)
 
120-125 kun  
d)
 
114-116 kun  
e)
 
130-132 kun  
 
10.
 
Urg‟ochi  yosh    nasldor  chochqalarni  qochirish  yoshi  va  tirik  vazni 
qanday?  
a)
 
15 oyligida, vazni 160 kg bo‟lganda  
b)
 
6 oyligida, vazni 80 kg bo‟lganda 
c)
 
20 oyligida, vazni 200 kg bo‟lganda 
d)
 
18 oyligida, vazni 180 kg bo‟lganda 
e)
 
10-11 oyligida, vazni 110 -120 kg bo‟lganda 
 
11.
 
Cho‟chqa  bolalari  fermer  ho‟jaliklarida    necha  oyligida  onasidan 
ajratiladi? 
a)
 
2 oyligida  
b)
 
3 oyligida 
c)
 
1 oyligida 
d)
 
4 oyligida 
e)
 
5 oyligida 
 

 
251 
12.  Cho‟chqa necha oyligida qaysi vaznda go‟sht so‟yiladi?  
a) 4-5 oyligida vazni 80 kg bolganda  
b)7-8 oyligida vazni 110-120 kg bolganda 
c. 9-10 oyligida vazni 140-150 kg bolganda 
d) 11-12 oyligida vazni 160-180 kg bolganda 
e) 14-16 oyligida vazni 180-200 kg bolganda 
 
13.
 
Cho‟chqalar  go‟sht  uchun  o‟stirilganda  1  kg  vazn  qo‟shishiga  necha 
ozuqa birligi sarflaydi?  
a)
 
1-2 ozuqa birligi  
b)
 
2-3 ozuqa birligi 
c)
 
4-5 ozuqa birligi 
d)
 
6-8  ozuqa birligi 
e)
 
8-10 ozuqa birligi 
 
14.
 
Urg‟ochi cho‟chqalar sutdorligi qanday aniqlanadi? 
a)
 
Bolalarining 2 oydagi tirik vazni bo‟yicha  
b)
 
Bolalarining tez o‟sishiga qarab  
c)
 
Bolalarining tez semirishiga qarab  
d)
 
Bolalarining 21 kunligida tirik vazni bo‟yicha  
e)
 
Bolalarining 40 kunlikdagi tirik vazni bo‟yicha  
 
15.  Cho‟chqa  podasi  tarkibi  qaysi  yosh  va  jinsdagi  cho‟chqalardan  tashkil 
topadi?  
a) Erkak nasldor chochqalar, ona chochqalar, bo‟rdoqilar  
b)Erkak cho‟chqalar, cho‟chqa bolalari, bo‟rdoqilar  
c. Erkak nasldor chochqalar urg‟ochi chochqalar, 4 oylik chochqalar  
d) Erkak nasldor, 2 oylik, 4 oylik cho‟chqalar 
e)  Erkak  nasldor  cho‟chqalar  urg‟ochi  cho‟chqalar,  2  oygacha  4  oygacha, 
podani  qayta  tiklashga  mo‟ljallangan  yosh  cho‟chqalar,  bo‟rdoqilashga  qo‟yilgan 
cho‟chqalar   
 
 
VI bob uchun topshiriqlar 
14.
 
Chochqalarning biologic hususiyatlarini keltiring  
a) Serpushtligi  
b) 
c)  
d) 
e)  
 

 
252 
2 Me‟yorda o‟stirilgan urg‟ochi cho‟chqalarni ____oyligida qochirib cho‟chqa 
bolalari  olish  mumkin,  go‟sht  uchun      _____oyligida  _______100  kg    uchun 
so‟yish  mumkin,  bug‟ozlik  davri_____kun  bo‟lib,  bir  yilda,  ________marta 
tug‟dirish  mumkin  
 
3.  Cho‟chqalar  bir  tuqqanda  _______bola  berib,  so‟yim  chiqimi  yog  
semizligigacha bo‟rdoqilanganda _______% bo‟ladi  
Cho‟chqalar 1 kg semirishi uchun ____ozuqa birligi sarflaydi  
 
4. Cho‟chqalar ho‟jalik nuqtai-nazardan 3 guruhga bo‟linadi.  
a) 
b) 
c) 
 
 
5. O‟zbekistomda 3 ta chochqa zoti rejali hisoblanadi, ular:  
a)  
b) 
c) 
 
6.  Tusi  oq  nasldor  erkak  chochqalari  300-350  kg,  urg‟ochilari  200-250  kg, 
o‟rtacha pushtdorligi 11.3 bosh bolalari tug‟ilganda 1.2-1.3 kg bo‟lib, sutdorligi 70-
80 kg, 100 kg vaznga 190-120 kunda erishadi, o‟rtacha sutkalik semirish 640-680 g 
bo‟lib, 1 kg semirish uchun 4.0-4.2 ozuqa birligi sarflaydi, bu qanaqa zot?  
 
7. Murakkab chatishtirish  natijasida yaratilgan, qora-ola tusli, 100 kg vaznga 
178 kunda erishib , o‟rtacha sutkasiga 723 g semiradi, 1 kg semirishga 4.22 ozuqa 
birligi sarflaydi, bu qanaqa zot?  
 
8.  Bekon  yo‟nalishidagi,  oq  tusdagi,  erkak  nasldor  cho‟chqalari  300-320  kg, 
urg‟ochilari 220-250 kg tirik vaznli bir tuqqanda 10-12 cho‟chqa bolasi beradi, 100 
kg vaznga 189 kunda erishadi, sutkasiga 707 g semirib, 1 kg semirishga 3.97 ozuqa 
birligi sarflaydi, bu qanaqa zot?  
 
9.  Bir  oyda  uyadagi    cho‟chqa  bolalari  20  kg  qo‟shimcha  vazn  bergan, 
urg‟ochi cho‟chqaning bir oylik suti necha klogramm?  
 
10.  Urg‟ochi  cho‟chqa  bolalarining  21  kunlikdagi  vazni  80  kg,  uning 
sutdorligini ayting?  
 
11. Cho‟chqalar poda tarkibini toping%  
a) urg‟ochi cho‟chqalar-50 bosh  

 
253 
b) teksheriluvchi cho‟chqalar-25 bosh  
c) nasldor erkak cho‟chqalar-7 bosh  
d) 2 oylikkacha chochqa bolalari-200 bosh  
e) 2-4 oylik cho‟chqa bolalari-200 bosh  
m) podani to‟ldirish  uchun nasldor cho‟chqalar -30 bosh  
l) bordoqilar 400 bosh __________ 
jami: 1037 bosh  
 
12. 7 oylik yirik oq zotga mansub urg‟ochi cho‟chqani bonitrovka qiling  
Tirik vazni-94 kg  
Tana uzunligi -120 sm  
Otasining klassi 1 
6-7 nchi ko‟krak umrtqalari ustidagi yog‟ qatlami qalinligi-3.4 sm  
 
13.  “Sayra”  laqabli  yirik  oq  cho‟chqa  zotiga  mansub  36  oylik  urg‟ochi 
cho‟chqani bonitrovka qiling  
Tirik vazni-228 kg  
Tana uzunligi -161 sm  
Eksterer konstitusiyasi -81 ball olgan  
Uning mahsuldorligi:  
Serpushtligi-11 dona  
Cho‟chqa bolalari yirikligi-1.1 kg  
Sutdorligi -70 kg  
2 oylik uya og‟irligi-148 kg  
 
14. “Salyut” laqabli yirik oq zotiga mansub 20 oylik nasldor erkak cho‟chqani 
bonitrovka qiling  
Tirik vazni-265 kg  
Tana uzunligi-160 sm  
Eksterer va konstitusiyasi-92 ball olgan  
Avlodlarning 2 oyligidagi og‟irligi-16 kg  
Avlodlarining 4 oyligida og‟irligi-40 kg  
Nazorat o‟stirish va bo‟rdoqilash natijalari:  
1 rg semirishga ozuq sarfi-3.99 ozuqa birligi 
Teri osti yog‟ qatlmini qalinligi-3.85 sm  
Nimta uzunligi-90 sm  
Nimtaning ohirgi 1/3 qismi og‟irligi-8.5 kg  
15. 120 kg vazndagi cho‟chqa so‟yilganda 83 kg  
nimta olingan, ushbu chochqa so‟yim chiqimini toping.  
 
 
 

 
254 
 
VII BOB 
 
PARRANDACHILIK 
 
Parrandachilik  chorvachilikning  asosiy    sohalaridan  biri  bo„lib  hisoblanadi. 
Qishloq xo„jalik parrandalari yuqori sifatli oziq-ovqat mahsulotlari- tuxum, go„sht, 
yog„ va yengil sanoat uchun xom-ashyo par va pat yetishtirib beradi. 
Parranda  mahsulotlari yuqori to„yimliligi va ajoyib ta‟mi bilan ajralib turadi. 
Ayniqsa  parhez  tuxum  va  jo„ja  go„shti  alohida  e‟tiborga  loyik.  Broyler  go„shtida 
20%  ko„proq  oqsillari  bo„lib,  faqatgina  1%  atrofida  yog„  bo„ladi,  bu  esa  uning 
parhezligidan  dalolat  beradi,  vaholanki  eng  yog„siz  qoramol  go„shti  tarkibida 
kamida 10% yog„ bo„ladi. 
Parandachilikni  xalqimiz  bejiz  7  xazinaning  biri  deyishmagan,  chunki  soha 
xo„jalikni  eng  samarador  tarmog„i  bo„lishi  mumkin.  Hozir  mamlakatimizda 
parrandachilik 
ikki 
yo„nalishda 
rivojlanmoqda. 
Birinchisi 
sanoat 
parrandachiligi(mamlakatimizda  70  ortik  parrandachilik  fabrikalari  mavjud), 
ikkinchisi ixtisoslashgan  xo„jaliklardagi turli kattalikdagi parrandachilik fermalari 
va  shaxsiy  yordamchi  xo„jaliklar.  Hozirga  kelib  parrandachilik  ko„prok  fermer 
xo„jaliklarda  jadal  rivojlanib  bormoqda,  chunki  uni  tashkil  qilish  boshqa 
chorvachilik sohalariga nisbatan ancha oson. 
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling