Markaziy osiyo xalqlari tarixi


Xorijiy va mahalliy adabiyotlar ro‘yxati


Download 0.9 Mb.
bet125/140
Sana31.12.2022
Hajmi0.9 Mb.
#1073985
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   140
Bog'liq
МОХТ-2021. УМК йигиндиси - платформа учун

Xorijiy va mahalliy adabiyotlar ro‘yxati
Аsоsiy аdаbiyotlаr:

  1. History of civilizations of Central Asia. UNESCO Publishing, 2005. (D. A. Alimova, The status of women (1917–90), 515-525 Pp.

  2. Dоniyorоv А.Х. Mаrkаziy Оsiyo хаlqlаri tаriхi. O‘quv qo‘llаnmа. −T., TDSHI, 2014.

  3. Dоniyorоv А.Х., Bo‘riеv О., Аshirоv А.А. Mаrkаziy Оsiyo хаlqlаri etnologiyasi, etnоgеnеzi vа etnik tаriхi. O‘quv qo‘llаnmа. Tоshkеnt: TDSHI, 2014.



Qo‘shimchа аdаbiyotlаr:

  1. История кыргызов и Кыргызстана. Учебник для вузов. Бишкек: Илим, 2003.

  2. История Туркменистана. Ашхабад, 2000.

  3. История Узбекистана. Ч-2. Ташкент, 2003.



XVII. Mаrkаziy Оsiyo rеspublikаlаri vа jаhоn hаmjаmiyati. Rеspublikаlаrning mintаqаviy muаmmоlаrni hаl etishdаgi hаmkоrliklаri.
Markaziy Osiyo xalqlari ruhiyati asrlar mobaynida bir-biriga tutashib, ma'naviy, diniy va axloqiy munosabatlari uyg‘unlashib ketgan, yashash tarzlari va urf-odatlari mushtarak bo‘lib, yagona, ulkan va jonli vujudga aylangan edi. Shuning natijasida qondoshu jondoshlik, bir butunlik an'analari tarkib topgan. Kishilik tarixida bunday ma'naviy, ruhiy va fikriy yaqinlik bu diyorda hamisha hamma narsadan ustun kelgan. Mustaqillik sharoitida millat, millatlararo munosabatlar, milliy madaniyat, yaqin qardosh xalqlarning madaniy merosi, etnik muammolari, jug‘rofiy va iqtisodiy birligi haqidagi tasavvurlar o‘zgardi. Yangi tarixiy sharoitlarda vujudga kelayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar Markaziy Osiyo mamlakatlari xalqlarining kelib chiqishi, ularning tarixi o‘ziga xos turmush tarzlari va yaqin qo‘shnichilik munosabatlariga har qachongidan boshqacharoq qarashni hayot taqozo eta boshladi. Zero, etnik jihatdan bir-biriga yaqin bo‘lgan, tarixan bir muhitda yashab, o‘tmish madaniyati bir zaminda vujudga kel­gan, biroq, ayni paytda mustaqil davlat bo‘lib yashayotgan mamlakatlar o‘z tarixiy ildizlarini qidirib topishini, o‘zaro hamkorlik munosabatlarini qaytadan tiklashini hayotning o‘zi zarurat deb hisoblamokda.
1993 yilning yanvarida Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Toshkent uchrashuvi tashkil etildi. Oliy darajadagi bu uchrashuvda Markaziy Osiyo Hamdo‘stligiga asos solindi. Besh davlat Qirg‘iziston, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston rahbarlari hamdustlik haqidagi bitimga imzo chekishdi. Buni mintaqa xalqlari zo‘r mamnuniyat bilan qarshi oldilar va qo‘llab-quvvatladilar.
Shu tariqa jahon siyosiy so‘zligida «Markaziy Osiyo» degan yangi atama paydo bo‘ldi. Albatta, bu hodisaga turli toifa va qarashdagi siyosatchilar, huquqshunoslar, iqtisodchilar turlicha baho berdilar. Ayrimlari hatto, mintaqadagi mamlakatlar birlashib, yagona davlat bo‘larmish, deyishgacha bordilar. Mintaqa rahbari kim bo‘ladi? Qaysi til davlat tili bo‘ladi, ko‘pmillatli mintaqa milliy madaniyatlari muammolari qay yo‘sinda hal etiladi, qabilidagi savollar tuyuldi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov Markaziy Osiyo Hamdo‘stligini vujudga keltirish tashabbuskori sifatida uning maqsad va mohiyatini aniq-ravshan ko‘rsatib berdi. Ya'ni, Mustaqil Davlatlar suvereni­teti daxlsizdir. Hamdo‘stlikka a'zo bo‘lgan mamlakatlar xalqaro huquq normalariga to‘la amal qilgan holda davlat tizimiga, boshqaruv usuliga va bir-birining ichki ishlariga aralashmaslik, har bir davlat Konstitutsiyasini hurmat qilish va tan olish, faqat iqtisodiy va madaniy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, yagona bozor, mol ayirboshlash imkoniyatlarini kengaytirish, bojxona va chegaralardagi sun'iy to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari ko‘rib chiqildi. Oradan ko‘p o‘tmay ana shu hamdo‘stlikka amaliy poydevor qo‘yildi. 1995 yilning yanvar oyida Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboev Toshkentga keldi. O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikka doir qator hujjatlarga imzo chekildi. Tez orada bu bitimga Qirg‘iziston ham qo‘shildi. Natijada uch mamlakat o‘rtasida yagona bozorni vujudga keltirish, mahsulot ayirboshlash imkoniyati yaratildi.
Markaziy Osiyo Hamdo‘stligi nafaqat bugungi o‘tish davri mahsuli, balki jug‘rofiy, tarixiy-etnik va ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojdir. Chunonchi, bu mamlakatlar jug‘rofiy jihatdan bir-biriga yaqin va zich joylashgan. Suv, elektr energetikasi va boshqa tabiiy omillar ham ularni bog‘lab turadi. Qa-riyb 50 millionli aholi tarixan yagona o‘tmishga, yagona taqdirga, bir-biriga uyg‘unlashib ketgan dunyoqarash va an'analarga ega. Ularning har qanday siyosiy va iqtisodiy hamdo‘stlikdan ham baland turadigan qadimiy qadriyatlari bor. Ming yilliklar mobaynida shakllangan ma'naviy, madaniy, axloqiy, diniy va lisoniy mushtaraklik ham mavjud.
Dunyoviy muammolar, insoniyat taqdiriga daxldor masalalar yechimini topishda mamlakatlar va xalqlar, milliy manfaatlari hamda ehtiyojlaridan qat'iy nazar, birgalikda o‘zaro hamkorlik yo‘llarini izlaydilar. Biroq hyech qanday hamkorlik, turmush tarzlari, urf-odatlari, ruxiyatlari uyg‘unlashib ketgan yaqin qo‘shni xalqlarning do‘stligiga teng kelolmaydi. Chunki bu yerda ajdodlar ruhi bilan kelajak avlodlar bog‘liqligi, bir butun zamin — Ona Vatan yaxlitligi kabi muqaddas tuyg‘u doimo barqarordir. Birinchi Prezidentimiz Karimov Markaziy Osiyo xalqlari birligini mustahkamlashning mintaqa mamlakatlari o‘rtasidagi munosabatlarni chuqurlashtirish siyosatining in-sonparvarlik mazmuni ana shunda, deb bildi.
XX asrning so‘nggi 10 yilligi jahon tarixida keskin burilish yasagan davr bo‘ldi. Eng avvalo bu sobiq Ittifoqning parchalanishi va buning natijasi sifatida yuz bergan voqyeliklar bilan bog‘liq. Jahonda bipolyar tizimning yemirilishiga sabab bo‘lgan ikki qudratli davlatlardan birining inqirozi xalqaro munosabatlar xarakterini tubdan o‘zgartirib yubordi. Garchi endilikda ikki mafkuraviy jihatdan bir-biriga qarama qarshi bo‘lgan qutbning raqobatiga chek qo‘yilgan bo‘lsa-da, ammo dunyoda bu bilan barqarorlik qaror topgani yo‘q, balki insoniyatning kelajagiga bevosita xavf soluvchi yangidan yangi tahdidlar yuzaga keldi. Ayniqsa, sobiq Ittifoq tarkibidan ajralib chiqqan, yosh, hali mustahkamlanib, o‘z ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy tizimini ishlab chiqib va joriy etib ulgurmagan davlatlarga nisbatan tashqi kuchlar ta'siri xavfi kuchayib bordi. Shu sababli bu davlatlarning o‘z milliy hokimiyati, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish modellari, tinchlik va xavfsizligini ta'minlash mexanizmlarini yaratish va amalda tatbiq etish muhim ahamiyat kasb etdi. Bunda ushbu davlatlarning jahon hamjamiyati tomonidan tan olinishini ta'minlash, dunyoning rivojlangan mamlakatlari bilan hamkorligini yo‘lga qo‘yish va ularning tajribalaridan hamda ko‘maklaridan foydalangan holda o‘z tinchligi, taraqqiyotini ta'minlashga katta e'tibor berildi. Ittifoqning parchalanishi oqibatida dunyo xaritasida Markaziy Osiyo mintaqasi geografik, siyosiy hamda iqtisodiy birlik sifatida qaytadan namoyon bo‘ldi. Mintaqamizda qaror topgan besh qardosh davlat mustaqilliklarining dastlabki kunlaridanoq jahon hamjamiyati bilan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda rivojlantirishga, jahon hamjamiyatida o‘z munosib o‘rinlarini topishga intildilar. Ularning BMT va uning ixtisoslashgan tashkilotlari (YuNKTAD, YuNISeF, YuNeSKO, Xalqaro valyuta fondi, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va boshqalar), yevropa Ittifoqi, yeXHT, NATO, MDH kabi tashkilotlarga a'zo bo‘lishlari ham yuqoridagi maqsadga yo‘naltirilgan edi.
Ayni paytda, bir tomondan, milliy davlatchilik shakllarining rivojlanishi kuzatilayotgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan Markaziy Osiyoning umumiy geosiyosiy mavqyei, uning geoiqtisodiy salohiyati mavzusi paydo bo‘ldi. Mintaqaga yetakchi kuchlarning qiziqishi kuchaydi. Bunday vaziyatda mintaqada ilgaridan manfaatlari bo‘lgan hamda bu yerda yangidan iqtisodiy manfaat shakllanayotgan yetakchi kuchlar Markaziy Osiyoni siyosiy jihatdan birlikda ko‘rishdan manfaatdor emasligi geosiyosiy qoidalar prizmasi orqali tahlil qilinganda yaqqol namoyon bo‘ladi. Shu nuqtai-nazardan mintaqaviy xavfsizlik hodisasi faqat geosiyosiy qoidalar va jarayonlar kontekstida tadqiq qilinishi maqsadga muvofiqdir. Zero, yetakchi kuchlar u yoki bu mintaqaga kirib borar ekan, avvalo geosiyosiy va geoiqtisodiy maqsadlardan kelib chiqishlari tabiiy. Masalan, mustaqillika erishgan Markaziy Osiyo respublikalari tabiiy zaxiralarga g‘oyatda boy mamlakatlar hisoblanishadi. Ushbu boyliklarni jahon bozoriga olib chiqish uchun yetakchi davlatlar o‘rtasida raqobat kechayotganligining guvohi bo‘lmoqdamiz. Bu jarayonda mintaqadagi respublikalar o‘rtasida mavjud bo‘lgan ayrim ziddiyatli masalalar ishga solinishi mumkin. Ma'lumki, Markaziy Osiyo respublikalari ayrim mintaqaviy masalalarning hal etilishi borasida bir xil fikrga ega emaslar. Ushbu omillarning zarur paytda tashqi kuchlar tomonidan ishga solinishi va buning uchun mintaqa respublikalarida turli guruhlar shakllantirilishi ham bugungi kunda sir emas.



Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling