Маркетинг асослари


Strategik qiymatli tahlil


Download 1.66 Mb.
bet27/73
Sana19.06.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1612962
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   73
Bog'liq
portal.guldu.uz-MARKETING ASOSLARI

4.3. Strategik qiymatli tahlil

Kompaniyada yuzaga kelgan vaziyatni eng aniq ko’rsatadigan indikatorlardan biri uning o’z raqobatchilariga nisbatan narh mavqeidir. Bu ayniqsa, mahsuloti kam differensiyalashgan tarmoqlarga ta’lluqli bo’lib, kompaniya xar qanday sharoitda ham o’z raqiblaridan orqada qolmasligi kerak, aks holda raqobatli mavqeni qo’ldan boy berib qo’yishi mumkin. Raqobatchilarning xarajatlaridagi farqlarga quyidagilar sabab bo’lishi mumkin:


-xomashyo, materiallar, tarkibiy qismlar, energiya va shu kabilarning narhlaridan farqlar;
-asosiy texnologiyalar, asbob-uskunalarning yoshidagi farqlar;
-ishlab chiqarish birliklarining kattaligi turlicha bo’lganligi, ishlab chiqarishning kumulyativ ta’siri, ishlab chiqarishni tashkil qilish darajasi va xokazolar tufayli ichki tannarxlardagi farqlar;
-inflyatsiya va valyuta ko’rslarining o’zgarishiga kuchli bog’liqlik;
-transport xarajatlaridagi farqlar.
Strategik qiymatli taxlilda asosiy e’tibor firmaning o’z raqiblariga nisbatan qiymat mavqeiga qaratiladi. Bunday tahlilning birlamchi tahliliy yondashuvi qiymat zanjirini yasash bo’lib, ushbu zanjir xomashyodan pirovard iste’molchilarning narhlarigacha bo’lgan qiymat manzarasini aks ettiradi (3-jadval). Ushbu jadval xarakatlar/xarajatlar zanjirida raqobatchi firmalar bir-biridan eng katta farq qiladigan uchta asosiy soxa borligini ko’rsatadi: ta’minot sohasi, taqsimot kanallarining ilg’or qismlari, kompaniyaning o’z ichki xatti-xarakatlarini o’zgartirish mumkin.
3-jadval.

Xatti-xarakatlarning soxalar bo’yicha qiymat zanjiri





Xarakatlar/xarajatlar (qoldiqlar)ning umumiy tarmoqlari bo’yicha maqsadlari

Ta’minot
Bilan bog’lik bo’lgan
xarajatlar

Ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar

Taqsimlash kanallarining asosiy kismlaridagi
xarajatlar

Sotib olinadigan materiallar, komplektlovchi, kirish logistikasi

Ishlab
chiqarish
jarayonidagi
xatti-xarakatlar

Marketing va
sotishdagi
xatti-xarakatlar



Iste’molchilarga
xizmat ko’rsatish
va chiqish
logistikasi

Ichki
yordamchi shtab
xatti-harakatlari

Umumiy
va ma’muriy
xatti-harakatlar

Sof
foyda



Ulgurji
savdo va
dilerlar
tarmogi

Chakana
savdo

Tashqaridan
xomashyo va
yarim tayyor mahsulotlar Energiya transport xarajatlari Material
sotib olish xarajatlari Omborda saqlash

Uskuna va jixozlanish Ishlab chiqarish yig’ish va o’rash mehnat va kuzatish
Inventarizatsiya bo’yicha xatti-harakatlar

Sotishdagi xatti-xarakatlar
Reklama va xarakat bozorni tadqiq qilish.
Texnik adabiyot, xizmat safarlari va qabul qilish
Diler va distribyutorlar bilan munosabatlar

Servis, ta’mirlash va boshqa ishlar Ehtiyot qismlar ishlab chiqish logistikasi bo’yicha boshqa xarajatlar (qoldiqdar)

Ish xaqi
Tanlov va
sinov
Ichki aloqa
Kompyuterda
xizmat
ko’rsatish
Xavfsizlik va
mahfiylik
Kasaba
uyushmalari bilan
munosabat

Moliya va xisob xizmati
Yuridik xizmatlar
Matbuot bilan munosabatlar
Ijrochilar
uchun to’lovlar
Kreditni qoplash bo’yicha xizmat qilish
Soliqlar bo’yicha munosabatlar

Distribyutorlar, ulgurji va chakana savdo hamda mahsulotlarni
so’ngi iste’molchilarga etkazib berish kanallari bo’yicha xarajatlar bilan bog’liq barcha xarakatlarni o’z ichiga oladi

Qiymat bo’shliqlari asosan zanjirning orqa qismida yotsa, firma quyidagi olti xil strategik xatti-xarakatlarni amalga oshirish mumkin:


-etkazib beruvchilar bilan o’zi uchun qulay narxlar to’g’risida kelishib olishi;

  • etkazib beruvchilar bilan ularning xarajatlarini kamaytirish maqsadida ish olib borishi;

  • moddiy xarajatlarni nazorat qilish uchun orqaga tomon integratsiyalanishi;

-arzonroq o’rinbosar tarkibiy qismlardan foydalanishga urinishi;
-taqsimotning narxlari maqbul bo’lgan yangi manbalarini topish;
-zanjirning boshqa qismlarida tejamkorlik evaziga farqni kamaytirishga urinishi mumkin.
Qiymat bo’yicha raqobatbardoshlikning boy berilishiga sabab zanjirning ichki soxalarida bo’lsa, quyidagilarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:
-byudjetning ichki moddalarini taftish qilish;
-ishchilar va qimmatbaho asbob-uskunalarning mehnat unumdorligini kutarishga urinish;
-ba’zi texnologik jarayonlarni firmaning uzida emas, balki chetda-bajarish foydalirok bulish-bulmasligini urganib chikish;
-resurslarni tejovchi texnologik yangiliklarni investitsiyalash;
-kiymatning xavf tugdirayotgan tarkibiy kismlarini ishlab chikish va asbob-uskunalarga yangi investitsiyalar ob’ekti sifatida kurib chikish;

  • maxsulot kiymatini kamaytirish maksadida uni yangilash va x.k.




Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling