Маркетинг асослари
Marketingning funksiyalari
Download 1.66 Mb.
|
portal.guldu.uz-MARKETING ASOSLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.5. Bozorga yo’naltirilgan korxona
- “Bozor” va uning asosiy tavsiflari qanday
1.4. Marketingning funksiyalariMarketing korxonada etakchi funksiyani bajaradi, bo’lg’usi o’zgarishlarni avvaldan ko’ra olishga imkon beradi va ayni paytdagi taraqqiyot tendensiyalarini shu tarzda tahlil qiladiki, natijada firma qiyinchiliklarga duch kelmay, balki aksincha ularni oldindan qo’ra olib, ularga o’z vaqtida moslashib oladi. Marketing korxonaning taraqqiyotiga katta hissa qo’shuvchi va uni harakatlantiruvchi motordir. Marketingning funksiyalari quyidagichadir: tahlil va tadqiqot funksiyasi, bozor va undagi segmentlar, raqobat, tovarlar, talab va taklif bo’yicha axborotlar yig’ish; jonlantirish va harakatlantirish funksiyasi, tovar, narx, taqsimot, kommunikatsiya va harakatlanish siyosatini aniqlash vositasi bilan talabni rag’batlantirish; rejalashtirish funksiyasi, korxonaning asosiy rejasini hisoblash; tashkiliy funksiya, tovarni yaratish hiqidagi g’oya vujudga kelgandan boshlab uni ishlab chiqarish, sotish, reklama qilish va hokazolargacha bo’lgan butun ishlab chiqarish jarayonini muvofiqlashtirish; nazorat funksiyasi,, ko’zlangan maqsadlarning amalga oshishini va bu jarayonning borishini tezkor aralashuv orqali kuzatib borish. 1.5. Bozorga yo’naltirilgan korxonaAgar korxona o’z ishlab chiqarish va marketing strategiyasini amalga oshirishda bozor va iste’mol talablarini birinchi o’ringa qo’ysa, bunday korxonani bozorga yo’naltirilgan deb hisoblash mumkin. Demak, marketingga yo’naltirilgan korxona shunday korxonaki, u: xarid talablarini aniqlaydi va qondiradi; o’zining bozordagi o’rnini yaxshilaydi; uzoq muddatga rentabellikni saqlab qoladi va oshiradi; vaziyatdagi o’zgarishlarga raqobatchilarga nisbatan tezroq va yaxshiroq moslashadi. “Bozor” va uning asosiy tavsiflari qanday?Bozor deb almashuv muhitiga aytiladi, shuning uchun uni savdo bilan adashtirib yubormaslik kerak. Bozor - o’ziga xos iqtisodiy tushuncha bo’lib, savdo esa iqtisodiyotning bir sohasidir. Bu tafovut g’oyatda muhimdir, chunki bozorni tahlil qilishda ba’zi iqtisodchilar o’z ishlarida faqat savdoni ko’rib chiqish bilangina cheklanib, uni sun’iy ravishda ishlab chiqarish va iste’molning tahliliga qo’shishga urinadilar - bu ish muvaffaqiyatsizlik bilan tugaydi. “Bozor” so’ziga ko’pincha biror aniqlovchi atama qo’shib ishlatiladi. Agar bizni qiziqtirayotgan almashuv sohasi milliy hududni qamrab olsa, “mamlakat bozori” hosil bo’ladi. Jahon bozori - “milliy bozorlar” to’plami bo’lib, ular o’rtasidagi aloqalar shartnomalar hamda savdo bilan aniqlanadi. Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling