Маркетинг асослари


Marketingning asosiy tamoyil va uslublari


Download 1.66 Mb.
bet3/73
Sana19.06.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1612962
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73
Bog'liq
portal.guldu.uz-MARKETING ASOSLARI

1.3. Marketingning asosiy tamoyil va uslublari


Asosiy tamoyil - bozor yoki xaridor talab qilayotgan tovarni ishlab chiqarishdir. Marketingning zamirida yotuvchi asosiy nuqta insoniy ehtiyojlar, zaruratlar, talablar g’oyasidir. Marketingning mohiyatidan uning quyidagi asosiy tamoyillari kelib chiqadi:


1. Ishlab chiqarish‑savdo faoliyatining pirovard amaliy natijasiga etish sari yo’nalganligi.
2. Tadqiqot, ishlab chiqarish va savdo faoliyatlarining marketing faoliyatining hal qiluvchi yo’nalishlarida uyushganligi
3. Korxona marketing faoliyatining faqat bugungi emas, balki uzoq muddatli natijasiga yo’naltirilganligi
4. Mavjud xaridorlarning talablariga faol moslashuv strategiyasi va taktikasining ayni paytda ularga maqsadli ta’sir ko’rsatish bilan birgalikda o’zaro aloqada qo’llanilishi.
Marketing faoliyati uslublari quyidagilardan iborat:
1. Tashqi (firmaga nisbatan) muhitni (iqtisodiyot, huquq, siyosat, ijtimoiy muhit, xalqaro munosabatlar) tahlil qilish.
2. Ichki muhitni (moliya, texnologiya, tashkiliy tizimlar, xodimlar va boshqalar) tahlil qilish.
3. Iste’molchilarni (reklama, demografik, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa xarakteristikalar) tahlil qilish.
4. Mavjud tovarlarni o’rganish va bo’lg’usi tovarlarni rejalashtirish, ya’ni yangi tovarlar ishlab chiqish hamda eskilarini assortimenti va tashqi ko’rinishi va hokazolari bilan birga yangilash.

  1. Tovar harakati va savdosini rejalashtirish, bu esa omborlar, do’konlar va agentlar tarmoqlariga ega bo’lgan savdo tarmoqlari (shu jumladan xususiy) tashkil qilishdir.

  2. Reklama, shaxsiy savdo hamda xaridorlarga, agentlarga va sotuvchilarga qaratilgan turli hil moddiy imtiyozlarning uyg’unlashuvi vositasida talabning shakllanishini va savdoni rag’batlantirishni ta’minlash.

  3. Etkazib berilgan tovarlarga qo’yiladigan narxlar tizimini rejalashtirish va kreditlarni tasarrufi, kamaytirmalar va hokazo bilan shug’ullanuvchi maqsadga yo’naltirilgan siyosatni ta’minlash

  4. Firma tovarlarini import qiluvchi mamlakatning texnik va ijtimoiy talab me’yorlarini qondirish (bu tovardan foydalanish xavfsizligi, atrof-muhitni muhofaza qilish, ahloqiy‑ma’naviy mezonlarga mos kelish va hokazolardir)

  5. Marketing faoliyatini (marketingni) tizim sifatida boshqarish, ya’ni marketing dasturi va korxona ishidagi har bir ishtirok etuvchining majburiyatlarini rejalashtirish, bajarish va nazorat qilish

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling