Ma’ruza 10-mavzu: Texnik qo‘riqlash qurilmalari bilan ishlashda xavfsizlik qoidalari
Download 1.29 Mb.
|
10-mavzu Maruza
Teginish kuchlanishi
Elektroxavfsizlik sohasida ushbu termin ostida inson tomonidan elektrzanjirining ikkita turli nuqtalariga bir vaqtda teginish natijasida ular orasida hosil bo‘luvchi potensiallar farqi tushuniladi. Bunday holat zanjirning tok oquvchi elementlarini izolyatsiyasining buzilishi, ularning elektr o‘tkazuvchan yuzalar bilan qisqa tutashuv hosil qilishi, kabi holatlarda paydo bo‘ladi hamda zanjir elementlari yuzalari bo‘ylab xavfli tok sizib chiqishiga olib keladi. Bunday yuzalarga teginish elektrtoki oquvchi elementlar yoki korpus (elektr qurilma tuzilishidan kelib chiqib) ga bilvosita teginish deb ataladi. 1-rasm. Bilvosita teginish hamda teginish kuchlanishining hosil bo‘lishi. R - inson tanasining qarshiligi; Ut - teginish kuchlanishi; It – tegininsh toki. Bunday holatda elektr tokining ta’sir kuchi inson tanasining qarshiligi (R) hamda kuchlanishga (Ut) ga bog‘liq. Misol tariqasida R = 800 Om hamda Ut ni faza kuchlanishiga yaqin deb olsak (220 V). Om qonuniga asosan elektr zanjirda hosil bo‘luvchi tok kuchinnig qiymatini quyidagicha hisoblanadi: It = Ut/R = 220/800 = 287,5 [mA] Ushbu qiymat 1- va 2-jadvallarda keltirilgan maxsus standartlarda ruxsat etilgan me’yorlardan ancha yuqori. Bilvosita teginnishning xavfli jihati shundaki, bevosita teginishdan farqli ravishda uning paydo bo‘lishi aksariyat holatlarda insonga bog‘liq emas, ya’ni ehtiyotsizlik, xatolik yoki texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilmaslik kabilar ortidan kelib chiqmaydi.
1-jadval. Har qanday elektrqurilmalar bilan ishlaganda inson tanasidan o‘tuvchi teginish kuchlanishi Ut, hamda tok kuchi It ning ruxsat etilgan eng yuqori xavfsiz qiymatlari (ГОСТ12.1.038 -82)
2-jadval. Har qanday elektrqurilmalar bilan ishlaganda inson tanasidan o‘tuvchi teginish kuchlanishi Ut, hamda tok kuchi It ning ruxsat etilgan eng yuqori xavfsiz qiymatlarining vaqt davomiyligiga bog‘liqligi (ГОСТ12.1.038 -82) 2-rasm. Teginish kuchlanishi Ut, hamda tok kuchi It ning ruxsat etilgan eng yuqori xavfsiz qiymatlarining vaqt davomiyligiga bog‘liqlik grafigi Yuqorida keltirilgan misol (1-rasm) juda soddalashtirilgan, teginish kuchlanishining (Ut) asosiy xususiyatlari bilan tanishish uchun muammoga elektr zanjirni himoya yerlashi hamda nollash nuqtai nazaridan qarash kerak (2-rasm). Buning uchun quyida keltirilgan rasmni ko‘rib chiqamiz[2]. 3- rasm. Birlik (bir nechta qurilmaga bitta) zaminlash holatida teginish kuchlanishi xususiyatlari. Rasmda birlik zaminlash D dan har xil masofada joylashgan uchta elektrodvigatel A, B, C (bu yerda boshqa istalgan boshqa elektr qurilma bo‘lishi mumkin) lar tasvirlangan. Agar avariya oqibatida korpusda tarmoq fazasi tutashuvi sodir bo‘lsa, unda korpusda ham miqdor jihatdan deyarli zaminlovchi bilan bir xil bo‘lgan potensial (φ) hosil bo‘ladi. Bundan tashqari yerda tok oqish zonasi hosil bo‘ladi, uning potensiali (φ) zaminlovchigacha bo‘lgan masofaga bog‘liq (o‘zaro bog‘lanish grafigi 3-rasmda keltirilgan). Agarda B elektrodvigateli korpusiga qo‘limizni tekkizganimizda hosil bo‘ladigan teginish kuchlanishi quyidagi formula orqali hisoblanadi: Ut(B) = φzm – φasos = φ *(1- φasos /φzm) [V] Ut(B) - B elektrodvigateli korpusida hosil bo‘ladigan teginish kuchlanishi; φzm – zaminlash qozig‘idagi potensial; φasos – elektr zanjirning barcha elementlari joylashgan yer (tuproq). Yuqoridagi formulada yerda elektr toki tarqalishiga ta’sir qiluvchi tuproqning elektr qarshiligi hisobga olinmaydi, faqatgina potensiallar o‘zgarishi hisobga olingan (potensial egri chiziq – E). Bu bizga asos potensialini (φasos ) teginish koiffisiyenti sifatida ko‘rish imkonini beradi: α = 1 - (φasos /φzm ) ≤ 1. Kuchlanish miqdoriga ham zaminlovchi qoziq potensiali, ham teginish koiffisiyenti ta’sir ko‘rsatishini hisobga olsak, guruhli hamda alohida zaminlashda kuchlanish xavfi turli xil xarakterlanadi. Ularni har birini quyida alohida-alohida ko‘rib chiqamiz. Birlik zaminlash. Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, elektroqurilma korpusida faza tutashuvi sodir bo’lsa, uning barcha tok o‘tkazuvchi elementlarida φzm potensial hosil bo‘ladi. Shu bilan birga zaminlovchi atrofidagi yuzada teginish koiffisiyenti (α) ga bog‘liq bo‘lgan potensial miqdoriga teng zona hosil bo‘ladi. Ya’ni , B elektrodvigateli korpusiga tasodifan teginib ketganda hosil bo‘ladigan teginish kuchlanishi miqdori X1 masofaga hamda E egri chiziqqa bog‘liq bo‘ladi (3-rasm). Deyarli zaminlovchi bilan bitta sathda joylashgan A elektrodvigatelining metal korpusiga teginganda hosil bo‘luvchi teginish kuchlanishini qaraydigan bo‘lsak, bu yerda α nol qiymatga intiladi, o‘z-o‘zidan Ut(A) ham nolga teng bo‘ladi. Xulosa qilib shuni aytish mukinki birlik zaminlashda elektroqurilma zaminlash qoziqchasidan qanchalik uzoq joylashgan bo‘lsa, teginish kuchlanishing miqdori shunchalik yuqori bo‘ladi. 20 m va undan uzoq masofada uning qiymati deyarli faza qiymatiga tenglashadi. Guruhli zaminlash. Guruhli zaminlash sxemasini qo‘llaganda, tok sizib chiqish zonalarinning qatlamlashishi hosil bo‘ladi, buning natijasida esa istalgan nuqtada zaminlagichlar orasidagi potensiallar farqi noldan kata bo‘ladi. Tabiiyki α koiffisiyenti birdan kichik bo‘ladi, φzm potensiali esa – teginish kuchlanishidan yuqori bo‘ladi. Aniqroq tasavvur qilish uchun, bir-biridan h masofada joylashgan, r radiusli yarimsfera ko‘rinishidagi ikkita zaminlagich misolida qarab chiqamiz (4-rasm). 4-rasm. Guruhli zaminlashda teginish kuchlanishi. Ushbu holatda potensial egri chiziq quyidagicha ifodalanadi: φgz = φasos *(r*(hr)/(х*(h-х)), φgz – zaminlagichlar guruhi potensiali; r- elektrod yarimshari radiusi; h – zaminlagichlar orasidagi masofa; x - teginish nuqtasi hamda eng yaqin zaminlagich orasidagi masofa. Yuqoridagilardan foydalanib teginish kuchlanishini quyidagicha topishimiz mumkin: Ut = φgz – φasos = φgz *(r*(h-r)/(x*(h-r)), O‘z navbatida, guruhli zaminlash uchun teginish koiffisiyenti quyidagicha ifodalanadi: α = (r*(h-r)/(х*(h-х)). Yuqoridagilardan kelib chiqib shuni xulosa qilish mumkinki, teginish koiffisiyentining eng yuqori qiymati asos nuqtasi zaminlagichlar o‘rtasida joylashganda kuzatiladi, ya’ni x= h/2. O‘z navbatida α = 1- 4r * (h-r)/h, teginish kuchlanishi esa Ut = φgz* α bilan ifodalanadi. Kuchlanishning eng minimal nolga intiluvchi qiymati esa oldingi misoldagi kabi zaminlagich atrofida bo‘ladi. Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling