Ma’ruza 10-mavzu: Texnik qo‘riqlash qurilmalari bilan ishlashda xavfsizlik qoidalari


Chegara xizmatini olib borishdagi xavfsizlik qoidalari


Download 1.29 Mb.
bet5/9
Sana22.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1379821
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
10-mavzu Maruza

3. Chegara xizmatini olib borishdagi xavfsizlik qoidalari.

Radiolokatsion stansiyalardan foydalanishda elektr toki urmasligi uchun quyidagilar taqiqlanadi:


- chegara naryadi tarkibiga kirmaydigan shaxslarni ish joyiga qo‘ymaslik;
- asboblardagi blokirovkani yechish yoki o‘chirish va vaqtinchalik ulagichlar qilish;
- stansiyalarda yechilgan himoya qoplamalari, qopqoqlar va to‘rlar bilan, shuningdek olib qo‘yilgan to‘siqlar, rezinali gilamcha va boshqa himoya vositalarisiz ishlash;
- tarmoqqa ulangan holda ta’mirlash profilaktik va boshqa ishlarni bajarish; nominalga mos kelmaydigan saqlagichlarni qo‘llash, ularni maxsus ajratuvchilarsiz, qo‘lbola yasalgan uzatuvchi yelektr yoritgichlarni kuchlanish ostida almashtirish mumkin yemas.
Yuqori chastotali generator bilan ishlashda to‘lqin uzatkichlarni, nurlatgichlarni va qaytaruvchi antenna simlarining ochiq uchlarini, to‘lqin uzatkichlarning yo‘llarini va boshqa yuqori chastotali maydon nurlatkichlarining manbalarini uzaytiruvchilar yoqilganda ko‘zdan kechirish; uzatuvchi apparatlarni qoplam va yekranlari yechilgan, yeshiklari ochiq holda yoqish; uzatuvchi apparat bloklari va manba bloklari shkaflarining tokchalari zich yopilmagan holda qoldirish mumkin yemas.
Projektor stansiyalari (moslamalari) qo‘llashda quyidagilar taqiqlanadi:
- dvigatel ishlab turgan bo‘lsa yoki projektor stansiyalarini (moslamalari) avtomobillarini (priseplarini) g‘ildiraklari tagiga tirgovichlar qo‘yilmagan bo‘lsa, ularning tagida ish bajarish;
- manbaning yoqilgan holatida profilaktik tekshiruvlar va ta’mirlash ishlarini bajarish;
- dvigatel ishlab turganda generator kollektorini tozalash;
- yoy yonishini hiimoyalanmagan ko‘z bilan kuzatish;
- zanjirda tok yo‘qligiga ishonch hosil qilmay asbob va mexanizmlarning yelektr kontaktiga tegish;
- ko‘mir qoldiqlarini qo‘l bilan chiqarish;
- stansiya (moslama) yaqinida ochiq olovdan foydalanish.
Mashinalardan foydalanilganda harakat xavfsizligi va odamlarni tashish qoidalariga amal qilish uchun mashini kattasi javobgardir, unga haydovchi va chegara naryadi tarkibining hammasi bo‘ysunadi.
Yuk avtomobilining kuzovida “nazoratchilar” bundan tashqari, ochiq mashinalarda yesa kuzatuvchilar tayinlanadi. Shaxsiy tarkibning avtomobilga chiqishi va undan tushishi faqat o‘ng yoki orqa bortdan amalga oshirladi.
Haydovchilar (mexaniq-haydovchilar) va mashina kattalari soha bo‘ylab harakatlanganda:
- belgilangan tezlikka qat’iy amal qilishi;
- mashina to‘xtaguncha tezlikni kamaytirishi, zarur hollarda yesa qiyaliklarda, tor yo‘lkalarda, ko‘priklarda, ko‘tarishlarda, yaxmalakda, piyodalar (bolalar) to‘plangan joylardan o‘tishda shaxsiy tarkibni piyoda yurgizishi;
- yaqinlashayotgan poezd yo‘qligiga ishonch hosil qilmasdan, temir yo‘l o‘tish joylaridan o‘tmasligi lozim.
Bort kuzovlarida o‘tirish yoki harakatlnayotgan vaqtda kuzovda turish, dvigatel ishlab tuganda mashinada dam olish, mashina boshqaruvini boshqa shaxslarga berish, mashinada chekish taqiqlanadi.
Transport vositalarini kuzatib borishda chegara naryadlariga quyidagilar taqiqlanadi:
- band bo‘lgan yo‘ldan o‘tish uchun vagon va mashinalarni tagidan o‘tish;
- ajratib qo‘yilgan vagonlar orasidan o‘tish, agar ular orasidagi masofa 5 m dan kam bo‘lsa;
- buferlarda, buksalarda, mashina oyoq quygichlarida, nosoz tormoz maydonlarida, va vagon oyoq quygichlarida bo‘lish;
- poezdlarni kuzatayotgan vaqtda temir yo‘llarda turish, harakatlnayotgan poezdga 3m dan kam masofada yaqinlashish; kesishuvchi yo‘llarda turgan vagon va mashinalarga suyanish;
- poezd harakatlanayotgan vaqtda vagon tomidan tomiga yoki bir platformadan ikkinchisiga o‘tish;
- vagonning ochiladigan yeshiklari yaqinida turish;
- lokomotiv kabinasini ko‘zdan kechirayotganda boshqaruv dastagidan ushlash.

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling