Ma’ruza 10-mavzu: Texnik qo‘riqlash qurilmalari bilan ishlashda xavfsizlik qoidalari
Download 1.29 Mb.
|
10-mavzu Maruza
2. Texnika xavfsizlik qoidalari.
Zaharli texnik suyuqliklar (antifriz, tormoz suyuqligi, etil benzin, metil spirti, dixloretan, trixloretan, kislota va ishqorlar), bulardan extiyotsizlik oqibatida zaharlanish holatlari ruy beradi. Odam texnik suyuqliklarni ichib qo‘yganda xazm qilish organlari (og‘iz bo‘shlig‘i, me'da va ichaklarni) jaroxatlaydi va vaqt o‘tishi bilan organizmda zaharlanish belgilari paydo bo‘ladi. Bundan tashqari tana terisini jaroxatlashi (kuydirishi) mumkin. Belgilari: Bosh og‘rishi va aylanishi, ko‘ngil aynib qusishi, oshqozon va qorin bo‘shlig‘ida, bel soxasida og‘riq paydo buladi. Antifriz, tormoz suyuqligi va metil spirti tarkibida etilen – glyukol moddasi ya'ni spirt bo‘lib, u me'daga tushganda mastlik alomatlari ro‘y beradi. Bemorda ko‘p miqdorda so‘lak ajralishi va tez–tez qusishi oqibatida umumiy xolaslik paydo bo‘ladi va ba'zan og‘iz bo‘shlig‘idan qon kelishi mumkin. Zaharlanish ruy berganda tez tibbiy yordam ko‘rsatilmasa organizmda umumiy o‘zgarishlar sodir bo‘ladi ya'ni nafas olish, yurak faoliyati va markaziy nerv sistemasi tarafidan buzilishlar rivojlanib, inson xayoti xavf ostida qoladi. Bunday zaharlanishlar ko‘p xollarda o‘lim bilan tugaydi. Etilenglikol - 2 atomli spirt bo‘lib juda ko‘p texnik suyuqliklar asosini tashkil qiladi. 1. Tormoz suyuqliklari ВТЖ-4, ОЖК-50. Masalan ВТЖ-4da 22-25% yetilenglikol, 70% dietilenglikol bo‘ladi. O‘limga olib boruvchi dozasi 100ml. Bu tez surilib qonda 2-5 soat ichida o‘zining maksimal kontsentratsiyasiga etadi. So‘ng u to‘qimalarga o‘tishi oqibatida qondagi kontsentratsiyasi pasaya boshlaydi. Zahar ta'sirining ikki fazasi harakterlanadi: 1.Narkotik faza-bu markaziy nerv sistemasiga spirt molekulalarining ta'siriga bog‘liq. Bu fazada etilenglikol neyrovaskulyar zahar kabi ta'sir qilib markaziy nerv sistemasining tomirlarini jaroxatlaydi. Etilenglikol parchalanishi (karbonad angidrid va suv) davridagi oraliq maxsulotlar (aldigedlar, kislotalar) qonda atsedozni rivojlantirib moddalar almashinuvining buzilishi va gipoksiyaga olib keladi. Kislotalar kaltsiy bilan birikib suvda erimaydigan tuzlar (shavel kislotasining kaltsiyli tuzlari) xosil qilib, buyrak orqali ajralib chiqayotganda, buyrak kanalchalari, loxankalar kapillyarlariga o‘tirib qolib, toksik nefropatiy’ani keltirib chiqaradi. 2. Gepota-renal faza-bu fazada og‘ir distrofik o‘zgarish jigar, buyrak, oshqozon osti bezi va bosh miyada kuzatiladi. Kaltsiy ionlarining shavel kislotasi bilan birikishi natijasida qonda kaltsiy miqdori kamayadi va yurak ishi buziladi. Etilenglikol 10 kungacha buyrak orqali o‘zgarmagan va uning parchalanishidan xosil bo‘lgan oraliq maxsulotlar sifatida ajralib chiqadi. Etilenglikol tomir va plazmaga qarshi zahar sifatida ta'sir qilib, shish chaqirib, tomirlarning shishishiga va kichik tomirlarning nekroziga sabab bo‘lib, tuqimalarda qon aylanishini buzib, kislota-ishqor holatini buzib, metobolik atsedoz chaqirib, suv-elektrolid balansini buzadi. Klinika: Kechishida 4-ta davr tafovut qilinadi. 1.Boshlangich davri: - mast holat, efariya va qo‘zg‘alish. 2. Yashirin davri: -1-12 soat davom etib belgilarning yo‘qolishi kuzatiladi. 3.Zaharlanishning asosiy ko‘rinishi davri: - miya, buyrak va jigar faoliyatining buzilishi. 4. Tiklanish davri: -juda sekin kechib bir necha oy davom etadi va sog’ayish defektli bo‘lib buyrak va jigarda ma'lum o‘zgarishlar qolishi bilan kechadi. Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish: Texnik suyuqliklardan zaharlanish holatlari ya'ni odam extiyotsizlik oqibatida ichib yuborishi yoki atayin, antifriz, tormoz suyuqligi va metil spirti kabi texnik suyuqliklarni mast bo‘lish xoxishida ham iste'mol qilish mumkin. Har qanday holatda xam organizmga surilmasdan zudlik bilan me'da yuvib tashlanadi. Aks holda inson xayoti xavf ostida qoladi, buning uchun 1-2 % natriy gidrokarbonat eritmasidan foydalaniladi. Eritmani tayyorlash uchun 100 gramm natriy gidrokarbonat, (oziq-ovqat sodasi) poroshogi 10l iliq suvga aralishtiriladi, ya'ni 1% li suyuqlik, 200 gramm poroshok solinganda esa 2% li natriy girokorbanat eritmasi tayyor bo‘ladi. Tayyor bo‘lgan aralashmani jabrlanuvchiga 1–2l. ichirib, sun'iy ravishda qustiramiz va mana shu usulni 3 – 4 marta ya'ni me'da toza bo‘lgunga qadar davom ettiramiz. Jabrlanuvchiga nafas olishini yaxshilash maqsadida nashatir spirti (ammiak) xidlatiladi. Issiq grelka qo‘yib bemorni isitiladi. Texnik suyuqliklar (kislota, ishqor va boshqalar) teriga to‘kilsa, shu joylarni jaroxatlanishini oldini olish maqsadida, teri yuzasi oqar suvda toza bo‘lgunga qadar yaxshilab yuvib olinadi. Jabirlanuvchilar zudlik bilan evakuatsiya qilinadi. Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling