Ma’ruza 10-mavzu: Texnik qo‘riqlash qurilmalari bilan ishlashda xavfsizlik qoidalari
Mashinalarni ko‘zdan kechirish va hujjatlarni tekshirish uchun mashinalar to‘xtatilganda chegara naryadlariga quyidagilar taqiqlanadi
Download 1.29 Mb.
|
10-mavzu Maruza
Mashinalarni ko‘zdan kechirish va hujjatlarni tekshirish uchun mashinalar to‘xtatilganda chegara naryadlariga quyidagilar taqiqlanadi:
- yo‘lning qatnov joyida turib mashinani to‘xtatish, transport vositalari to‘liq to‘xtamaguncha unga yaqinlashish; - ketayotgan transport vositalarining oldidan o‘tish; - avtotransport vositasini belgilangan joyga qo‘yish uchun, uni boshqaruvini olish; - yo‘lovchilarning hujjatlarini tekshirish uchun avtoransport oyoq quygichiga, g‘ildiragi ustiga chiqish; - dvigatellari ishlab turgan transport vositalarining tekshiruvini o‘tkazish. Chegara kichik katerida (matorli qayiqda) xizmat o‘tashda chegara naryadi formali kiyimi ustidan kiyilgan, shishirilgan holatdagi qutqaruv nimchalarda bo‘lishi kerak. Chegarachilarga kater bo‘ylab yurish, bankalarga (o‘tirgichlarga) oyoq bilan turish, bortning (rubka tomining) bir tomoniga joylashish, harakat vaqtida joylarni almashtirish taqiqlanadi. Yomg‘irli ob-havoda ochiq palubada bevosita belgilagan xavfsizlik choralariga amal qilgan holda, faqat xizmat olib borayotgan chegarachilar bo‘lishi kerak. Ob-havo yomonlashganda naryad kattasi post boshlig‘iga bildiruv beradi va undan olgan farmoyishlarga muvofiq harakat qiladi. Muhandislik inshootlari, to‘siqlari va aloqa liniyalaridan foydalanishda xavfsizlik tartibi. Signal beruvchi vositalar va aloqa liniyalariga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash bo‘yicha ishlarni bajarishda chegarachilar tegishli yo‘riqnomalarda bayon qilingan xavfsizlik choralarini bajarish uchun shaxsan javobgardirlar. Signal beruvchi majmualarning (tarmoqlarning) chiziqli qismida va aloqa liniyalarida ish boshlashdan oldin chegara naryadi indikator yordamida begona kuchlanish yo‘qligiga ishonch hosil qilishi kerak. Begona kuchlanish to‘liq olib tashlanmaguncha (o‘chirilmaguncha) ishga tushish taqiqlanadi. Har qanday kuchlanishga ega elektr tarmog‘i bilan kesishgan yoki yaqin bo‘lgan aloqa liniyalarida ishlaganda, kesishgan (yaqinlashgan) joylarning har ikki tomoni bo‘ylab aloqa liniyalarining simlarini yerga ulash zarur. Havo aloqa liniyalari va antena machta moslamalarining holati tekshirilganda chegarachilar shamolning kuchi 8 ball va undan yuqori bo‘lganda, hamda qorli bo‘ronlarda har qanday ishlarni amalga oshirishlari mumkin yemas. Naryadlarga momaqaldiroq vaqtida yoki u yaqinlashayotganda signal beruvchi majmualarning (tarmoqlarning) chiziqli qismida, havo va kabelli aloqa liniyalarida ish bajarishlariga ruxsat berilmaydi. Momaqaldiroq vaqtida alohida xizmat zaruratisiz mikrotelefon go‘shaklarini liniya uyalariga tiqish va telefon so‘zlashuvlarini olib borish, aloqa liniyasi simlariga va signal beruvchi majmualarning (tarmoqlarning) to‘siqlariga tegish mumkin yemas. Akkumulatorlar bilan ishlaganda himoya ko‘zoynaklaridan, halat, rezinali qo‘lqop va fartuklardan foydalanish zarur. Ko‘z va himoyalanmagan tana qismlarni ishqor tushishidan saqlash kerak. Akkumulatorlarni zaryadlash va zaryaddan bo‘shatish rejimining buzilishi portlashga olib kelishini esdan chiqarmaslik zarur. Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling