Ma’ruza 10-mavzu: Texnik qo‘riqlash qurilmalari bilan ishlashda xavfsizlik qoidalari
Xizmat hayvonlari bilan muomala qilganda xavfsizlik choralari
Download 1.29 Mb.
|
10-mavzu Maruza
Xizmat hayvonlari bilan muomala qilganda xavfsizlik choralari. It xizmati mutaxassislari xizmatga chiqishdan avval chegarachilar it bilan bo‘lganda ularni tishlab olishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida o‘zlarini qanday tutishlarini tushuntirishlari kerak. It tishlashining barcha hollari, shu jumladan arzimaslari haqida ham, chegarachi zudlik bilan chegara naryadi kattasiga, postga yetib kelishi bilan esa - o‘z komandiriga bildiruv berishi kerak. Itlarni mashina va boshqa transport vositalariga o‘tqizishda ularga tumshuqbog‘lar kiydiriladi.
Itlar bilan ishlaganda chegarachilar shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilishlari kerak: - itga yuz va qo‘llarni yalashga ruxsat bermaslik, shaxsiy idishdan unga suv va ovqat bermaslik; - o‘z kiyimlarini tozalikda saqlashi, shamollatishlari va it bilan ishlagandan so‘ng uni vaqti-vaqti bilan yuvishlari; - ovqatlanishdan oldin qo‘lni albatta sovun bilan yuvishi; - o‘zi ishlatadigan buyumlarni (sochiq, taroq va boshqalar) itni parvarishlashda ishlatmaslik; - itga xizmat ko‘rsatish yoki u bilan ishlaganda chekmaslik va ovqatlanmasliklari lozim. Chegarani qo‘riqlash jarayonida ot bilan bajariladigan ish yetarli darajada murakkab. Bu shu bilan izohlanadiki, chegarada yo‘lsiz joylardan yurishga, turli to‘siqlar va tasodiflarga duch kelishga to‘g‘ri keladi, bu ot va chavandozdan ayniqsa tunda, haddan tashqari mehnat va katta kuch sarf qilishni talab qiladi. Ot bilan munosabatda bo‘lganda u qarayotgan tomondan, avval uni chaqirib yaqinlashish kerak. Agar yotgan otni turg‘izish kerak bo‘lsa, unda uni chaqirish va uning o‘ziga asta-sekin va tinch turishiga imkon berish kerak. Chegarachilar ot ustida harakatlanganida egarda to‘g‘ri o‘tirish holatiga rioya qilishlari, ot tanasining bir tomoniga oyoqlarni osiltirmasligi, jilovni bo‘shatib yubormasliklari va otni “yig‘iq” holatda ushlashi lozim. Tik ko‘tarilishlarda va tushishlarda, muz ustida yoki sirpanchiq yerda, shuningdek ot hayajonlangan hamma hollarda uni piyoda, odatda, tik va xavfli burilishlarni aylanib, jilovidan yetaklab borish kerak. Tushishlarni yengib o‘tishda chegarachi o‘z gavdasini vertikal holatda, tushish qanchalik tik bo‘lsa uni shuncha orqaga tashlab ushlashi, shenkellarni ot biqiniga mahkam bosishi va uning tanasini orqa qismini yon tomonga siljib ketishidan ushlashi, jilovlar yordamida esa otni yengilgina sekinlatishi lozim. To‘siqlarni yengib o‘tishda, botqoq joylardan yurganda va avtoransport bilan uchrashganda alohida ehtiyotkorlikka rioya qilish zarur. Otlardan tushib piyoda yurganda otlarni bel kamarlarga bog‘lash mumkin emas. Tog‘li joylarda nosoz ot anjom-aslahalar bilan va taqasi tushib qolgan otlar ustida harakatlanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling