Ma’ruza 10-mavzu: Texnik qo‘riqlash qurilmalari bilan ishlashda xavfsizlik qoidalari


Download 1.29 Mb.
bet3/9
Sana22.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1379821
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
10-mavzu Maruza

O‘lchash-tekshirish.
O‘lchash-tekshirish jarayonini boshlashdan oldin, zaminlagichlar hamda nol himoya ulanishi qarshiliklari tekshiriladi. So‘ngra kirish o‘chirilib, sxema ulanadi (4-rasm).



5-rasm. Teginish kuchlanishi o‘lchash sxemasi.


Tr1 – Avtotransformator;
R- Rezistor, inson tanasiga mos qarshilik (odatda 1,0 kOm);
SW – Uzgich;
V1, V2 – O‘lchov qurilmalari;
А – Qurilma korpusi zaminlagichi;
B – Inson qadamini imitatsiyalovchi tok o‘tkazuvchi plastina.
O‘lchash algoritmi ketma-ketligi:
1. Yig‘ilgan sxemaga tok manbaidan quvvat beriladi, kuchlanishni nazorat qilish uchun V1 voltmetridan foydalaniladi;
2. V2 voltmetr yordamida qurilma korpusi zaminlagichi (A) hamda zaminlagichdan kamida 25 sm uzoqlikda, 30 sm chuqurlikdagi yerda o‘rnatilgan metal shup orasidagi Ut o‘lchanadi. Ushbu ko‘rsatgich Utmax ni ko‘rsatadi;
3. Shundan so‘ng inson qadamini imitatsiyalovchi tok o‘tkazuvchi plastinadagi kuchlanish miqdori o‘lchanadi (UB);
4. SW uzgich yoqiladi hamda qadam imitatori va zaminlovchi elektrod orasidagi kuchlanish o‘lchanadi (U1);
5. Teginish kuchlanashi quyidagi formula bilan hisoblanadi:
Ut = 2/(1/UB + 1/U1).
Himoyalanish usullari.
Yuqori kuchlanishli teginish kuchlanishlaridan himoyalanishning nisbatan samaraliroq usullaridan biri bu – himoyalanayotgan elektroqurilmaga misbatan yaqinroq masofaga zaminlagichlar o‘rnatish hisoblanadi. Qurilma yuzasi potensiallarini tenglashtirish ham ancha samarali hisoblanadi, bu usul shuningdek qadamli kuchlanish qiymatini ham kamaytiradi. Bu usulda 6-rasmda ko‘rsatilgan konturli zaminlash sxemasidan foydalaniladi.

6-rasm. Konturli zaminlashga misol.
Keltirilgan misoldan ko‘rinib turibdiki, guruhli zaminlagichlar setka ko‘rinishida o‘rnatilgan. Shu bilan birga vertikal elektodlar shunday joylashtirilganki, ular orasidagi masofa zaminlovchi sterjen uzunligidan kata emas. Elektroqurilmalarning birortasining tok oquvchi sirtlarida faza kabeli tutashish hodisasi sodir bo‘lganda, boshqa zaminlagichlar bilan ulanganligi hisobiga, elektr toki potensial qiymati barcha nuqtalarda bir xil bo‘ladigan yo‘nalishda tarqaladi.
Buning natijasida, asos hamda elektrqurilma korpusidagi potensiallar farqi nolga intiladi, o‘z-o‘zidan qadam va teginish kuchlanishlari ham nolga intiladi. Himoya konturidan tashqarida esa, zaminlagich potensialining qiymati keskin tushuib ketadi, natijada xavf ortadi. Bunday holatlarni oldini olish uchun esa, konturdan tashqarida perimeter bo‘ylab metal shina o‘rnatib chiqib kerak[4].
­ Profilaktika.
Teginish kuchlanishidan himoyalanish bo‘yicha chora tadbirlarga quyidagilarni sanab o‘tish mumkin:

  • Tok o‘tkazuvchi elementlar, kabellarning izolyatsiyalari qarshiligini o‘lchash. Agarda qarshilikning kamayib ketishi yoki shikastlanish holatlari aniqlansa, qisqa tutashuv holatlarini oldini olish maqsadida elektr zanjirning shikastlangan qismi manbadan to‘liq uzilishi lozim;

  • Zaminlagichning qarshiligi ruxsat etilgan me’yorlardan oshmasligi shart;

  • Neytral (nol) zaminlagich ishonchli, mustahkam va to‘g‘ri o‘rnatilganligini tekshirish kerak;

  • Qisqa tutashuv hodisasi kuzatilganda zanjirni manbadan uzuvchi himoya tizimining sozligini tekshirish;

  • Inson tanasining qarshiligi kichik bo‘lganligi sababli oyoq ostiga rezinali gilamchalar tashlash;




Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling