Ma`ruza №2: Korxonada ta’mirlash xizmatini tashkil qilish


Ijro qilinuvchi hujjatlar


Download 360.85 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana06.05.2023
Hajmi360.85 Kb.
#1436119
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-ma\'ruza

Ijro qilinuvchi hujjatlar. Bularga berk ishlarga tuzilgan dalolatnomalar 
(poydevorlar asoslari, xandaqlar asoslari, inshootlarni berk qismlari, bu yerga 
yana uskunalarning yuzalarini tayyorlash ham va hokazolar kiradi) va ularning 
sxemalari kiradi; uskunalar ostidagi poydevorlarni qabul qilish dalolatnomalari
materiallarni payvand choklarini, butkul yig‘ilgan uskunalarni sinash 
dalolatnomalari; ijro qilinuvchi chizmalar va sxemalar kiradi. 
Montaj vaqtida kiritilgan konstruksiya va sistemalarning barcha о‘zgarishlari 
aks ettiriladi. Xususan uskuna montaji, shuningdek, asosi kо‘rsatilgan holdagi 
loyihadan chekinishlar ham kiradi. 
Ishni topshirish hujjatlari. Inshoot obyektining tugatilishi tegishli hujjat 
bilan rasmiylashtiriladi. Uning tarkibiga birlamchi loyihalash hujjatlari va barcha 
qurilish-montaj ishlari bajarilishi bosqichida tuzilgan hujjatlar kiradi. Ishchi 


hay’at tomonidan tuzilgan dalolatnomalar, obyektni ekspluatasiyaga qabul qilib 
oladigan Davlat hay’atiga topshiriladi. 
2.2. Montaj ishlarini tashkil etish. 
Yirik obyektlarni qurishdagi montaj ishlari maxsus ixtisoslashgan korxonalar 
tomonidan bajariladi. Obyektda shuningdek boshqa ixtisoslashgan tashkilotlar 
ishtirok etadi. Ular qurilish, sanitariya-texnika va elektr montaj ishlari, 
uskunalarni kimyoviy himoyalash bо‘yicha ishlar, nazorat-о‘lchov asboblari 
montaji bо‘yicha va avtomatlashtirish vositalari va hokazolar bо‘yicha ishlarini 
bajaradilar. 
Inshoot obyekti qurilishida ishtirokchi tashkilotlar bosh pudratchi deb 
ataluvchi ulardan bittasida muvofiqlashadi. Obyektda hammadan avval qurilish 
tashkiloti (qurilish boshqarmasi yoki qurilish tresti) ishga tushadi, shuning uchun 
ham odatda u bosh pudratchi hisoblanadi. Buyurtmachi u bilan smeta-moliya 
hisoblarida kо‘rib chiqilgan barcha ish hajmiga shartnoma tuzadi. Obyekt 
inshootiga jalb qilingan boshqa tashkilotlar qо‘sh pudratli tashkilotlar deyiladi; 
ular pudratchi bilan tegishli ish hajmini ishlab chiqishga shartnoma tuzadi. 

Download 360.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling