Mа’ruzа №3. O’zgаrmаs tоk gеnеrаtоri to’g’risidа umumiy tushunchаlаr. O’zgаrmаs tоk gеnеrаtоrlаrini qo’zg’аtish usullаri vа uning аsоsiy хаrаktеristikаlаri. Reja


Download 207.88 Kb.
bet4/10
Sana22.02.2023
Hajmi207.88 Kb.
#1221239
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ma\'ruza 10

Yuklanish xarakteristikasi. Yakor toki Ia=const (Ia>0) va yakorning aylanish chastotasi n= nN=const bo‘lganda Ua=f(Iqo¢z) bog‘liqlikni ifodalovchi egri chiziq yuklanish xarakteristikasi deyiladi. Yuklanish xarakteristikasining amaliy ahamiyati shundaki, u yakor reaksiyasining magnitsizlovchi ta’sirini miqdoriy jihatdan aniqlashga hamda uning mashina magnit zanjiri to‘yinishini tekshirishga imkon beradi. Agar bitta yuklanish xarakteristikasi olinadigan bo‘lsa, ko‘pincha yakor toki Ia=IN bo‘lgan qiymat uchun olinadi.
Yuklanish va SIX larini solishtirish va ular yordamida xarakteristik uchburchak qurish uchun yuklanish xarakteristikasini SIX ning kamayuvchi shoxobchasi (3,b-rasmda, 1) bilan bitta grafikda qurish qulay bo‘ladi.
Yuklanish xarakteristikasi (2-egri chiziq) quyidagi sabablarga ko‘ra SIX ga nisbatan pastda joylashadi: 1)yakor zanjiridagi qarshiliklarda kuchlanish pasayishi; 2)yakor reaksiyasining magnitsizlovchi ta’siri (buning natijasida mashinaning asosiy magnit oqimi va EYK kamayadi).
Agarda salt ishlash rejimda qo‘zg‘atish tokining bironta Iqo¢z.2 qiymatida «D» nuqta bilan aniqlanadigan (3,b-rasm) kuchlanishga ega bo‘lsak, yuklama bilan ishlaganda esa (Iqo¢z.2 ning o‘sha qiymatida) generatorning chiqish klemmalaridagi kuchlanishi kamayadi (3,b-rasmda «C» nuqta), ya’ni «DC» kesma bilan ifodalanadigan kuchlanish pasayishiga ega bo‘lamiz. Bu kesmaning «BC» qismi yakor zanjiri va cho‘tkalardagi kuchlanish pasayishini, “DB” kesma esa yakor reaksiyasining magnitsizlovchi ta’siri tufayli kuchlanish pasayuvini ifodalaydi. Yakor toki Ia=const bo‘lsa, CB kuchlanish pasayuvi ham o‘zgarmas bo‘ladi. Yakor reaksiyasining magnitsizlovchi ta’siri esa Iqo¢z ning oshishi bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, chunki bu holda magnit zanjirining to‘yinish darajasi o‘zgaradi.

4-rasm. Mustaqil qo’zg’atishli generatorning qisqa tutashuv xarakteristikasi.
EYK Ea`ning bir xil qiymatini olish uchun salt ishlash rejimda Iqo¢z.1 qo‘zg‘atish toki talab qilinsa, yuklama bilan ishlaganda esa, qiymati Iqo¢z.2>Iqo¢z.1 bo‘lgan qo‘zg‘atish toki kerak bo‘ladi. Bu toklarning farqi yakor chulg‘amidagi EYK Ea ni «DB» qiymatga kamaytiruvchi yakor reaksiyasining magnitsizlovchi ta’sirini kompensatsiyalashga sarflanadi.
SIX va xarakteristik uchburchak yordamida elektromagnit qo‘zg‘atishli O‘T generatorlarining normal ish jarayonidagi tashqi va rostlash xarakteristikalarini grafik usulda aniqlash mumkin. 3-rasmdagi hosil bo‘lgan «ABC» uchburchakni xarakteristik (yoki reaktiv) uchburchak deyiladi.

Download 207.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling