Mа’ruzа №3. O’zgаrmаs tоk gеnеrаtоri to’g’risidа umumiy tushunchаlаr. O’zgаrmаs tоk gеnеrаtоrlаrini qo’zg’аtish usullаri vа uning аsоsiy хаrаktеristikаlаri. Reja


Qisqa tutashuv xarakteristikasi (QTX)


Download 207.88 Kb.
bet5/10
Sana22.02.2023
Hajmi207.88 Kb.
#1221239
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ma\'ruza 10

Qisqa tutashuv xarakteristikasi (QTX). Bu xarakteristika – yakor chulg‘ami qisqa tutashtirilib (demak, Ua=0), aylanish chastotasini n=nN=const bo‘lgandagi Ia=f(Iqo¢z) bog‘liqlikni ifodalaydi.
QTXni tajribada qo‘zg‘atish chulg‘ami hosil qiladigan magnit oqimining yo‘nalishi Фqol yo‘nalishi bilan mos tushgan hol uchun oladilar. Bu holda qo‘zg‘atish tokini 0 dan boshlab oshirganda qisqa tutashuv (QT) toki Iqt bironta a nuqtadan to‘g‘ri chiziqli ko‘rinishda oshadi (4-rasm). Iqo¢z =0 bo‘lganda ham yakor zanjiridan Iqt=0a tok o‘tadi. Bu tok Фqol yakor chulg‘amida vujudga keltirgan kichik qiymatdagi EYK Eqol hisobiga hosil bo‘ladi. Odatda yakor tokining yo‘l qo‘yilgan qiymatlarida QTX deyarli to‘g‘ri chiziqli bo‘ladi.
Agar cho‘tka bilan kollektor orasidagi o‘zgaruvchan kontakt qarshiligini e’tiborga olmasak (bunda Ra»const) QT toki Iqt EYK Ea ga, magnit tizim to‘yinmaganligi uchun bu tok (Iqt) qo‘zg‘atish tokiga to‘g‘ri mutanosib ravishda o‘zgarar ekan (Iqtº Iqo¢z).
Tashqi va rostlash xarakteristikalari. Generatorni ishlatishdagi asosiy ish jarayonni belgilovchi xarakteristika–tashqi xarakteristikadir. Odatda, generatorlarga nisbatan qo‘yiladigan talab (payvandlash generatorlaridan tashqari) umumiy bo‘lib, ularning qo‘zg‘atish toki Iqo¢z = const bo‘lganda, yuklama tokining qiymati 0 dan yo‘l qo‘yilgan qiymatgacha o‘zgarganda, generatorlarning chiqish klemmalaridagi kuchlanishi nominal qiymatidan mumkin qadar kam o‘zgarishi amaliyot uchun muhimdir.
Tashqi xarakteristika – qo‘zg‘atish toki Iqo¢zN=const va yakorning aylanish chastotasi nN=const bo‘lganda Ua=f(Ia) bog‘liqlikni ifodalaydi. Bu xarakteristikani ahamiyatga ega bo‘lgan ikkita hol uchun tahlil qilish foydalidir:
1) salt ishlash rejimda (Ia=0) yakor chulg‘amida hosil bo‘lgan EYK ning qiymati E0=UN ga to‘g‘ri kelgan qo‘zg‘atish toki Iqo¢z.N=const bo‘lganda yuklama tokini oshirib olish (5,a-rasm, 2);
2) yakor chulg‘amining toki Ia= IN va kuchlanishi UN bo‘lganda qo‘zg‘atish tokini Iqo¢z.N= const qilib, yuklama tokini kamaytirib olish (5,a- rasm, 1).
Tashqi xarakteristikani tajribada yuklama tokini Ia= 0 dan Ia= IN gacha oshirib olinganda, generator chiqish klemmalaridagi kuchlanishi, yakor reaksiyasi magnitsizlovchi ta’sirining va yakor zanjiridagi qarshiliklarda kuchlanish pasayishi tufayli bir oz kamayadi (2-egri chiziq). Tashqi xarakteristika egri chizig‘ining shakliga yuklama toki tufayli magnit zanjiri to‘yinish darajasining o‘zgarishi ham sabab bo‘ladi.
Ma’lumki, generatorning kuchlanishi (Ua), natijaviy magnit oqimiga bog‘liq ravishda o‘zgaradigan Ea, yakor zanjiridagi (IaRa) hamda cho‘tkalarda bo‘ladigan (DUch) kuchlanish pasayishlari bilan aniqlanadi:
Ua= Ea– IaRa– DUch. (4)
Yuklama toki oshirilganda yakor reaksiyasining mashina asosiy maydoniga bo‘lgan magnitsizlovchi ta’siri ortadi. Qo‘zg‘atish toki Iqo¢z=const bo‘lganligidan, generatorning natijaviy magnit oqimi, demak, EYK Ea ham bir oz kamayadi.
Tashqi xarakteristikani tajribada olishda davlat standarti tavsiyasi qo‘yidagicha: yakorning aylanish chastotasi n=nN va qo‘zg‘atish tokini Iqo¢z.N=const holda saqlab, yuklama toki Ia ni nominal qiymatidan 0 gacha kamaytirib olish lozim. Yuklama toki kamaya borgan sari, ko‘ndalang yakor reaksiyasi ta’sirining susayishi va yakor zanjirida kuchlanish pasayishi IaRa ning kamayishi tufayli, yakor chulg‘ami chiqish klemmalaridagi kuchlanish tobora oshadi (5,a-rasm, 1).
Tashqi xarakteristika yuklamani oshirib olinganda kuchlanish pasayuvi quyidagicha aniqlanadi:
DU%=100 (UN –Ua) ¤ UN , (5)
bunda UN – yakor toki Ia= IN bo‘lganda generator chiqish klemmalaridagi nominal kuchlanish.
Kompensatsion chulg‘ami bo‘lmagan o‘rta quvvatli mashinalarda kuchlanishning oshishi, odatda (5¸10) foizni tashkil qiladi.

Download 207.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling