Mа’ruzа №3. O’zgаrmаs tоk gеnеrаtоri to’g’risidа umumiy tushunchаlаr. O’zgаrmаs tоk gеnеrаtоrlаrini qo’zg’аtish usullаri vа uning аsоsiy хаrаktеristikаlаri. Reja


Aralash qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok generatorining xarakteristikalari


Download 207.88 Kb.
bet9/10
Sana22.02.2023
Hajmi207.88 Kb.
#1221239
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ma\'ruza 10

Aralash qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok generatorining xarakteristikalari. Bu turdagi generatorning ikkita qo‘zg‘atish chulg‘ami bo‘lib, ulardan bittasi yakor chulg‘amiga parallel qilib, ikkinchisi esa unga ketma-ket qilib ulanadi.

8-rasm. Aralash qo’zg’atishli generatorning tashqi xarakteristikalari (1; 2; 4); 3 – parallel qo’zg’atishli uchun (taqqoslash uchun keltirilgan).
Ketma-ket qo‘zg‘atish chulg‘ami faqat aralash qo‘zg‘atishli generatorlarda yaxshi samara beradi. Parallel (FSh) va ketma-ket (FS) qo‘zg‘atish chulg‘amlari hosil qilgan MYK larning birgalikdagi ta’siridan umumiy qo‘zg‘atish oqimi Фqo¢z vujudga keltiriladi. Ko‘pincha qo‘zg‘atish chulg‘amlari, ular hosil qilgan magnit oqimlari bir xil yo‘naladigan qilib ulanadilar. Ketma-ket qo‘zg‘atish chulg‘ami yakor reaksiyasi MYK ni va yakor zanjirida kuchlanish pasayuvi (IaRa) ni kompensatsiyalaydi. Shu tarzda generator klemmalaridagi kuchlanishni avtomatik ravishda rostlashga erishiladi. Aralash qo‘zg‘atishli generatorlar magnit zanjirining to‘yinish darajasi kam bo‘lgan mashinalar turiga kiradi.
Tashqi xarakteristikasi. Bu xarakteristika, parallel qo‘zg‘atish zanjiridagi qarshilik Srqo¢z=const va n=nN=const bo‘lganda Ua=f(Ia) bog‘liqlikni ifodalaydi. Bu xarakteristika, normal ishlatish xarakteristikasi bo‘lganligidan uning tahlili katta ahamiyatga egadir.
Ketma-ket qo‘zg‘atish chulg‘amining o‘ramlar soni shunday tanlanadiki, u hosil qilgan MYK yakor reaksiyasini va yakor zanjirida kuchlanish pasayishini, Ia=IN qiymatda bartaraf qilsin (8-rasm). Ammo, ko‘pincha generator klemmalaridagi kuchlanishni bir xil qilish talab qilinmay (9-rasm,1), balki elektr energiya iste’molchilaridagi kuchlanishning qiymati UN=const bo‘lishi talab qilinadi. Buning uchun, qo‘shimcha ravishda liniya simlaridagi kuchlanish pasayishini ham bartaraf qilish kerak bo‘ladi. Buning uchun ketma-ket qo‘zg‘atishli chulg‘amning o‘ramlari w oshiriladi (9-rasm, 2).
Bu rasmda har xil qo‘zg‘atishli (ketma-ket qo‘zg‘atishlidan boshqa) o‘zgarmas tok generatorlarining yuklamasi oshirib olingan tashqi xarakteristikalari taqqoslangan. Parallel va ketma-ket qo‘zg‘atish chulg‘amlari qarama-qarshi ulangan hol (9-rasm, 4) payvandlash generatorlarida ishlatiladi.

Download 207.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling