Salt ishlash xarakteristikasi. Bunday generatorning SIX, mustaqil qo‘zg‘atishli O‘T generatorinikiga o‘xshagan bo‘lib, yuklama toki Ia=0 va yakorning aylanish chastotasi nN=const bo‘lganda, U0=f(Iqo¢z) bog‘liqlikni ifodalaydi. Parallel qo‘zg‘atishli generatorning, salt ishlashida Ia= Iqo¢z bo‘ladi (mustaqil qo‘zg‘atishlida esa yakor toki Ia= 0).
Qo‘zg‘atish toki Iqo¢z , odatda, yakor zanjiri nominal toki IaN ning (2¸4) foizini tashkil qilgani uchun, O‘T generatori kuchlanishi muvozanat tenglamasi (5.36)da kuchlanish pasayishlari (IaRa va DUch) kichikligidan ularni e’tiborga olmasdan, U0» E0 deb hisoblasa bo‘ladi.
Parallel qo‘zg‘atishli generatorning SIX ni tajriba yo‘li bilan, kuchlanish U0 va qo‘zg‘atish toki Iqo¢z larning faqat musbat qiymatlari uchun aniqlab olish mumkin, chunki qo‘zg‘atish tokining ishorasini o‘zgartirganda, generatorning kuchlanishi U0 o‘zining 0 qiymati orqali o‘tadi va, buning natijasida, mashina magnit zanjirining po‘lat qismlaridagi qoldiq magnit oqimi yo‘qoladi va mashina o‘z-o‘zini qayta qo‘zg‘atish imkoniyatidan mahrum bo‘ladi.
Yuklanish xarakteristikasi. Uning tajribada olinishi va o‘zgarish xarakteri, xuddi mustaqil qo‘zg‘atishli generatorlarniki kabi bo‘ladi (5,1-rasmga qarang). Rostlash xarakteristikasi. Parallel qo‘zg‘atishli O‘T generatorining rostlash xarakteristikasi, xuddi mustaqil qo‘zg‘atishli generatorniki kabi (5.,b-rasmga qarang), Ua= UN= const va n= nN= const bo‘lganda, Iqo¢z = f (Ia) bog‘liqlikdir. Bu xarakteristika, yuklama tokining har xil qiymatlarida yakor zanjirining kuchlanishini Ua=UN= const qilib saqlab turish uchun qo‘zg‘atish toki Iqo¢z ning o‘zgarishi qanday tarzda bo‘lishini ko‘rsatadi. Agar yakor toki Ia va yuklama toki Iyu larning ozgina farqini e’tiborga olmasak, parallel qo‘zg‘atishli generatorning rostlash xarakteristikasi mustaqil qo‘zg‘atishli generatornikidan farq qilmaydi (6,b-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |