Ma’ruza №7 Mavzu. «Enologiya». Reja
O'zbekistonda vino turizmi
Download 32.8 Kb.
|
7 Mavzu. «ENOLOGIYA».
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vino turizmining tamoyillari juda oddiy
7.3. O'zbekistonda vino turizmi.
Parkent- Oʻzbekiston vino turizmining asosiy markazi hisoblanadi. O'tgan 2020 yili unga 262 sayyoh tashrif buyurgan, vino zavodlari o’tasida sayyohlar soni bo'yicha birinchi o'rinni egalladi.7 Vinochilik zavodida vino turizmi markazi tashkil etilgan. Ushbu zavodga ekskursiyalardan tashqari, dam oluvchilarni uchun ko'ngilochar xizmatlarning keng doirasi taqdim etiladi. Vino turizmining tamoyillari juda oddiy: vinolarni tatib ko'rish faqat ularni ishlab chiqarish joylarida amalga oshirilishi, xotira va tasavvurni mustahkam bog'lash uchun, sirli ichimlikning ta'mi tasavvur guldastasi va uning tabiatda kelib chiqishi, tarixi va mintaqaning ruhini anglatishidan iborat. Texnologik madaniyatni baholash, ishlab chiqarish, vinochilar bilan shaxsan tanishish, iqtisodiyotning azaliy an'analarini o'rganish ortiqcha bo'lmaydi. O‘zbekistonda vino turizmi noyob imkoniyati respublikaning uzumchilik rayonlari hayoti bilan tanishishdir. Sharob turizmini tanlagan sayyohning asosiy mashg'uloti yaqin vino zavodlariga vino sayohatlari va tatib ko'rish imkoniyati - eng yaxshi vinolarni tatib ko'rish ularni yaratilgan joyida ekanligi: _________________ www.uzgate.com7 vino safari arzon zavq emas. O'rtacha Frantsiyaga vino safari 5-7 kunga 3,5-4,5 ming evroga tushadi; Sharob safariga kiritilgan 5-7 kunlik sayohat juda oz. Bunday qisqa davrda O‘zbekiston haqida nimalarni bilib olishingiz mumkin? Bundan tashqari, an'anaviy ommaviy trafikli ekskursiyalar yaxshi tashkil etilishi va gid bilan bir necha kun sayyohlarni olib yurish. tez sur'atda uyga qaytganidan keyin sayyoh ba'zi bema'ni ma'lumotlardan boshqa hech narsani eslay olmaydi; standart mavzuli ekskursiyalar tajribasi cheklangan. Shuning uchun ularni vino sayohatlarini diversifikatsiya qilish mumkin Parkentga, Samarqandga va O'zbekiston Respublikaning boshqa viloyatlariga. O‘zbekistonda tokchilik tarixi uzoq o‘tmishga borib taqaladi va ko‘p asrlik tarixga ega. O‘rta Osiyo er yuzining ajib o‘lkasi bo‘lib, tokchilik va vinochilikning eng qadimgi va yorqin madaniyati uchoqlaridan biridir. O‘rta Osiyoda yuksak moddiy madaniyat va sug‘oriladigan dehqonchilik, jumladan, tokchilikning ham gullab-yashnashi fors tsivilizatsiyasi ravnaq topgan davrdagi Baktriya, Xorazm va Sug‘diyonadagi qadimiy davlat tuzumlariga tayangan. Zardushtiylikning muqaddam kitobi hisoblanmish «Avesta»ning teridan ishlangan qadimiy sahifalarida moddiy hayot ne’matlarini (ular sirasiga chorvani ko‘paytirish, sug‘oriladigan dehqonchilik, tokchilikdan tortib yirik tadbirkorlikkacha kiradi) alohida ahamiyat qaratilgan. Vinochilik oliyjanob ish hisoblangan, tabiiyki, vino ichish takiklanmagan va unga barcha tantanali vaziyatlardagi zaruriy taomil sifatida karalgan. Vino o‘sha paytda xukmron bo‘lgan zardushtiylik dinining marosimlaridagina ishlatilish bilan cheklanib kolinmagan. Kudratli Makedoniyalik Iskandar (Aleksandr Makedonskiy)ning 327-329 yillardagi Fors (Eron) mamlakatiga kilgan mashxur yurishlari va O‘rta Osiyoni zabt etganidan so‘ng bu erda yunon-baktriya madaniyatining diniy va ahloqiy-milliy dunyoqarashlari qulay tarzda shakllanib, vino kadimgi yunonlarning maishiy turmushi va tantanalarida kasb etgan katta ahamiyatga bog‘liq ravishda mahalliy uzumchilik va vinopazlikning yangidan avj olishiga olib keldi. Eramizdan avvalgi II asrda O‘rta Osiyoning kupgina hududlarida bulgan xitoylik elchi Farg‘onada va undan g‘arbroqda joylashgan barcha mamlakatlarda mahalliy aholi uzumdan vino tayyorlashlarini tasdiqlaydi. Elchining qayd etishicha, ular o‘z vinosini huddi otlari yo‘ng‘ichqani yaxshi kurishidek xush kurar ekanlar. Aholi katta maxorat bilan ulkan hududlarda tok ustirishi, badavlat kishilar katta mikdorda vino tayyorlab, uni buzilishdan bir necha un yillar mobaynida saqlashini yozib qoldirgan. Mahalliy vinopazlikning rivoj topgani tug‘risida arxeologik topilmalar (egasining nomi bitilgan toshtaxta-tarapanlar, vino saqlanadigan yirik xumxonalar, uzun jumrakli ko‘plab yirik va kichik ko‘zalar, vinoni yuk xayvonlarida tashish uchun moslashtirilgan yon yuzasi bezatilgan mustaxora sopol idishlar), muqaddas matnlar va kadimiy kulyozma asarlar dalolat bersa, sunggi yillarda olib borilgan geopaleontologik va ampilografik tadkikotlar esa tokchilik O‘rta Osiyoga taxminan 6 ming yil avval rivoj topa boshlaganidan va o‘sha davrlarda etarlicha yuksak vinochilik madaniyati mavjud bo‘lganidan guvohlik beradi. O‘rta asrlik sayyoh, butun O‘rta Osiyoni kesib o‘tgan venetsiyalik aslzoda Marko Polo o‘z kundaligida shunday deb yozgan: - Samarkand, Buxoro va boshka shakarlar bog‘u-uzumzorlar bilan bezalgan ajoyib mavzelar bo‘lib, men mahalliy aholining vinosini ichishimga tug‘ri kelgan. Bir necha un yillar davomida saqlangan bu vino oliy sifati bilan meni lol qoldirib, ilgari bunaqasini ichish menga nasib qilmagan edi. Download 32.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling